10.4. Yerga mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish masalasi
Iqtisodiyotni isloh qilishning dastlabki bosqichida asosiy boyligimiz
bo‘lgan yerga munosabatni o‘zgartirish asosiy yetakchi yo‘nalish bo‘ldi.
Qishloq xo‘jaligida yerga doir qabul qilingan farmonlar, «Yer kodeksi»
233
qishloq xo‘jaligida yer munosabatlarini qanday tashkil etish, yerga
qanday munosabatda bo‘lish zarurligini ko‘rsatib berdi. Konstitutsiyada
yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, balki uni uzoq
muddatga ijara shartlari bilan topshirilish mumkinligi yozib qo‘yildi.
Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarining rivojlanishiga,
dehqonning yerga egalik hissini qayta tiklashga, yerga meros qilib
qoldirilish huquqi bilan umrbod foydalanish uchun berib qo‘yish orqali
erishildi. Eng muhimi kishloq xo‘jaligi yuritishning har bir dehqonga
manfaatdorlik bilan erkin mehnat qilish, o‘z mehnatining natijalarini
mustaqil tasarruf etish imkonini beradigan vositani yaratishdan iborat
edi. Dehqon o‘z mehnatining mevalari, yerdan olingan samaraning
o‘ziga qarashli ekanligini, tekshirilayotan mahsulotning chinakam
xo‘jayni ekanini ko‘rgandagina o‘zini yerning haqiqiy egasi deb
chinakamiga his qiladi degan xulosaga keldik. O‘zbekiston
Respublikasida dehqonchilikning boshqalardan farq qiladigan xususiyati
shundan iboratki, u sug‘oriladigan yerlarda olib boriladi. Bu yelarda
qudratli irrigatsiya tarmog‘i xizmat qiladi. Barcha haydaladigan
yelarning to‘rtdan uch qismidan ko‘prog‘i sug‘oriladigan yerlardir. Shu
sababli qishloq xo‘jaligini rivojlantirish istiqbollari sug‘oriladigan
dehqonchilikni rivojlantirish, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini
ko‘rish va ishlab turganlarini qayta qurish, bu tarmoqlar kimning mulki
bo‘ladi, degan masalani hal qilish bevosita bog‘liqdir. Yerning
meliorativ holatiga e’tiborni hech qachon susaytirmaslik kerak.
Respublikamizda 4,3 mln gektar sug‘oriladigan yer bo‘lib, shularning 50
(foizdan ko‘prog‘i yaxshi meliorativ holatda, qolgan yerlar esa
yaxshilashni va melioratsiya ishlarni olib borishni talab etadi. Buning
uchun 1998-yildan boshlab 25 ming gektar yangi yerlarni o‘zlashtirish,
50 ming gektar yerda qayta o‘zlashtirish ishlarini olib borish hamda 26
ming gektar yerda kollektor drenaj tarmog‘ini ko‘rish mo‘ljallangan.
Agar 1990-yilda bir gektar sug‘oriladigan yangi yerni o‘zlashtirsh
uchun 6,5 ming rubl va ilgaridan sug‘orilib kelingan bir gektar yerni
qayta o‘zlashtirish uchun 5000 rubl talab qilingan bo‘lsa, hozirgi vaqtda
xarajatlar taxminan 15–20 barobar oshib ketdi. Ma’lumki birorta ham
fermer irrigatsiya va melioratsiya ishlarini mustaqil amalga oshira
olmaydi. Faqat davlatgina melioratsiya tarmog‘ini loyihalashga,
qurishga, yerlarning sho‘r bosishi, botqoqlikning oldini olish
masalalarini hal qilishga qodir. Bundan tegishli xulosa chiqarish hozirgi
vaqtda davlat melioratsiya, irrigatsiya yerlarning unumdorligini oshirish
234
dasturlarining hammasini bajarishni o‘z zimmasiga oldi va shu tariqa
davlatga qarashli bo‘lmagan xo‘jaliklarga juda katta madad va yordam
ko‘rsatdi.
Agrar sohada amalga oshirilayotgan mulkiy-tarkibiy islohotlarda
birinchi navbatda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylash-
tirish, turli mulk shakllariga, eng avvalo xususiy mulkchilikka asoslan-
gan xo‘jalik yuritish shakllarini joriy etishga muhim e’tibor qaratildi.
Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlaridanoq zarar ko‘rib
ishlayotgan shirkat xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich tugatib, fermer
xo‘jaliklariga aylantirish borasida yirik tarkibiy islohotlar amalga
oshirildi.
Butun agrar siyosatning muhim masalasi – bu yerga mulkchilik
munosabatlaridir. Yer-o‘lkamizning eng asosiy boyligi. Shu sababli
Respublikamizning kelajagi, O‘zbekiston xalqining ertangi kuni ko‘p
jihatdan yerdan foydalanish munosabatlarining qanday tashkil etilishiga
bog‘liq bo‘ladi.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan davlatning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqilib, dasturda bozor
munosabatlari asosida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish orqali
yuqori pirovard natijaga erishish mumkinligi ko‘zda tutilgan va bu
jarayonlar agrar tarmoqda o‘z samarasini bermoqda. Ayniqsa qishloq
xo‘jaligidagi mulkchilik munosabatlari, mahsulot ishlab chiqarish,
iqtisodiy munosabatlarning keskin o‘zgarishi sababli dehqonning ishlab
chiqarishga va mulkka egalik hissi yanada ortib bormoqda. Respublika
agrar sohasida xo‘jalik yuritishning turli shakllari orasida fermer va
dehqon xo‘jaliklari istiqbolli deb tan olindi. Ular to‘g‘risida hukumat
tomonidan huquqiy asos yaratildi. Lekin ishlab chiqarish jarayonida
faoliyat ko‘rsatayotgan subyektlar orasidan fermer xo‘jaliklari o‘zining
bir qancha afzallik tomonlarini ko‘rsatdi. Bu esa bozor munosabatlarida
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish va uning
samaradorligini oshirishdagi afzalliklari bilan bugungi istiqboli yo‘na-
lishimizga mos kelishini inobatga olib O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni
chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PF-3226-son
Farmonida fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish qilib
belgilandi va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab
chiqildi.
Qashqadaryo viloyati respublikamizning janubiy o‘lkalaridan
235
bo‘lib, viloyatning tabiiy-iqlim sharoiti, joylashgan o‘rni va mahsulot
ishlab chiqarishida o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatga egadir. Viloyatda
qishloq xo‘jaligida turli mulk shakllarining mahsulot ishlab
chiqarishdagi ulushi keskin o‘zgarishini ayrim ma’lumotlar asosida
ta’riflash maqsadga muvofiqdir.
Viloyatda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish asosan
fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari va qisman shirkat xo‘jaliklari
hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu xo‘jalik yuritish shakllaridan fermer xo‘jaligi
qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushini katta qismini
ishlab chiqaruvchi sifatida yetakchilik qiladi. Jumladan, viloyatda 2013-
yilda fermer xo‘jaliklarida 422669 tonna paxta xomashyosi ishlab
chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2014-yilda 421461 tonnani tashkil
qilgan. 2012–2014-yillarda jami ishlab chiqarilgan paxta xomashyo-
sining 100 foizi fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bundan
tashqari asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlari turlaridan biri g‘alla,
viloyatda 2012-yilda 863535 tonna ishlab chiqarilgan bo‘lib, bundan
7454 tonnasi shirkat xo‘jaliklarida, 734005 tonnasi fermer xo‘jaliklarida
va qolgan 127192 tonnasi dehqon xo‘jaliklari tomonidan ishlab
chiqarilgan. 2013-yilda esa 911200 tonna g‘alla yetishtirilgan bo‘lib,
shundan 6099 tonnasi shirkat xo‘jaliklarida, 783540 tonnasi fermer
xo‘jaliklarida va qolgan 121561 tonnasi esa dehqon xo‘jaliklari
tomonidan yetishtirib berilgan. Shuningdek, 2014-yilda ham 911200
tonna boshoqli don mahsulotlari yetishtirilib, shundan 4317 tonnasi
shirkat xo‘jaliklarida, 781670 tonnasi fermer xo‘jaliklarida va qolgan
125213 tonnasi dehqon xo‘jaliklarida yetishtirib berilgan.
Viloyat fermer xo‘jaligining nafaqat paxta va g‘alla mahsulotlari
ishlab chiqarishda, balki boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab
chiqarishdagi salmog‘i ham ortib bormoqda. Jumladan, viloyatda 2014-
yilda jami 205757 tonna go‘sht yetishtirilib, shundan 3592 tonnasi
shirkat xo‘jaliklarida, 2572 tonnasi fermer xo‘jaliklarida va 186750
tonna go‘sht dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarilgan. Sut yetishtirishda
2014-yilda shirkat xo‘jaliklarining ulushi 0,6 foizni, fermer
xo‘jaliklarining ulushi 2,0 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi esa 97,4
foizni tashkil etgan. Viloyatda boshqa chorvachilik mahsulotlarining
ishlab chiqarish hajmi ham yildan yilga ortib bormoqda. Tahlillar
natijasi shuni ko‘rsatadiki, viloyatimizda o‘simlikchilik va chorvachilik
mahsulotlarining asosiy qismi fermer va dehqon xo‘jaliklari hissasiga
to‘g‘ri kelmoqda.
236
Viloyatda 2014-yilda barcha toifadagi xo‘jaliklarda don mahsulot-
lari ishlab chiqarish 2012-yilga nisbatan 105,5 foizga oshgan, biroq
paxta xomashyosini yetishtirish hajmi esa 99,4 foizga yoki 0,6 foizga
kamayganligini ko‘rish mumkin. Turli mulkchilikka asoslangan
xo‘jaliklarda mahsulot yetishtirish hajmi fermer xo‘jaliklarida paxta 100
foizni, don ekinlari esa 85-86 foizni tashkil etib, boshqa mahsulotlarni
yetishtiruvchi dehqon xo‘adliklarining ulushi yildan yilga oshib
borayotganligini 10.4.1-jadval ma’lumotlari tahlilidan ko‘rish mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mahalliy hokimiyatning fermer va
dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashi va mamlakatimizda olib
borilayotgan agrar islohotlarning natijasi desak, xato bo‘lmaydi.
237
10.4.1- jadval
Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi korxonalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish
to‘g‘risida ma’lumot
Shu jumladan
Hamma toifadagi
xo‘jaliklarda
Qishloq xo‘jaligi
korxonalarida
Fermer xo‘jaliklarda
Dehqon xo‘jaliklarida
T/r Mahsulot
turi
O‘lchov
birligi
2012-y
2013-y 2014-y 2012-y 2013-y 2014-y
2012-y 2013-y 2014-y 2012-y 2013-y 2014-y
1. Paxta
tonna
424022
422669 421461
-
-
- 424022 422669 421461
-
- -
2. Don
tonna
863535
911200 911200 7454 6099 4317 734005 783540 781670
127192
121561
125213
3. Sabzavot tonna
321468
362795 397968
413 590 637
114994 119735 131329
206061
242470
266002
4. Poliz
tonna
86122
100304 111235
160 549 612
43935
53445
59288
42027
46310 51335
5. Meva
tonna
73434
80639
88717
131 179 195
43269
47315
52077
30034
33145 36445
6. Uzum
tonna
49787
63508
68680
490 1115 1202
33266
37977
41208
16031
24416 26270
7. Kartoshka tonna
97740
112000 126313
37 144 164
27624
29717
33473
70079
82139 92676
8. Go‘sht
tonna
178732
192250 205757
2933 3100 3592 2250 2400 2572
173549
186750
199593
9. Sut
tonna
657162
720612 771996
4423 4800 5172 12006 14100 15440
640733
701712
751756
10. Tuxum
Ming
dona
192627
220010 248135
23563 38400 43424 3020 5110 5707
166044
176500
204028
Manba: Qashqadaryo viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
238
I. Mavzuga oid sаvоllаr:
1. Qishlоq хo‘jаligigа dаvlаt rаhbаrligi qаndаy аmаlgа оshiril-
mоqdа?
2. Аgrаr-iqtisоdiy islоhоtlаr yo‘nаlishlаri qаndаy аmаlgа оshiril-
mоqdа?
3. Yer islоhоti qаndаy tаrtibdа аmаlgа оshirilmоqdа?
4. Mulkni dаvlаt tаsаrrufidаn chiqаrish dеgаndа nimаni tushunаsiz?
5. Mulkni хususiylаshtirish dеgаndа nimаni tushunаsiz?
6. Xususiy va shaxsiy mulk haqida tushuncha bering?
7. Mulkiy munosabatlar deganda nimani tushunasiz?
II. Mustaqil ishlash uchun test savollari:
1. Dаvlаt bоsh islоhоtchi sifаtidа qаndаy vаzifаni bаjаrаdi?
А) iqtisоdiyotni mа`muriy usullаr yordаmidа bоshqаrаdi;
B) iqtisоdiy islоhоtlаrni ustuvоr yo‘nаlishlаrni аniqlаb, ulаrni
аmаlgа оshirishga rаhbаrlik qilаdi;
C) mоliya budjеt оrqаli bоzоr iqtisоdiyotini tаrtibgа sоlаdi;
D) pul-krеdit vоsitаlаri оrqаli bоzоr munоsаbаtlаrini tаrtibgа sоlаdi.
2. Kuchli ijtimоiy siyosаt dеb nimаni tushunаsiz?
A) istе`mоl tоvаrlаrgа nаrх-nаvоni pаsаytirish;
B) ish hаqi, pеnsiya, nаfаqа, stipеndiya dаrаjаsini ko‘tаrish;
C) jаmiyatni ijtimоiy rivоjlаntirishni tа’minlаsh vа аhоlini bоzоr
munоsаbаtlаrini sаlbiy tа`siridаn himоyalаsh;
D) tа`lim vа sоg‘liqni sаqlаshni rivоjlаntirish.
3. Islоhоtlаrni аmаlgа оshirishdа qоnunning ustuvоrligini
tа’minlаsh dеganda nimаni tushunаsiz?
A) butun yangilаnish vа tаrаqqiyot jаrаyoni qоnungа аsоslаnmоg‘i
lоzim;
B) qоnuniy dаvlаtni bаrpо etish;
C) insоn huquqlаrini himоya qilish;
D) qоnunlаrni rеfеrеndum оrqаli qаbul qilish.
4. «2004–2006-yillаrdа fеrmеr хo‘jаliklаrini rivоjlаntirish
kоnsеpsiyasi to‘g‘risidа»gi O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti
Fаrmоni qаchоn qаbul qilingаn?
А) 2003-yil 20-оktabr;
B) 2004-yil 03-yanvаr;
C) 2004-yil 20-sеntabr;
239
D) 2003-yil 27-оktabr.
5. Fеrmеr хo‘jаligining iqtisоdiy аsоsini nimа tаshkil etаdi?
А) dаvlаt mulki; C) хususiy mulk;
B) хоrijiy mulk; D) shахsiy mulk.
6. Qishlоq хo‘jаligidа qаndаy mulk shаkllаri mаvjud?
А) dаvlаt, ijаrа, хususiy vа shеriklik mulki;
B) shirkаt, jаmоа, shахsiy, хоrijiy mulk;
C) shirkаt, хususiy, dаvlаt, jаmоа vа shахsiy mulk;
D) jаmоа, аksiоnеrlik.
7. Bоzоr iqtisоdiyotigа o‘tаyotgаn dаvrdа yangidаn bаrpо
etilgаn хo‘jаliklаr?
А) ijаrа, dеhqоn хo‘jаliklаri, mаydа, qo‘shmа kоrхоnаlаr;
B) sоvхоzlаr, birlаshmаlаr, zаvоdlаr;
C) kоlхоzlаr;
D) аgrоfirmаlаr.
8. Qishlоq хo‘jаligidа qаndаy turdаgi хo‘jаliklаrni dаvlаt
kоrхоnаlаri dеyish mumkin?
А) kооpеrаtiv kоrхоnаlаrini;
B) dеhqоn, ijаrа хo‘jаliklаrini;
C) pахtа tоzаlаsh zаvоdlаrini;
D) to‘g‘ri jаvоb yo‘q.
240
XI bob. ISHLAB CHIQARISHGA INVESTITSIYALARNI JALB ETISH
VA ULARDAN SAMARALI FОYDALANISH YO‘NALISHLARI
O‘quv maqsadi: fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlan-
tirishda investitsiyalarning o‘rni, ahamiyati hamda investitsiyalarni
shakllantirish manbalari, turlari va ulardan foydalanish samarador-
ligini oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni berishdar iborat.
Tаyanch ibоrаlаr: invеstitsiya, krеdit, irrigаtsiya, mеliоrаtsiya,
kаpitаl invеstitsiya, ijtimоiy invеstitsiya, innоvаtsiоn invеstitsiya.
11.1. Dehqоn va fermer хo‘jaliklari iqtisоdiyotini rivоjlantirishda
investitsiyalarning ijtimоiy, iqtisоdiy ahamiyati
Qishloq xo‘jaligining samarali va barqaror rivojlanishining zаrur
shаrti ularni yеtаrlichа investitsiyalаshdir. Agrar siyosаtning muhim
vazifasi qishloq xo‘jaliklarini investitsiyalаsh darajasini oshirish uchun
qulаy shаrоit yaratishdan iborat.
Investitsiya bu – daromad (foyda) olish maqsadida pul mаblаg‘lari
(kapital)ni iqtisodiyot tarmoqlariga uzоq muddatga qo‘yishdir. Ular
o‘zlarida asosiy vositalarni yaratish, kengaytirish rеkоnstruksiyalаsh va
tехnik jihatdan qayta jihоzlаshni, shuningdek bular bilan bog‘liq
aylanma fondlar o‘zgarishini аks ettirаdi. Bundan tashqari, investitsiya-
lar – bu qimmаtli qоg‘оzlarga pаtеntli intеllektuаl huquqlarga ega
bo‘lish va boshqalar. Investitsiyalar daromad (foyda) shakllаntiruvchi
yoki mа`lum ijtimoiy sаmаrаga erishuvchi tadbirkorlik faoliyati
оbyеktlariga qo‘yilаdi.
Investitsiyalar iqtisodiy kategoriyalar uchun quyidagi xarakterli
tuzilishlarga ega: u qishloq xo‘jaligida va tarmoqlarning iqtisodiy
rivojlanishiga bog‘liq bo‘lаdi; resurslarni sаrflаsh va sаmаrа olishni
ko‘zda tutаdi; investitsiya qo‘yilmalaridan kеlishi mumkin bo‘lgan
sаmаrа ehtimоli, tаvakkаlchilik xarаkteriga ega; resurslarni sаrflаsh va
sаmаrа olish оrаsida mа`lum (qоidaga ko‘rа, uzоq muddatli) vaqtin-
chаlik (o‘lchоv birligi) mavjud bo‘lаdi.
Invеstitsiоn faoliyat o‘zida yuridik shахs, fuqаrо va Davlatning
investitsiyalarni rеаlizаtsiya qilish bo‘yicha amaliy harakatlari
yig‘indisini ifоdalаydi. Invеstitsiоn faoliyat оbyеktlari quyidagilar:
241
– yangidan tashkil etilgan va rеkоnstruksiya qilingan asosiy
vositalar, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarining hammа tarmoqlaridagi
aylanma mаblаg‘lar;
– qimmаtli qоg‘оzlar (аksiyalar, оbligatsiyalar va boshqa);
– maqsadli pul qo‘yilmalari;
– ilmiy-texnika mahsulotlari va хususiy mulkning boshqa
оbyеktlari;
– mulkiy huquq va intеllеktuаl mulk huquqi.
O‘zbekiston jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hukm surayotgan bir
sharoitda ham ulkan xorijiy investitsiyalar yo‘naltirilayotgan mam-
lakatlar guruhidan joy olmoqda. Bunga, albatta, mamlakatimizda olib
borilayotgan va uzoq strategik maqsadlarni ko‘zlagan investitsiya
dasturlari hamda qulay investitsiya muhiti yaratilgani asosiy omil
bo‘lmoqda. Davlat investitsiya dasturlari doirasida jalb qilingan xorijiy
investitsiyalar hajmi 2011-yilda 2006-yilga qaraganda qariyb to‘rt
barobarga ko‘paygan. 2011-yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar
umumiy xorijiy investitsiyalarning qariyb 78,8 foizini tashkil etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-martdagi
«2008–2012-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash Davlat dasturi to‘g‘risida»gi 817-sonli qarori asosida
viloyatda 2008–2012-yillarda 149 ta loyiha asosida 3622,2 km uzunlik-
dagi kollektorlarni qurish va rekonstruksiya qilish hamda tizimli
ta’mirlash-tiklash bo‘yicha 58423 mln so‘mlik ishlar bajarildi. Ushbu
ishlar bajarilishi natijasida 3908 ta fermerlar hududidagi 80900 gektar
sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holatini yaxshilash imkoniyati
yaratildi. Loyiha amalga oshirilgan hududlarda o‘rtacha hosildorlik
paxtadan 2,3 s/ga, g‘alladan 2,6 s/ga oshishiga erishildi.
2014-yilda mamlakatimizning yuqori sur’atlar bilan barqaror
o‘sishini avvalambor iqtisodiyotimizga yo‘naltirilgan kapital mablag‘lar,
investitsiyalar tobora o‘sib borayotganida, bu ko‘rsatkich yalpi ichki
mahsulotga nisbatan 22,9 foizni tashkil etganida, deb hisoblashimiz
zarur.
Quyidagi jadvalda viloyatda paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer
xo‘jaliklariga ajratilgan kreditlar miqdori tahlil qilingan bo‘lib, bunda
paxta yig‘im-terimiga ajratilgan naqd pullar 2014-yilda 2013-yilga
nisbatan 104,1 foizga, g‘alla hosilini yig‘ib terib olish uchun esa
ajratilgan imtiyozli kreditlar miqdori tahlil qilinayotgan yillarda 119
foizga oshganligini ko‘rish mumkin (11.1.1-jadval).
242
11.1.1-jadval
Qashqadaryo viloyati bank tizimining asosiy ko‘rsatkichlari
Farqi
Ko‘rsatkichlar 2013-yilda 2014-yilda
(+:-)
%
Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar
Paxta hosili
Jumladan
Fermerlar soni
5 025
5 370
345 107
Maydoni (ga)
160 400
160 400
0 100
Miqdori (tonna)
417 000
417 000
0 100
Paxta yig‘im terimiga ajratilgan naqd pul
(mln so‘m)
73 088
76 061
2973 104,1
Ajratilgan kredit (mln so‘mda)
177 510
197 363
19 853
112
Imtiyozli kredit (mln so‘m)
172 964
193686
20 722
112
Tijorat kredit (mineral o‘g‘itga)
4 546
3 677
-869 81
Paxta yakuniy hisob- kitoblari uchun
kelgan mablag‘lar (mln so‘m)
319 705
306607
-13 098
95,9
G‘alla hosili
Jumladan
Fermerlar soni
5 264
5 264
0 100
Maydoni (ga)
145 000
145 000
0 100
Miqdori (tonna)
379 200
379 200
0 100
G‘alla yakuniy hisob- kitoblari uchun
kelgan mablag‘lar (mln so‘m)
141 869
161236
19367
113,7
Ajratilgan kredit, mln so‘mda
72 771
85 242
12 471
117
Imtiyozli kredit (mln so‘m)
59 359
70 594
11 235
119
Tijorat krediti (mineral o‘g‘itga)
13 412
14 648
1 236
109
Dostları ilə paylaş: |