3. Muloqotni ijtimoiy hayot qonuniyatlari bilan bog‘lab olib borish. Yosh avlodning o‘sib ulg‘ayishi va shakllanishiga hayot, ijtimoiy muhit qonuniyatlari ham muntazam ta’sir etadi. Muhit ijtimoiy omil- laming eng muhim xususiyati boiib, u shaxsga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Muhit deganda, shaxsning tarbiyalanib, shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi olam voqealari, hodisalar majmui tushu niladi. Muhit tushunchasi o‘zida geografik-hududiy, ijtimoiy va mikro- muhit xususiyatlarini ifodalaydi. Ayniqsa, oila, maktab, do‘stlar davrasi, tengqurlar kabilami o‘z ichiga oladigan mikromuhit shaxsni tarbiyalash jarayoniga muhim ta’sir etishi pedagog va psixolog olimlar tomonidan e’tirof etilgan. Oila muhiti o'quvchining tarbiyasi va barkamol inson sifatida shakllanishida o‘zigaxos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. Shuning uchun o‘qituvchi muloqotni tashkil etishda ota-onalar, mahalla faollari, o‘quvchilar jamoasi faollari, uchastka nozirlari bilan doimiy aloqada boiib, ular bilan birgalikda faoliyat olib borishi kerak. Muloqotda ijti moiy hayot qonuniyatlarini hisobga olish, o‘quvchilami maqsadli tarbiyalashda muvaffaqiyatlarga erishish uchun zamin yaratadi.
4.Muloqotnitashkiletishdamehnatfaoliyatiningo‘mi. Ta’lim muassasalarida o‘quvchi mehnat faoliyati bilan o‘z qobiliyati va iste’dodini namoyon qiladi. Mehnat - yosh avlodni yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvorini namoyon qiluvchi, kasbiy qobiliyatlarini uyg‘otuvchi, tarbiyaviy jarayonning eng qadimiy va sinalgan vositasidir. o‘quv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani jismonan chiniqtiradi va faollash- tiradi, xulq mukammalligini ta’minlaydi, tashabbuskor va izlanuvchan qilib shakllantiradi. Shunday ekan, o’ ‘qituvchi o'quvchilar bilan mulo qotni ularning mehnatsevarligiga yoki dangasaligiga qarab belgilasa ham boiadi. Taiim muassasalarida bolalarni ilk yoshidan boshlab mehnat- sevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va mehnat qiluvchilarga hurmat ruhida tarbiyalashda o'zaro muloqotning o'mi cheksiz. Taiim muassasalarida o'qishning o'zi ham mehnatdir. Muloqotdan maqsad, ta’lim- tarbiyaviy faoliyatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun u mehnat tarbi yasi bilan aloqadorlikda olib borilishi lozim.