Nazoratning tarbiyaviy vazifasi shundan iboratki, ta'lim oluvchilar tekshirishga tayyor bo'lish uchun darslarni o'z vaqtida tayyorlaydilar, bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o'rganadilar.
Agar nazoratning o'qitish va tarbiyalash vazifalari to'g'ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, his-tuyg'ulari va axloqiy sifatlami tarbiyalashga imkon tug'iladi. Bu esa o'zo'zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi. Ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma, malakalarini baholash turlari va mezonlari. Ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mav-zu bo'lib kelgan. Chunki u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezoniari har bir fanning maqsad va vazifalariga, shuningdek, guruhda-gi ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasigatayangan holda belgilanadi. Respublikamiz oliy o'quv yurtlarida Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligining 2010-yil 25-avgustdagi 333-sonli buyrug'i bilan tasdiq-langan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g'risidagi muvaqqat Nizom»iga oid nazorat turlari quyidagicha: Joriy nazorat (JN);Oraliq nazorat (ON);Yakuniy nazorat (YaN). Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek, joriy va oraliq nazo-ratlarining saralash ballari haqidagi ma'lumotlar fan bo'yicha birinchi mashg'ulotda talabalarga e'lon qilinadi.
Joriy nazorat - talabaning fan mavzulari bo'yicha bilim va amaliy ko'nikma darajasini aniqlash hamda baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarda og'zaki so'rov, test o'tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o'tkazilishi mumkin.
Oraliq nazorat - semestr davomida o'quv dasturining tegish-li (fanning bir necha mavzularini ichiga olgan) bo'limi tugullangan-dan keyin talabaning bilim va amaliy ko'nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki martadan ko'p o'tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og'zaki, test va hokazo) o'quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Yakuniy nazorat - semestr yakunida muayyan fan bo'yicha nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni talabalar tomonidan o'zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat, asosan, tayanch tushun-cha va iboralarga asoslangan «Yozma ish» (tibbiy oliy ta'lim muassa-salari uchun «Yozma ish» yoki OTKS (obyektiv tizimlashtirilgan kli-nik sinov) shaklida o'tkaziladi.
Ta'lim yo'nalishi va mutaxassisliklari ayrim fanlarining xususi-yatlaridan kelib chiqqan holda fakultet Ilmiy kengashi qarori asosida ko'pi bilan 40 % faniardan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (og'zaki, test, himoya va hokazo) o'tkazilishi mumkin. Talabaning fan bo'yicha mustaqil ishi JN, ON hamda YaN turla-rida baholanadi. Talabalarning bilim saviyasi, ko'nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo'yicha o'zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. Har bir fan bo'yicha talabaning semestr davomidagi o'zlashtirish ko'rsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari bo'yicha quyidagicha taqsimlanadi: YaN - 30 ball; JN va ON - 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlari-ga taqsimlanadi). Talabaning fan bo'yicha o'zlashtirish ko'rsatkichini nazorat qilish-da quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi:
86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
xulosa va qaror qabul qilish;
ijodiy fikrlay olish;
mustaqil mushohada yurita olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo'lish.
71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
* mustaqil mushohada yurita olish;
• olgan bilimlarini amalda qoilay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
• tasavvurga ega bo'lish.
55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish; -<
tasavvurga ega bo'lish.
Quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi (qoniqarsiz) 0—54 ball bilan baholanishi mumkin:
Shuningdek, 86-100 ball - «a'lo», 71-85 ball - «yaxshi», 55-70 ball - «qoniqarli», 0-54 ball - «qoniqarsiz» baho deb baholanadi.
Talabaning fan bo'yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda:
Dostları ilə paylaş: |