1. Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishda demokratik yondashuv. Muloqot jarayonida o'qituvchi o'quvchini ijtimoiy qadriyat deb tan olishi. har bir bola. o'smir va o‘spirinning betakror va o‘ziga xos xusu siyatlarini hurmat qilislii, uning ijtimoiy xulqi va erldnligini e’zozlashi lozim. Zero, talimni islch qilishdan asosiy maqsad, tarbiyada demokratiyaning ustunligi, tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo'yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchining bir-birlariga o'zaro ishonchi, hamkorlik asosida pedagogik munosabat mohiyatini ijobiy tomonga yo‘naltirish demakdir. Muloqotni demokratik uslubda tashkil etishdan maqsad, ta’lim-tarbiyani insonparvarlashtirish, pedagogik faoliyat markazida inson shaxsi turganini unutmaslik, insonga nisbatan bebaho boylik sifatida munosabat tuyg'ularini o'quvchilarda ham shakllantirish vazifasi bajariladi.
2. O‘quvchilar bilan do‘stona munosabat. Aslida muloqotdan maqsad o'quvchilar bilan do'stona munosabatni ro‘yobga chiqarishdir. O'quvchi shaxsini hurmat qilish o'qituvchining insonparvarlik tuyg'ularidan kelib chiqadi. O'quvchi shaxsini hurmat qilish, ularga cheksiz mehr-muhabbat ko'rsatish va ularga ishonish shart. Bolalarga nisbatan hurmat tuyg'usi ularning kuchiga kuch qo'shadi, o'z imkoniyatlariga ishonch tuyg‘usini shakllantiradi, tarbiyaning samaradorligini oshiradi. O'quvchi shaxsini hurmat qilish va munosabatni adolatii talabchanlik mezonlari asosida qurishdir. Do‘stona muloqot o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi bilimlarni puxta o‘zlashtirilishini ta’minlaydi va mukammal shaxsiy fazilatlami tarkib toptirishga xizmat qiladi. Pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan muomala odobi o'qituvchilarning axloqiy madaniyati, tarbiyalanganlik darajasida aks etadi. O'qituvchining o'ziga va o'z kasbiga, o'quvchilarga bo'lgan munosabat! uning muloqotida yaqqol namoyon boiishi mumkin.
O'z faoliyatini endigina boshlagan o'qituvchilar, ayniqsa, har bir o'quvchining kelajagiga umid bilan qarashlari, unga individual yonda- shishga harakat qilishlari, tarbiyaviy jazolash usullarini tartibsiz qoila- masliklari, o'quvchilar jamoasi oldiga istiqbolli tarbiyaviy maqsadlami qo'yishga intilishlari lozim. Yosh o'qituvchilar ma’lum bir pedagogik mahorat sirlarini egallashga intilmasalar, o'z fanidan bilimlari sayoz bo'lsa, shaxslararo munosabatlarga ijodiy yondashmasalar, kommunika tiv qobiliyatini takomillashtirib bormasalar, o'quvchilar uni asta – sekin tan olmay qo‘yishadi. Natijada o‘qituvchi va o‘quvchilar muloqotida tuzatib boimas xatoliklar paydo boiishi mumkin.