ushbu din asosini tashkil qilgan 10 ta nasihat bor edi:
Yahvedan boshqani iloh deb ushlamaslik;
But, sanam va rasmlarga sig‘inmaslik;
Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik;
Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag‘ishlash;
Ota-onani hurmat qilish;
Nohaq odam o‘ldirmaslik;
6
Zino qilmaslik;
O‘g‘irlik qilmaslik;
Yolg‘on guvohlik bermaslik;
Yaqinlarning narsalariga ko‘z olaytirmaslik; 2.2 Yahudiylikdagi oqimlar Yahudiylikdagi oqimlar haqida gapirganda ularni qadimiy oqimlar va zamonaviy oqimlarga bo‘lishimiz mumkin. Qadimiy oqimlarga: Saduqiylar, Farziylar, Esseylar kiradi. Saduqiy nomi podshoh Dovud payg‗ambar davrida yashagan ruhoniy Saduq nomi bilan bog‗liq. Ko‗plab mansabdor ruhoniylar saduqiy bo‗lganlar. Ular diniy ishlarda faqat Qonun (Musoning besh kitobi)ni tan olganlar. Qonunda ruhoniylar, qurbonliklar, ibodatlar haqida so‗z boradi, lekin oxirat va qiyomat haqida hech narsa deyilmagan. SHuning uchun saduqiylar qiyomatda o‗lganlarning qayta tirilishini tan olmaganlar. Farziy nomi qadimiy yahudiy tilidagi «tushuntirish», «ajratib ko‗rsatish» so‗zidan olingan bo‗lib, ular Musoning qonunini sharhlaganlar va oddiy odamlarga o‗rgatganlar. Farziylar Musoning zamonidan beri og‗zaki an‘ana davom etib kelyapti deb hisoblaydilar. Ular har bir avlod o‗z ehtiyojlarini qondirish uchun Qonunni sharhlay oladi deb bilganlar.