O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti


O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish



Yüklə 471,85 Kb.
səhifə46/129
tarix23.01.2023
ölçüsü471,85 Kb.
#80322
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   129
O’zbåkistîn råspublikàsi îliy và o’rtà màõsus tà’lim vàzirligi n

6.4. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish

usullari va muloqotda tarbiyaviy jarayon tamoyillari


O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti samarali bo‘lishi uchun suhbatdoshni o‘ziga moyil qilib olish zarur. O‘zaro moyillikka erishish uchun amalda qo‘llanilib kelinadigan bir qator murakkab bo‘lmagan pedagogik ta’sir etuvchi usullardan foydalaniladi. Ularning eng muhimlari o‘quvchi ishonchini qozonish hamda ta’sir etish va ma’qullash usullaridir.
ishonchini qozonish usuli o‘quvchilar bilan muloqot asosida ta’sir ko‘rsatishning yuqori samara beradigan usulidir. U o‘quvchi ongiga qaratilgan bo‘lib, idrok qilish orqali o‘quvchilar ishonchini qozonishni va ularning roziligini nazarda tutadi. Ishonchini qozonish dalillash, isbotlash orqali olib boriladi. Ishonchini qozonish usuli muloqot dasturi sifatida darsdan tashqari jarayonlarda, o‘quvchi bilan yakka holda suhbatlarda, ma’naviy-tarbiyaviy soatlarda qo‘llaniladi. Ishonchini qozonish usuli yordamida o‘qituvchi o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantiradi, ularda o‘z-o‘zini tarbiyalashga nisbatan javobgarlik hissini oshiradi.
Ishonchini qozonish usuli nafaqat o‘qituvchi bilan muloqot jarayonida, balki ta’lim-tarbiyaviy faoliyatdan tashqari holatlarda ham o‘quvchiga ta’sir qiladi. O‘quvchi ishonchini qozonish ijobiy yoki salbiy natijalar paydo qilishi ham mumkin. O‘qituvchi ishontirish bilan o‘quvchida ijobiy hislatlarni uyg‘otishi uchun tarbiyaviy metodlarni o‘z o‘rnida qo‘llashi shart. Tarbiya jarayonida har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Chunki bir xil yoshdagi o‘quvchilar psixik jihatdan turli xarakterga ega bo‘lishi mumkin. O‘quvchilarning qobiliyat va iqtidorlari, qiziqishlari, irodaviy hislatlari har xil bo‘lgani uchun bir o‘quvchiga nisbatan foydali bo‘lgan ishonchini qozonish usuli, boshqasiga zararli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har bir o‘quvchining ruhiyatini, psixologiyasini, ichki dunyosini o‘qituvchi muntazam o‘rganib borishi, o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini, tarbiyalanuvchi temperamentining umumiy tiplarini o‘rganish metodikasini bilish lozim. Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglashi, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimiga bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilar ishonchini qozonishi uchun ularni bilishi va zarur bo‘lgan xulosalarni ishlab chiqishi shart.
O‘quvchilar ishonchini qozonishning yana bir muhim xususiyati o‘quvchilarni shaxs sifatida rivojlanishida o‘z-o‘zini tarbiyalashidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchining o‘zini o‘zi idora qilishi, o‘zida erkinlikni, ijtimoiy mavqeini, tashabbuskorlik va mustaqillikni shakllantirishdir. O‘quvchining yashirin qobiliyatlari o‘z-o‘ziga ishonch orqali yuzaga chiqadi. O‘quvchi uchun o‘z o‘zini baholash qiyin jarayon. O‘quvchi ta’lim-tarbiya berayotgan o‘qituvchilarga ishonch bilan ergashib, o‘ziga nisbatan ishonch ruhida tarbiyalanar ekan, unda avvalo, mustahkam iroda shakllanadi, o‘z burchini to‘g‘ri tushunadi, bilish va o‘rganishga qiziqishi kuchayadi, o‘z-o‘zini har tomonlama takomillashtirishga intiladi, o‘ziga atrof muhitdagi o‘rtoqlari ko‘zi bilan xolisona baho beradi, o‘ziga ishonadi va unda qoniqish hissi paydo bo‘ladi. Xarakteridagi salbiy odatlarni, zararli sifatlarni tez anglab, ularni yo‘qotish va bartaraf etishga intiladi.
ta’sir etish va ma’qullash usuli muloqotning umumiy jarayonidir. Ikki suhbatdoshning bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishlari, tarbiyaviy maqsadni ma’qullattirish vositasi sifatida o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ushbu usul vositasida o‘qituvchi o‘quvchi ruhiyatiga va xulq-atvoriga tarbiyaviy maqsadni ko‘zlab sezilarsiz ravishda psixologik ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchi psixikasida nazoratsiz kiradi. Ushbu usul, muloqot jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarda axloqiy-irodaviy hislatlarni faol takomillashtiradi. O‘qituvchi xushmuomalaligi, muosharat odobining cheksiz qudrati bilan o‘quvchilar psixikasining anglanmagan qirralariga pedagogik ta’sir etadi, o‘qituvchi va o‘quvchining yaqindan muloqotda bo‘lishini, bir-birlariga ishonchini, topshiriqlarni ma’qullab vaqtida bajarish uchun javobgarlik hissini shakllantiradi.
O‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi bilan pedagogik muloqotni har tomonlama mukammal tashkil etish va ko‘zlangan maqsadga erishishi uchun tarbiyaviy jarayonning jamiyat talablariga mos keluvchi yetakchi tamoyillaridan o‘rinli foydalanishi lozim:

Yüklə 471,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin