Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 100,06 Kb.
səhifə1/10
tarix19.10.2023
ölçüsü100,06 Kb.
#157143
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
PK Ma\'ruza 9


9-mavzu: Pedagogik jarayonda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqot.
Reja:

  1. Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari.

  2. O‘qituvchi va o‘quvchilaming jonli muloqotini tashkil etish.

  3. O‘qituvchining o’quvchilar bilan muloqotni tashkil etish usullari va muloqotda tarbiyaviy jarayon tamoyillari.

Tayanch tushunchalar: Muomala kategoriyasi; muloqot; axloqiy me’yorlar; nutq mimikasi; muloqot funksiyalari; prognostik etap; norasmiy liderlar, modellashtirish; pedagogik jarayon; kommunikativ aloqa; tashkilotchi va ijrochi; interaktiv muloqot; perseptiv muloqot; jonli muloqot; muloqoi odobi; tavoze; ishonchni qozonish; ta’sir etish; ma'qullash; demokratik yondashuv; avtoritar uslub; demokratik uslub; liberal uslub; muloqotni boshqarish bosqichlari; muloqotni ta ’minlaydigan talablar.
Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari.
Muloqot - yunoncha so‘z bo'lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat v£ o‘zaro fikr almashuv ma’nosmi bildiradi hamda ikki yoki undan ortic lashilammg so‘zlashuvida paydo bo‘ladi. Inson muloqot jarayonida ijti­ moiy tairiba, ta’lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar g'oys va mafkura omillari ta’sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida ka- molotga yetadi. Kishilar o'rtasidagi o‘zaro muloqot pedagogik-psixo­ logik fanlaming asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o‘z ichigj shaxslararo munosabatrung eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma’noda tushunilad: hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasmi mujassamlashtirib, o‘zarc ta’sir va o‘zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatn: ifodalaydi.
Pedagogikada muloqot o‘qituvchi va o’ ‘quvchilar jamoasining o‘zar< ta’sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o'zaro axboro aJmashishida, ta’lim va tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishida, o‘zaro bir-birlarin tushunishga erishishlarida namoyon bo‘ladi hamda quyidag: xususiyatlarga ega;
•muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;
•m uloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim aha­ miyatga ega;
•o'qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o'ynaydi;
•pedagogikada muloqot - o‘qituvchining o'quvchilarga ta’sir o'tka­ zish asosida o'zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maq- sadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;
•muloqot - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chi­ qadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko'p qirrali jarayoni hisoblanadi;
•noto'g'ri pedagogik muloqotdan o'quvchilarda qo'rquv, o'z kuchi- ga ishonchsizlik paydo bo'ladi, ularning diqqat-e’tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.
Pedagogik muloqot - bu о 'aituvchinins о ‘quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o‘zi uchun ens aulav bo'lean psixologik muhitni vuiudga keltirib. iiobiv ruhiy iqlimni varatishi uchun imkonivat beruvchi kasbiy munosabatidir.
О‘qituvchining о ‘quvchilar bilan о ‘zaro yaqin muloqotidan asosiy maqsad:
• salbiy holatlam i vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham berish;
• o'quvchilarda mustaqilfikr yuritish ко ‘nikmalarini hosil qilish;
• o‘quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, о'z fik-mulohazalarini cho 'chimasdan bayon qilib unga tayanishga о ‘rgatish;
• o'quvchilarningyashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
• dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatini paydo qilish.
A.S.Makarenkoning fikricha, o'qituvchi muloqoti hypmat va
talabchanlikka asoslangan munosabat shaklida boiishi lozim.
V.D.Suxomlinskiy o'qituvchining "... maktab hovlisida gapirgan har bir so'zi puxta o'ylangan, aql va mulohazalarga boy, m a ’lum bir tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo'lishi kerak" deb ta’kidlaydi. O'qituv­ chining har bir so'zi olimning fikricha, nafaqat o'quvchi qulog'iga aytiladi, balki uning qalbiga ham qaratilgan boiishi shart. Umuman ilg'or o'qituvchilarning fikricha, ta’lim va tarbiya faqat o'qituvchi va o'quvchining o'zaro hamkorlik pozitsiyasi asosidagi muloqot jarayonida quriladi.
Muloqot jarayonida o'qituvchi qisqa muddatda o'zining psixologil bilimlariga tayanib o'quvchilarning psixik xususiyatlarini mukamma bilishga harakat qilishi lozim. O'quvchilarning ichki dunyosiga, ruhr holatiga kirib bormasdan, unga nisbatan turli tarbiyaviy jazolar qo'llash tanbeh berish mumkin emas. Bu holat o'quvchilar bilan o'zaro muloqotn tuzatib bo'lmas darajada buzilishiga, o'quvchilarning yashirin holatgj o'z “qobig'i”ga kirib olishiga sabab bo'ladi.
O'qituvchilarning o'zaro axborot almashishi bilan bog'liq xusu siyatlari, uning sinf jamoasiga singib keta olish qobiliyati bilan bog'liq Sinf jamoasida ro'y berayotgan har qanday voqea va hodisalar o'qituv chilar nazoratida bo'lishi, ularning oqibatini o'qituvchilar tez va adolatl tahlil qilishi va oldini olishi lozim. Bu faqat faol o'quvchilar bilan axbo rot ahnashib turish natijasida amalga oshiriladi. Shundagina, o'qituv chining o'quv tarbiyaviy jarayondagi faoliyati uchun qulay sharoitla yaratiladi va ijobiy natijalar beradi.
O'qituvchi ta’lim - tarbiyaviy faoliyatni o'quvchilar bilan birgalikd tashkil etadi. Bunda sinfning faol o'quvchilari hamda norasmiy liderlai bilan o'zaro muloqotning adolatli bo'lishi muhim ahamiyatga ega o'quvchilarni tarbiyaning turli elementlarini ongli ravishda mustaqi bajarishga jalb etish, bunda o'quvchilarga tashkilotchilik va ijro etisl rollarini bajarishga imkoniyat yaratib berish lozim.
o’ ‘qituvchining to‘g‘ri tashkil etilgan muloqoti o'quvchining o'zli- gini anglash funksiyasini takomillashtiradi. Bunda o‘qituvchining vazi­ fasi muloqot asosida o'quvchilarga o'zining "Men"ligini anglashni, shaxs sifatida o'z fikrini dadil va erkin gapirishni. jamoada o'z о‘mini bilishni, o'z-o'zini baholashni o'rgatishi kerak.
Pedagogik muloqot tuzilishi jihatidan o'qituvchi ijodkorligining noyob namunasidir. Pedagog olimlar o'qituvchining o'quvchilar bilan muloqotiga ko'plab tavsiflami ilmiy asarlarida bayon etsalarda, muloqot awalo, o'qituvchining shaxsiy psixologik xususiyati sifatida namoyon bo'ladi. Olimlar esa, muloqot uchun o'qituvchiga yo'nalish beradi xolos. Jumladan, rus pedagogi V.A.Kan-Kalikning fikricha, o'qituvchining pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi:
1. Prognostik bosqich (modellashtirish): O'qituvchi tomonidan sinf jamoasi bilan bo'lajak muloqotni modellashtirish.
2. Kommunikativ aloqa: O'quvchi bilan dastlabki o'zaro tanishuv jarayonida bevosita muloqotni tashkil etishga erishish.
3. Pedagogik jarayon: О‘qituvchining xatti-harakati, pedagogik mahorati bevosita muloqotni boshqarishga qaratilgan bo'lishi kerak.
4. Natijalar tahlili: Amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish, yutuq va kamchiliklami xolisona baholab kelgusi faoliyat uchun modellash­ tirish.
Olimning fikrlari asosida muloqotning ushbu yo'nalishlarini quyidagicha ta’riflash mumkin?
Modellashtirish bosqichida auditoriyaning barcha andozalarga javob berishi, har bir o'quvchining psixologik xususiyatlarini o'rganishi, ta’lim-tarbiyaviy jarayonda uchrashi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar dinamikasini oldindan ko'ra olish va bartaraf etish, muloqotning o'zaro hamkorlik asosida qurilishi, ya’ni muloqot o'qituvchi shaxsiga emas, balki o'quvchi shaxsiga ham mos kelishini ta’minlash zarur.
Kommunikativ aloqa bosqichida sinfjamoasini o'zaro muloqotga tez jalb etadigan suhbat texnikasini puxta bilish, ularning barcha qizi- qishlariga javob bera olish, erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratish va o'quvchilar ongiga ijobiy ta’sir etishning turli usullarini qo llash metodlarini egallash lozim.
Pedagogik iaravon bosqichida o'qituvchining faoliyati bevosita ta’lim-tarbiyaviy ishlarni ma’lum bir yo'nalishga solish, o'quvchilar tashabbusini qo'llab-quwatlash, sinf jamoasining rasmiy va norasmiy liderlari bilan adolatli muloqotni tashkil etish, o'z fikrlarini jamoa fikrlari bilan real sharoitga moslashtira olish ko'nikmalarini yaratish kal faoliyat olib boriladi.
Natijalar tahlilida. o‘qituvchi o'z faoliyatiga xolisona baho berish yutuq va kamchiliklami inobatga olib, kelgusi ta’lim-tarbiyaviy faol yatida tanqidiy qo'llashni bilishi lozim, ushbu yo'nalishda maqsad, rej va natijalaming birligi ta’minlanadi, о' quv-tarbiya jarayonida o'qituvcl o'quvchilar bilan muloqotni tashkil etish va boshqarishda rahbarlikn tashabbuskor b o ia olishni bilishi kerak.
О‘quvchilarning axloqiy jihatdan tarbiyalanganligi uning atrof-mi hitga nisbatan bo‘lgan munosabatlarida ham namoyon boiadi. Axloqi tarbiyalanganlik o'quvchining his-tuyg‘ularida ichki kechinmalarida if< dalanadi va xulq-atvorida, o‘qituvchi bilan muloqot jarayonida yuzag qalqib chiqadi. o’ ‘quvchilar bilan yaqin munosabatda bo‘lish va mehr bonlikni namoyish etish, o'qituvchining sinf jamoasi bilan munosabatc to'g'ri va odilona muloqotini tashkil etishda asosiy zamin boiadi.
Muloqot turli rollar orqali shaxs faoliyati uchun ijtimoiy maydc yaratadi, shaxsning ijtimoiy xulq-atvorini shakllantiradi. o’ ‘qituvcl ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zining shaxsiy tashabbuskor va rahbarli rolini namoyish etadi. Dais jarayonida esa o’ ‘qituvchi o‘quvchilami tasi kilotchi va ijrochi rollanda boiishga imkoniyat yaratishi kerak. Muloqi asosida shaxs o‘zligini tanishni o'rganadi. o’ ‘qituvchi darsni rejalashtiri ekan, faqat o'rganilayotgan dars mavzusi to'g'risidagi ma’lumotls asosida o'quvchilarni axborot koiamiga jalb etishni o‘ylamasligi kera] balki o'qituvchining yordamiga muhtoj bo'lgan o'quvchilarni topish ularga yordam berish uchun sharoit yaratishi, har bir o‘quvchiniE qiziqishini ta’minlovchi sharoitlami ko‘ra olishi va o'zaro hamkorlik) ta’minlashi lozim.
Pedagogik faoliyatda o'qituvchi muloqot asosida o'quvchilar bik yaxshi munosabatni tashkil eta olishi, demokratik talablami qo'llashi \ birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi kerak. Pedagogik muloqot esa, t o'qituvchi kasbiy faolligining bir ko'rinishi bo'lib, bunda taiim \ tarbiya muammolari o'qituvchi hamda o'quv-tarbiyajarayonining boshc ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro ta’sir vositasi bilan hal qilinadi. В vaziyatda o'qituvchi baho beruvchi rolida namoyon boiadi hamda unin o'zi baho oluvchi hisoblanadi. bunday hollarda pedagogik ta’sir ko‘: satish vazifalari va vositalari hamda o'qituvchining o'quvchilar bila pedagogik muloqoti quyidagi prinsiplarda namoyon boiadi:
Kommunikativ muloqot.
Interaktiv muloqot.
Perseptiv muloqot.
1. Kommunikativ muloqotda bir tomonlama axborot uzatiladi. Muomala o'z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o‘zaro axborot almashuvini qamrab olgan boiib, kommunikativ muloqot sifatida tavsiflanishi mumkin. o’ ‘qituvchi va o‘quvchi bir - birlari bilan muloqotga kirishishi jarayonida muloqotning muhim vositalari bcimish til vanutq faoliyati bevosita muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Interaktiv muloqotning muhim jihati ikki tomonlama bir-biriga ta’sir etishdir. Muloqotga kirishuvchi o’ ‘qituvchi o’zaro ta’sir etishda, o‘quvchilaming tarbiyaviy faoliyatiga nafaqat so'z orqali, balki fikr almashinuv, xatti - harakat va xulq-atvori bilan o'zaro ta’sir o‘tkazishi tushuniladi.
3. Perseptiv muloqotda o’ ‘qituvchi va o’ ‘quvchilar jamoasi o‘zaro bir- birlarini idrok qilishi, anglashi tushuniladi. Bunda muloqotga kiri- shuvchilar o‘zaro bir-birlarini idrok qilish asosida ulardan biri ikkinchi- sining ishonchini qozonadi, aqlli, farosatli, tajribali. yuksak tayyor- garlikka ega barkamol inson sifatida idrok qilinadi.
Muloqotning har uchala tomonini yaxlit olib qaraganda o'zaro hamkorlik faoliyatini tashkil qilishning usullari va unda ishtirok etuvchi- laming munosabatlari yaqqol namoyon boiadi. Pedagogik muloqot muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun, o ‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlik faoliyatiga chuqur kirishib keta olishi, shaxsni har tomonlama shakllantirishning maqsad va vazifalarini chuqur anglab, faoliyat olib borishi lozim.

Yüklə 100,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin