O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 2 Mb.
səhifə37/96
tarix02.01.2022
ölçüsü2 Mb.
#47455
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96
O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org (1)

6. Nazoratning baholash funksiyasi.

7. Nazoratning ta'lim oluvchilardagi bilimga qiziqishni uyg'otish,


jonli fikrlashga o'rgatuvchilik funksiyasi.

Ma'lumki, nazorat asosan uch turga bo'linadi, ular: joriy nazo­rat, oraliq nazorat va yakuniy nazoratlardir. Bulardan tashqari so'nggi nazorat turi ham bor. Nazorat testlar, yozma ishlar va og'zaki savol-javoblar orqali amalga oshiriladi. Pedagog olimlar I.Tursunov va U.Nishonaliyevlarning ma'lumotlariga qaraganda testlar orqali quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

  • ta'lim oluvchilar nazariy va amaliy bilimlarining darajasini


    obyektiv sharoitda aniqlash;
  • bir vaqtning o'zida bir guruh yoki ko'p sonli ta'lim oluvchilar


    bilimini nazorat qilish;
  • hamma ta'lim oluvchilarda bir xil sharoit yaratish;


  • test natijalarini ta'lim beruvchi tomonidan tezkorlik bilan (operativ) tekshirish;


  • turli guruhdagi ta'lim oluvchilar bilimini solishtirish;


  • ta'lim jarayonida uchraydigan kamchiliklarni aniqlash va boshqalar.


Ta'lim natijalarini baholashda reyting tizimining test usuli keyingi paytlarda iste'molda keng foydalanilmoqda.

Test — biror bir faoliyatni bajarish uchun ma'lum darajadagi bilimni egallashga qaratilgan topshiriqdir. Test to'g'ri bajarilganligini o'lchash va baholash maqsadida har bir testga ekspert metodi yordamida etalon ishlab chiqiladi. Umuman olganda, test so'zi inglizchadan olingan bo'lib, u sinov, tekshirish, tadqiqot ma'nolarini bildiradi, ya'ni «sinalayotgan shaxsning psixo-xususiyatlarini, shuningdek, intellektual rivoji, qobiliyati va malakasini tekshirishda qo'llaniladigan standart mashqlar», demakdir. Pedagogik va uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasida didaktik testlar quyidagi ikki guruhga ajratiladi:

  • nazariy bilimlarni nazorat qiluvchi, malaka va qobiliyatlarni


    tekshiruvchi o'zlashtirish testlari;
  • real o'quv imkoniyatlari bo'yicha (Yu.Babanskiy) diagnostika


    testlari hamda umumiy va maxsus (masalan, mikro yoki makro iqtiso-
    diyot fani va boshqa fanlar bo'yicha) o'qitish testlari.

1. Testlarning fanlararo qo'llanish sohasi.


  1. oraliq nazorat testlarida mavzular, boblar bo'yicha bilim va


    o'zlashtirish elementlarini tekshirish;
  2. ko'p mavzular bo'yicha fanlarning bir-biriga bog'Hqligini


    hisobga olgan holda bilim va o'zlashtirishning chegaraviy nazorati-
    ni hisobga olish;

g) butun kurs bo'yicha bilimlarni nazorat qilish (test asosida fan­lararo turkum testlarni ham yaratish mumkin). Bu holatlarning har birida fan topshiriqlarining quyidagi savollari har xil qo'yiladi: marketing-moliya; menejment; soliqlar kabi integrativ bilimlar va hokazo.

2. Me'yoriy test tuzishning umumiy yo'nalishi bo'yicha maqsadli yoki kriterial (mezonli) xarakterdagi testlarda yig'ilgan ballar hisob natijalariga ko'ra, bir guruhni boshqa guruh bilan, guruh ichidagilarni esa bir-biri bilan solishtirish mumkin.Mezonli testlarda esa har bir ta'lim oluvchining qandaydir o'quv yoki mutaxassislikka oid topshiriqlarini yechish uchun zarur bo'ladigan bilim va o'zlashtirish qobiliyatlari ochib beriladi, ya'ni mezonli testlar va unga mos topshiriqlar ta'lim oluvchilarning bilim va ko'nikmalari aniq fan sohalari bo'yicha o'qitish maqsadining mini­mal talablariga qay darajada erishgani yoki erishmaganligi haqidagi savollarga javob beradi.

Me'yoriy testlarning kamchiligi ta'lim oluvchi keyingi bos-qichga o'tishga qay darajada tayyor ekanligini belgilab bermasligida ko'zga tashlanadi.

Mezonlarga ko'ra testdan o'tkazishda natijalar o'zgarmas, do-miy standartlar bilan solishtiriladi. Masalan, haydovchilik guvohnomasini berish uchun talabgoming bilimi mavjud standart bilan solishtirilishi kerak. Uni boshqa soha xodimining qobiliyatlari bilan solishtirib bo'lmaydi.

Standartlashtirilgan testlar ma'lum standart talablari qo'yilgan dastur asosida tuzilib, ta'lim oluvchining bilim, ko'nikma va malakasini aniqlashga mo'ljallanadi. Ularning erishilgan darajani, qobi­liyatlarni (qiziqishlarni ham) aniqlovchi hamda tashxislovchi turlari mavjud.

Erishilgan darajani aniqlovchi testlar ta'lim oluvchi ma'lum sohada o'zlashtirgan bilimlar miqdorini oichaydigan standartlashtiril­gan testlardir. Bu kabi testlarni butun guruhga yoki individual ravishda ishlatish, natijalarni hisoblashda turlicha ball tizimi qo'llanilishi mumkin.

Tashxislovchi testlar ta'limdagi muammolarni belgilab olish uchun individual ravishda qo'llaniladi.

3) Testlarning didaktik-psixologik yo'nalishi qanday test ishlab chiqilayotganligi yoki adaptatsiyasidan o'tayotgan testni uning muallifi qanday xarakterlashni aniqlaydi:

  1. nazariy bilimlarni nazorat qilish uchun o'zlashtirish testlari;


  2. berilgan fan (o'quv va mutaxassislik) bo'yicha bilim va malakalarni nazorat qilish testlari;


d) o'qitish testlari (ma'lum fan yoki uning sikli bo'yicha o'quv


imkoniyatlarning diagnostikasi).

4)Nazorat bosqichlari bo'yicha yo'nalish:


  1. kirish nazorati (oliy o'quv yurtiga kirishdagi yoki kursni, fan


    bo'limini va o'qitish bosqichining boshlanishidagi nazorat);
  2. kundalik Ooriy) nazorat - bu har kuni amalga oshiriladigan yoki


    o'quv jarayoni mavzulari bo'yicha o'tkaziladigan nazorat;
  1. oraliq nazorat — bu muayyan fanning alohida bo'lishi tugashi


    munosabati bilan o'tkaziladigan nazorat;
  2. yakuniy nazorat - bu ma'lum kurs (fan)ning tugashi munosaba­


    ti bilan o'tkaziladigan nazorat.

5) Testlashtirishning diagnostik (tashxislanganlik) darajasi


bo'yicha berilgan testdan ko'zlangan maqsad:
  1. simptomatik diagnostikaga, ya'ni bilim va o'zlashtirishning


    «yuqori qatlamlariga» qaratilishi (ya'ni, ma'lum qonuniyat yoki formulalarni bilish, bilmasligi yoki tanish-notanishligi va boshqalar);
  2. etilogiya diagnostikaga, tekshiruv-aloqa sababi (nima uchun


    aynan o'sha bilimlarni bilmasligi va buning qay darajada boshqa
    bilimlarni bilishga bog'liqligi)ga qaratilishi;

d) tipologiya diagnostikada esa ta'lim oluvchining o'tilayotgan dars va bilimlarni bilishga, o'zlashtirish va uddalay olishida qanday g'oyalarni kuchaytirish kerakligiga qaratilgan bo'ladi.


  1. Sinaluvchining testni bajarish faolligini oshirishga esa yoz­


    ma va og'zaki testlarga mos ravishda yozma va og'zaki javoblarni
    qo'llash. Masalan, harakat testlarida, ayniqsa, kompyuter tugmacha-
    larini bosishdan tortib, dasturlar yoki qism dasturlarni chiqarishgac-
    ha hamda hisoblash ishlarini o'tkazish va grafiklarni chizish, loyiha-
    lashtirish kabilarda.

Testning gomogenlik darajasi (bir jinslik) testni tuzuvchi


muallif tomonidan rejalashtirilgan bo'ladi. Shu jumladan:

a) ko'zlangan maqsadga qarab testning nimani tekshirish kerak-ligi, ayniqsa, integrativ xarakterdagi asosiy elementlar ichidan (masa­lan, ma'lum amallarning talab qilingan darajada yoki shu amallarni bajarishda sifat, miqdor, tezlik, ketma-ketlik, javobgarlik kabi bir qancha) asosiy omillarni hisobga olish;

b) shakllantirilgan testda topshiriqlar tuzilishi shaklining bir jinsli-gi (gomogenligi) yoki turli shaklda boiishligi.

  1. Vaqt omili — testning tezkor bo'lishi, topshiriqlarning funksi-


    onal ravishda ma'lum belgilangan vaqtda bajarish zarurligi: qaysi yoi
    bilan, nimaga asoslanib vaqtni, baholash vaqtining sarflanish chegara-
    si belgilangan bo'lishi.
  2. Testlashtirishni tashkii etish usullariga esa umumiy, indivi­


    dual yoki juda kam qo'llaniladigan, lekin juda samarali hisoblangan
    alohida usuli ham tekshiriluvchilarning tashxischi bilan yuzma-yuz,
    xolis (testlashtirishning EHM vositalaridagi individual dasturning
    zamonaviy varianti) turishi kabilar kiradi.

7.2. O'qituvchi nazorati va ta'lim oluvchilar faoliyatini baholashning uyg'unligi

O'zbekisiton Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirii-gining 2010-yil 25-avgustdagi 333-sonli buyrug'i bilan tasdiqlan-gan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g'rsida»gi Nizomda shunday deb ta'kidlanadi: «Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta'lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o'zlashtirishida bo'shliqlar hosil bo'lishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.

Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


  • talabalarda Davlat ta'lim standartlariga muvofiq tegishli bilim,


    ko'nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va
    tahlil qilib borish;
  • talabalar bilim, ko'nikma va malakalarini baholashning asosiy


    tamoyillari: Davlat ta'lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta'minlash;
  • fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan


    muddatlarda o'zlashtirilishini tashkii etish va tahlil qilish;
  • talabalarda mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalarida samarali foydalanishni tashkii etish;


• talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natija-larini vaqtida ma'lum qilish;


  • talabalarning fanlar bo'yicha kompleks hamda uzJuksiz tayyorgarligini ta'minlash;


  • o'quv jarayonining tashkiliyishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish».


Nazorat (ta'lim jarayonida) ta'lim oluvchining bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, o'lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o'lchash esa tekshirish deb ataladi.

Tekshirish - nazoratning tarkibiy qismi bo'lib, uning asosiy didaktik vazifasi ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilar o'rtasida aloqani ta'minlash, ta'lim beruvchi tomonidan o'quv materialini o'zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o'z vaqtida aniqlashdir. Ta'lim oluvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida 'ko'rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib boriladi: ta'lim oluvchi­larning bilim darajasini oldindan aniqlash; mavzuni o'zlashtirishni joriy tekshirish; bilim, ko'nikma va malakalarni egallanganJigi-ning takroriy tekshirish; yaxlit bo'lib yoki kursning alohida mavzu-si bo'yicha davriy tekshirish; ta'lim jarayonining barcha bosqichla-rida egatlangan bilim, ko'nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olish.

7.3. Bilimlarning natijalarini baholashda pedagogik testlarning roli Ta'lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.

Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demakdir. Tashxissiz didaktik jarayonni samara-li boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Bunga sabab ta'lim olganlikni tashxislash orqali erishilgan natijalar va ta'lim olganlik ajratib olinadi. Tashxislash, nazorat, tekshirish, baholash, statistikma'lumotlar to'plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni (an'analarni) aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o'z ichiga oladi. Olimlarning ta'kidlashicha, demokratlashgan ta'lim tizimida yuzaki (formal) nazorat boimasligi lozim.

Ta'lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari

Pedagogikada ta'lim oluvchilarning ta'lim olganligini tashxislash va nazorat qilish tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan eng muhimlari xolis (obyektiv)lik, tizimli (sistemali)lik, ko'rgazmali (oshkora)lik sanaladi. Xolis (obyektivjlik tashxis test (topshiriq, savol)lari, tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta'lim oluvchilarga do'stona munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko'rinishda belgilangan mezonlaridan iborat.


Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin