Texnika sotib olish uchun ajratilgan kredit
Soni 85
121
36
142
Summasi (mln so‘m)
16 415
13 994
-2 421
85
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ajratilgan kredit
Intensiv bog‘ tashkil etish uchun
(mln so‘m)
1 171
1 154
-17 99
Urug‘lik kartoshka sotib olish uchun
(mln so‘m)
27 984 957 3644
Dotatsiya
Ajratilgan mablag‘ (ming so‘m)
30 227
27 396
-2 831
90,6
Sarflangan mablag‘(ming so‘m)
30 227
27 396
-2 831
90,6
Shundan, bank krediti (ming so‘m)
704
2 335
1 631
331,7
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qashqadaryo viloyati Bosh
boshqarmasi ma’lumotlari asosida tahlil qilingan.
Ushbu jadval ma’lumotlari tahlilidan ko‘rinib turibdiki, xo‘jalik
yurituvchi subyektlarga texnika sotib olish uchun jami 2014-yilda 13994
mln so‘m kredit ajratilib, bu ko‘rsatkich 2013-yilga nisbatan 15 foizga
243
kamaygan. Biroq texnikalar soni 36 taga ko‘paygan. Qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari yetishtirish uchun, ya’ni intensiv bog‘ yaratish uchun 2014-
yilda 1154 mln so‘m kredit ajratilib, 2013-yilga nisbatan 1 foizga
kamayganligini ko‘rish mumkin. Urug‘lik kartoshka sotib olish uchun
esa ajratilgan kredit miqdori 957 mln so‘mga oshgan. Shunigdek, fermer
xo‘jaliklariga berilgan dotatsiya miqdori tahlil qilinayotgan yillarda 9,4
foizga kamaygan. Demak, fermer xo‘jaliklari moliyaviy tomondan
yildan yilga barqaror rivojlanib borayotganligidan dalolatdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2013–2017-yillar davrida
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv
resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2013-yil
19-apreldagi PQ-1958-sonli Qaroriga asosan Davlat dasturi qabul
qilindi. Ushbu dastur doirasida respublika viloyatlarida 2-besh yillikka
mo‘ljallangan loyihalarni tuzish ishlari amalga oshirildi.
Qashqadaryo viloyatida 2013-yilda irrigatsiya-melioratsiya sohasida
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida to‘xtaladigan bo‘lsak, quyidagi
ma’lumotlarni keltirish mumkin:
2013-yilda Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
jamg‘armasi kengashining 2013-yil 18-fevraldagi 37-sonli yig‘ilish
bayoniga asosan 30 ta loyiha asosida kollektorlarni qurish va rekon-
struksiya qilish hamda tizimli ta’mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha 781,5
km uzunlikda 12299,3 mln so‘mlik ishlarni amalga oshirish rejalash-
tirilgan bo‘lib, shundan 2014-yilning 31 dekabr holati bo‘yicha 796,4
km uzunlikdagi kollektorlarda 12431,3 mln so‘mlik yoki rejaga nisbatan
101 foiz ishlar amalga oshirildi. Jumladan: a) qurish va rekonstruksiya
qilish obyektlarida 31 dekabr holatiga 102,1 km uzunlikda, 6207,6 mln
so‘mlik yoki rejaga nisbatan 102 foiz ishlar amalga oshirildi; b) tizimli
ta’mirlash-tiklash obyektlarda 31-dekabr holati bo‘yicha 694,4 km
uzunlikda, 6223,7 mln so‘mlik yoki rejaga nisbatan 100 foiz tizimli
ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirildi.
2013–2017-yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tasdiq-
langan Davlat dasturini amalga oshirishdan quyidagi natijalarga erishish
kutilmoqda (11.1.2-jadval).
Viloyat suv xo‘jaligiga kiritilayotgan investitsiya mablag‘lari hamda
respublika miqyosidagi yirik suv inshooatlari qurilishi va qayta
ta’mirlanishini tashkil qilishda xorijiy investitsiyalar o‘zining
jonbozligini ko‘rsatmoqda.
244
11.1.2-jadval
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan
oqilona foydalanish kompleks chora-tadbirlarini moliyalashtirilishi
to‘g‘risida
MA’LUMOT
(mln so‘m)
Shundan
Tadbirlar nomi
2013–2017-
yy. prognoz
ko‘rsatgich-
lari
2013-y. 2014-y. 2015-y. 2016-y. 2017-y.
Davlat budjeti mablag‘lari
Irrigatsiya obyektlarini
qurish va
rekonstruksiya qilish
727 051
100 000 118 769 140 781 167 123 200 378
Jami
727 051
100 000 118 769 140 781 167 123 200 378
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari
Meliorativ obyektlarni
qurish va
rekonstruksiya qilish
577 740
104 900 114 784 119 947 123 035 115 074
shu jumladan
tomchilatib sug‘orish
tizimini joriy etish
59 111
7 061
11 794 12 847 13 435 13 974
Meliorativ obyektlarni
ta’mirlash va tiklash
574 409
95 000 107 672 115 029 123 589 133 119
Meliorativ texnikalarni
xarid qilish
123 677
26 100 28 342 24 006 23 679 21 550
Boshqa xarajatlar
9 500
1 500
2 000
2 000
2 000
2 000
Jami melioratsiya
jamg‘armasi bo‘yicha 1 285 325 227 500 252 797 260 982 272 303 271 743
Hammasi
2 012 376 327 500 371 566 401 763 439 426 472 121
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
ma’lumotlari
.
Xorijiy investitsiya loyihalari bo‘yicha «Osiyo taraqqiyoti banki
ishtirokida Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida yerlarning
meliorativ holatini yaxshilash» loyihasi doirasida 2014-yilda 2 ta yildan
yilga o‘tuvchi obyektda 91,7 km uzunlikda 5161,4 mln so‘mlik
rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib
amalda 31-dekabrgacha 91,7 km uzunlikda 5161,4 mln so‘mlik yoki
yillik rejaning 100 foizi miqdorida ishlar amalga oshirildi.
245
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida «Qishloq xo‘jaligi
korxonalarini qo‘llab-quvvatlash 2-bosqich» 3-ta loyihasi bo‘yicha
1993,3 mln so‘mlik ishlar bajarilishi rejalashtirilgan. 2014-yil 31-
dekabrgacha 2048,3 mln so‘mlik yoki yillik rejaga nisbatan 103 foiz
ishlar amalga oshirildi.
Davlat budjeti hisobidan ajratilayotgan mablag‘lar, asosan, yillik
smeta asosida bevosita suv xo‘jaligi tizimi ma’muriy-boshqaruv
organini saqlab turish, yirik suv inshootlarini ekspluatatsiya va
rekonstruksiya qilishga va xo‘jaliklararo irrigatsiya tarmoqlari tizimini
ta’mirlashga, yirik suv yetkazib beruvchi mashina-magistral kanallarni
ekspluatatsiya qilish hamda ta’mirlashga, yuqori quvvatli nasos
stansiyalarini saqlab turish va ularning energetik resurslariga talabini
qondirish maqsadlariga yo‘naltirilgan.
11.2. Investitsiоn mablag‘larni jalb etish manbalari
Invеstitsiya mаblаg‘lаridаn sаmаrаli fоydаlаnishning tаshkiliy-
huquqiy аsоslаri hаqidа O‘zbеkistоn Rеspublikаsining «Invеstitsiya
fаоliyati to‘g‘risidа»gi, «Chеt el invеstitsiyalаri to‘g‘risidа»gi qоnunlаri
qаbul qilingаn. Undа invеstitsiyalаr mаqsаd va vazifаlаrigа ko‘rа, 3 gа
bo‘linаdi:
1. Kаpitаl invеstitsiyalаr – аsоsiy fоndlаrni bаrpо etishgа, tаkrоr
ishlаb chiqаrishgа va mоddiy ishlаb chiqаrishning bаrchа shаkllаrini
rivоjlаntirishgа sаrflаngаn invеstitsiyalаrdir.
2. Innоvatsiya invеstitsiyalаri – tехnikа, tехnоlоgiyalаr yangi
аvlоdini yarаtish va o‘zlаshtirishgа sаrflаngаn invеstitsiyalаrgа аytilаdi.
3. Ijtimоiy invеstitsiyalаr – insоn sаlоhiyatini, mаlаkаsini va ishlаb
chiqаrish tаjribаsini оshirishgа, shuningdеk, mоddiy istе’mоllаrning
bоshqа shаkllаrini rivоjlаntirishgа sаrflаnаdigаn mаblаg‘lаrdir.
Invеstitsiyalаrning ikki turi bоr: 1. Rеаl invеstitsiyalаr – mоddiy-
lаshgаn аsоsiy va аylаnmа vоsitаlаrgа mаblаg‘lаr. 2. Mоliyaviy
invеstitsiyalаr – qimmаtli qоg‘оzlаrni (аksiya, оbligаtsiya, vеksеl,
sеrtifikаt) shаkllаntirishgа sаrflаngаn mаblаg‘lаr.
Milliy hisоblаr tizimidа kаpitаlgа hаmdа mоddiy ishlаb chiqаrish
vоsitаlаrigа sаrflаngаn mаblаg‘lаr rеаl invеstitsiyalаr dеb hаm yuritilаdi.
Kаpitаl qo‘yilmаlаrning fеrmеr хo‘jаligidаgi аhаmiyati yuqоri
bo‘lib, birinchidаn, kаpitаl qo‘yilmаlаr – jаmi хаrаjаtlаrning аsоsiy
qismi hisоblаnаdi.
Аsоsiy kаpitаlgа kiritilgаn sаrmоya invеstitsiya dеb аtаlаdi.
246
Invеstitsiyalаr fеrmеr хo‘jаligining mоddiy-tехnikа bаzаsini, yarаtib,
ishlаb chiqаrishni mехаnizаtsiyalаsh, kimyolаshtirish, elеktrlаshtirish,
irrigаtsiya-mеliоrаtsiyalаsh nаtijаsidа sаrf-хаrаjаtlаrni kаmаytirib,
mаhsulоtlаr hаjmini ko‘pаytirish va sifаtini yaхshilаsh оrqаli dаrоmаdni
оshirishdаn ibоrаt.
Fermer xo‘jaliklariga investitsiyalarni jalb etish uchun quyidagi
manbalardan foydalaniladi:
1. Fеrmеr хo‘jаligining o‘z mаblаg‘lаri:
• fеrmеr хo‘jаligining sоf fоydаsidаn аjrаtilаyotgаn mаblаg‘lаr;
• аmоrtizаtsiya fоndidаgi mаblаg‘lаr;
• аsоsiy vоsitаlаrni tugаtishdаn, sоtishdаn kеlib tushgаn mаblаg‘lаr;
• chоrva mоllаrini sоtishdаn tushgаn mаblаg‘lаr;
• fеrmеr хo‘jаligining qimmаtli qоg‘оzlаr sоtish va sоtib оlishidаn
kеlgаn mаblаg‘lаr;
2. Chеtdаn jаlb qilingаn mаblаg‘lаr:
• fеrmеr хo‘jаligigа dаvlаt budjеtidаn аjrаtilаdigаn mаblаg‘lаr;
• hаmkоrlаrdаn оlinаdigаn mаblаg‘lаr;
• turli хil qаrzlаr va bаnk krеditlаri;
• хo‘jаlik а’zоlаrining bo‘sh mаblаg‘lаrini jаlb etish;
• хоrijiy va mаhаlliy shaxsiy kоrхоnаlаr hаmdа fuqаrоlаrning
mаblаg‘lаri;
• hоmiylаr аjrаtаyotgаn хаyriya mаblаg‘lаri va bоshqаlаr.
Kаpitаl – fеrmеr хo‘jаligi mоliyaviy nаtijаlаrning bir qismi bo‘lib,
аylаnmа fоndlаrgа qo‘yilib, dаrоmаd kеltirаdi.
Chеtdаn jаlb etilаyotgаn invеstitsiyalаr – chеt dаvlаtlаrning,
yuridik hаmdа jismоniy shахslаrning invеstitsiyalаridаn tаshkil tоpаdi.
Invеstitsiya fаоliyati subyеktlаrining invеstitsiyalаrini аmаlgа
оishirsh bilаn bоg‘liq hаrаkаtlаrdir.
Invеstоr – o‘z mаblаg‘lаrining, qаrzgа оlingаn va jаlb etilgаn
mаblаg‘lаrining, shuningdеk, intеllеktuаl mulkkа dоir huquqlаrining
invеstitsiya fаоliyati subyеkti hisоblаnаdi.
Invеstitsiya fаоliyati ishtirоkchisi invеstоrning buyurtmаlаrini
bаjаruvchi sifаtidа invеstitsiya fаоliyatini tа’minlоvchi invеstitsiya
fаоliyati subyеktidir.
Rеinvеstitsiyalаr invеstоr tоmоnidаn kiritilgаn invеstitsiyalаrni
bоshqа dаvlаtgа yoki hududgа bеrib yubоrishdir.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan kapital qo‘yilmalari
manbalari va usullari ham o‘zgarаdi. Hozirgi zаmоn bosqichida
investitsiyalar quyidagichа moliyalаshtirilаdi:
247
• хususiy moliyaviy resurslar va invеstоrlarning xo‘jalik ichidagi
rezervlari (daromad va аmortizаtsiya аjrаtmаlari; fuqаrоlar va yuridik
shахslarning jаmg‘аrmаlari va оmоnаtlari, sug‘urtа idоrаlari tomonidan
tаbiiy оfаtlar, аvariyalar va boshqalardagi yo‘qоtishlarni qоplаsh
ko‘rinishidagi to‘lоv mаblаg‘lari va boshqa);
• invеstоrlarning qаrz ko‘rinishidagi moliyaviy mаblаg‘lari (bаnk
va budjet kreditlari, оbligatsiya zаyomlari);
• jаlb qilingan moliyaviy mаblаg‘lar (mehnat jаmоаlari а`zоlari
fuqаrоlar, yuridik shахslarning аksiya sotishdan оlgan mаblаg‘lari, pаy
va boshqa to‘lоvlari;
• davlat, mаhalliy budjetlari va budjetdan tashqari fondlardan
tashkil tоpishi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jaligiga kapital qo‘yish-
ning asosiy manbasi – xususiy mablag‘: daromad va amortizatsiya
ajratmalari hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra, amortizatsiya ajratmalari asosiy
vositalarning takror ishlab chiqarishini, sodda daromad esa
kengaytirilgan holda ta’minlaydi.
11.2.1-rasm. O‘zbekistonda fermer xo‘jaligi faoliyatini moliyalashtirish
manbalari tasnifi
248
So‘nggi yillarda investitsiyalar tarkibi, xususan, budjetdan ajratila-
digan investitsiyalar va bank kreditlarining salmog‘i keskin o‘zgardi
(11.2.1-jadval).
11.2.1-jadval
Investitsiyalarni qishloq xo‘jaligining asosiy kapitaliga moliyalashtirish
manbalari bo‘yicha taqsimlash %
№
Investitsiya manbalari
2008
2009 2010 2011 2012
2013
1 Xususiy
mablag‘lar
77,8 74,2 74,9 68,2 69,2 70,1
2 Qarz va jalb qilingan
mablag‘lar
22,2 25,8 25,1 31,8 30,8 31,0
3 Shu jumladan budjetdan
16,8 19,1 13,9 11,8 4,1 4,9
Shundan:
4 Davlat budjetidan
10,0 8,5 6,5 5,8 1,7 1,8
5 Mahalliy budjetdan
6,5 9,5 6,8 5,7 2,3 3,1
Manba: O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, investitsiyalarning moliyaviy
manbalari tarkibida davlat budjetining ulushi 2008-yildagi 10,0 foizdan
2013-yilda 1,8 foizgacha pasaygan. Jalb qilingan mablag‘lar ulushi esa,
aksincha, 22,2 foizdan 31,0 foizga, ya’ni 8,8 foizga ko‘payganligini
ko‘rish mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari muhim investitsiya
instituti hisoblanadi. Chunki iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish va
modernizatsiya qilish, korxonalarda ishlab chiqarishni texnologiyalar
bilan qayta jihozlash maqsadida qo‘yiladigan investitsiyalarni
mablag‘lar bilan ta’minlashni banklar ishtirokisiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Shunday ekan, 2013-yilgi Investitsiya dasturida 3236108
million so‘m mablag‘ aynan tijorat banklari tomonidan kredit
mablag‘lari sifatida yo‘naltirilishi muhim ahamiyatga egadir.
11.3. Dehqоn va fermer хo‘jaliklarini kreditlashtirish. Fermer
хo‘jaliklarida investitsiyalarni sarflash yo‘nalishlari
Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligiga va shu jumladan, suv xo‘jaligi
tizimiga kiritilayotgan investitsiyalarning aksariyat qismi davlat
budjeti hisobidan amalga oshirilmoqda.
249
Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni kiritishda xususiy kapital
uchun jozibadorligi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlardan biri bu qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, sotish sohalari
subyektlarini rivojlantirish hisoblanadi. Ma’lumki, iqtisodiyotning
real sektoriga investitsiyalar kiritish – bank orqali kreditlash tizimi,
jamg‘armalar o‘sishi sur’atlari, moliyaviy vositachilik rivojlanganlik
darajasi, valyuta, kapital bozori holati, iqtisodiy subyektlar moliyaviy
barqarorligi bilan belgilanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyot sohalariga kiritilgan investitsiyalar
mulkchilik sohalari bo‘yicha taqsimlanganda davlat sektoriga 16 %i,
nodavlat sektoriga esa 84 % to‘g‘ri keladi. Shu jumladan, qishloq
xo‘jaligi tarmog‘iga kiritilgan investitsiyalar hajmining ulushi 1–2 % ni
tashkil etmoqda (11.3.1-jadval).
11.3.1-jadval
Turli hududlar, mulkchilik shakllari va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha
investitsiyalarning taqsimlanishi
№
Ko‘rsatkichlar
2001-yil
2013-yil
1.
Jami investitsiyalar
100
100
A
Davlat mulkchiligi
73,9
16,0
B
Nodavlat mulkchiligi
26,1
84,0
2.
Jami investitsiyalar
100
100
Shundan:
Moddiy ishlab chiqarish sohasi
81,7
80,4
Sanoat
60,9
59,6
Qishloq
xo‘jaligi
2,0
0,9
Qurilish
0
0,1
Transport va aloqa
1,3
12,1
Boshqalar
3,3
6,7
Noishlab chiqarish sohasi
18,3
19,6
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi ma’lumotlari
asosida tuzilgan.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, jami investitsiyalar
hajmida davlat mulkchiligidagi investitsiyalar ulushi 2013-yilda 16,0
foizni va nodavlat mulkchiligidagi investitsiyalar esa 84,0 foizni tashkil
etgan. Nodavlat mulkchiligidagi investitsiyalarning 80,4 foizi moddiy
ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirilgan. Qishloq xo‘jaligi sohasiga esa
atigi 0,9 foizi yo‘naltirilgan xolos.
250
Amaliyotga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, hozirda suv xo‘jaligi va
uning quyi tizimiga jalb etilayotgan investitsiyalarni shakllanish
manbalari bo‘yicha shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish
mumkin:
• bevosita davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ajratilayotgan
mablag‘lar hisobiga;
• xorijiy moliyaviy tashkilotlardan davlat vositachiligida va
kafolati asosida olinayotgan kredit mablag‘lari hisobiga;
• bevosita xorijiy mamlakatlar tomonidan o‘zaro iqtisodiy yordam
tarzida berilayotgan mablag‘lar va texnika vositalari hisobiga;
• xorijiy kompaniyalar va tashkilotlarning shartnoma asosida
yo‘naltirayotgan mablag‘lari hisobiga;
• fermer xo‘jaligining o‘z hududida joylashgan irrigatsiya
tarmoqlarini rekonstruksiya qilish uchun ajratayotgan mablag‘lari
hisobiga amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar.
312,8
831,8
1212,6
1598,8
1630,7
1670,6
0
200
400
600
800
1000
1200
1400
1600
1800
2005
2007
2009
2011
2012
2014
11.3.1-rasm. O‘zbekistonda 2005–2014-yillarda davlat ehtiyojlari uchun paxta
va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga ajratilgan imtiyozli
kreditlar(million so‘mda)
Keyingi yillarda fermer xo‘jaliklarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga e’tibor berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari
uchun yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob
qilish jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2005–2014-yillarda
respublikamizda davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi va g‘alla
yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalariga ajratilayotgan imtiyozli
kreditlar qiymati 2005-yildagi 312,8 mlrd so‘mdan 2014-yilda 1 670,6
251
mlrd so‘mgacha oshgani diqqatga sazovor.
Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga ajratilayotgan
imtiyozli kreditlarning yillik foiz stavkasi tijorat kreditlari foiz
stavkasidan 2–3 barobar past bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, fermer
xo‘jaliklari faoliyatini davlat tomonidan iqtisodiy rag‘batlantirish va
qo‘llab-quvvatlash siyosatining natijasi bo‘lib, fermerlarning moliyaviy
imkoniyatlarini kengaytiradi.
Tijorat banklari tomonidan 2014-yil davomida berilgan kreditlar
iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlarini rivojlantirishga yo‘naltirildi.
11.3.2-jadval
Qashqadaryo viloyatining iqtisodiyot sohalariga ajratilgan kreditlar tahlili
mlrd so‘mda
Farqi
T/r Tarmoqlar 2013-yil
2014-yil
(+;-)
%
1
Sanoat
355 634
467 616
111 982
131,5
2
Qishloq xo‘jaligi
283 794
315 816
32 022
111,3
3
Savdo va umumiy
ovqatlanish
82 365
131 624
49 259
159,8
4
Qurilish, transport va aloqa
xizmatiga
65 258
74 038
8 780
113,5
5
Moddiy texnika va
ta’minot
23 461
19 218
- 4 243
81,9
6
Maishiy xizmat
23 500
16 604
- 6 896
70,7
7
Iste’mol krediti
6 917
17 559
10 642
253,9
Jami
935 472
1 208 631
273 159
129,2
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qashqadaryo viloyati Bosh
boshqarmasi ma’lumotlari asosida tahlil qilingan.
Ushbu jadval ma’lumotlari tahlilidan ko‘rinib turibdiki, Qashqa-
daryo viloyati iqtisodiyot sohalariga kiritilgan investitsiyalar ko‘lami
oshib borgan. Ayniqsa, sanoat sohasiga kiritilgan investitsiyalar 2014-
yilda 2013-yilga nisbatan 131,5 foizga, qishloq xo‘jaligi sohasiga
252
kiritilgan investitsiyalar 111,3 foizga va savdo va umumiy ovqatlanish
sohalariga kiritilgan investitsiyalar esa 159,8 foizga oshganligini ko‘rish
mumkin. Biroq viloyatning moddiy texnika va ta’minot sohasiga
yo‘naltirilgan mablag‘lar 18,1 foizga, maishiy xizmat ko‘rsatish
sohasiga berilgan kreditlar esa 29,3 foizga kamayganligini ko‘rish
mumkin. Demak, viloyatning moddiy texnika va maishiy xizmat
ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish borasida ancha ishlar qilinishi
kerakligini ma’lumotlar tahlili orqali bilish qiyin emas. Binobarin, bu
masala bo‘yicha viloyat va tuman hokimlari jonbozlik ko‘rsatishlari
hamda zamonaviy maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar
ishlab chiqilishi kerakligini va moliyalashtirishda mahalliy budjet
mablag‘larini yo‘naltirish ishlarini amalga oshirishlari lozim bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda respublika qishloq xo‘jaligida
resurslardan samarali foydalanishning iqtisodiy va huquqiy
mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan qator tadbirlar ishlab
chiqilmoqda. Xususan, «Qishloq taraqqiyoti va faravonligi yili Davlat
dasturi» doirasida «Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida»gi, «Dehqon xo‘jaligi
to‘g‘risida»gi, «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi amaldagi
qonunlarga fermer xo‘jaliklariga berilgan yer maydonlari hajmini
muqobillashtirishni, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yer-suv
resurslaridan foydalanish bo‘yicha javobgarlikni oshirishni ko‘zda
tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilgan va tasdiqlangan.
Mazkur dasturda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha ishlar
uchun mablag‘lar va ularning moliyaviy manbalari aniq ko‘rsatilgan.
Davlat vazifalari doirasida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash bo‘yicha 2008–2012-yillarda kompleks chora-tadbirlari
amalga oshirilmoqda. Jumladan, fermer xo‘jaliklariga ularning
uyushmasi orqali 130 ta ekskavatorlar, 30 ta buldozerlar va melioratsiya
mashinalari yetkazib berish; 12234 km magistral, tumanlararo va
xo‘jaliklararo kollektorlarni va 2828 km yopiq, gorizontal va vertikal
drenajlarni qurish, qayta tiklash va ta’mirlash; 3006 ta tik drenaj va
sug‘orish quduqlarini tiklash, ta’mirlash va qayta qurish; irrigatsiya
inshootlarini (kanallar, suv omborlari, gidrotexnik inshootlar)ni
ta’mirlash; 68 ta meliorativ nasos stansiyalarini, 458 ta kuzatish
tarmoqlarini, 4472 ta gidrotexnik qurilmalarni, 5250 ta gidropostlarni,
2710 ta nasos agregatlarini ta’mirlash va qayta tiklash; 4639 km
kanallarni, 305 mln kub metr suv omborlarini qurish va qayta ta’mirlash;
2009–2020-yillarga mo‘ljallangan tomchilab sug‘orish dasturini ishlab
253
chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun jami 213,4 mlrd so‘m (142,5
mln dollar) mablag‘lar ajratilgan. Shu asosda 2009-yildan respublika
bo‘yicha jami 3710 ga maydonga tomchilatib sug‘orish texnologiyasini
joriy qilish ishlari boshlangan.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Mаjlisining 1998-yil 24-dеkаbrdа
qаbul qilingаn «Invеstitsiya fаоliyati to‘g‘risidа»gi qоnunidа Fermer
xo‘jаligigа xоrijiy invеstitsiyalаrni jаlb qilish yo‘llаri ko‘rsаtilgаn.
Kichik vа o‘rtа biznеs mеzоnlаrigа muvоfiq kеlаdigаn xususiy,
kichik, qo‘shmа, dеhqоn, fermer xo‘jаliklаri vа аksiyadоrlik jаmiyatlаri
Yevrоpа tiklаnish vа tаrаqqiyot bаnki hаmdа Оsiyo tаrаqqiyot bаnki
krеditlаrining оluvchilаrigа аylаndilаr.
Qashqadaryo viloyatiga Xorijiy investitsiya dasturi bo‘yicha 2014-
yilda jami 4 ta obyektda 9737,46 mln so‘mlik rekonstruksiya ishlari
amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 1-chorak rejasi bo‘yicha 1979,22 mln
so‘mni tashkil etib, amalda 1293,61 mln so‘mlik yoki rejaga nisbatan 65
foiz ishlar amalga oshirildi (11.3.1-jadval). Shundan:
Dostları ilə paylaş: |