Ozbekiston respublikasi oliy va orta mahsus talim vazirligi termiz davlat universiteti


bob Tafakkurning rivojlanish bosqichlarining vujidga kelishi



Yüklə 148,56 Kb.
səhifə3/8
tarix07.01.2024
ölçüsü148,56 Kb.
#202201
1   2   3   4   5   6   7   8
Eshmurodov Samandar

bob Tafakkurning rivojlanish bosqichlarining vujidga kelishi.

1.1 Tafakkurning yosh davirlari bosqichida rivojlanishi


Bola tafakkuri rivojlanishining keyingi bosqichi nutqni egallab borishi bilan bog‘liq. bola bilib olgan so‘zlar unga umumlashtirishni amalga oshirishda tayanch bo‘ladi. ular tez orada bola uchun umumiy ma’noga ega bo‘lib, bir jismdan ikkinchisiga oson ko‘chiriladi. lekin ko‘p hollarda jism va hodisalarning qandaydir alohida belgilari bola o‘sha jismlarga nisbatan qo‘laydigan birinchi so‘zlar ma’nosini bildiradi. xuddi shunday, ko‘pincha «olma» so‘zi bolalar tomonidan barcha dumaloq shakldagi yoki qizil rangdagi jismlar bilan solishtiriladi.Bola tafakkurining navbatdagi bosqichida bola bir xildagi jismni bir necha so‘zlar bilan atashi mumkin. bu hodisa bolada ikki yosh atrofida kuzatiladi va solishtirish tafakkur operatsiyasining shakllanishidan dalolat beradi. Bayon etilgan ma’lumotlar asosida maktabgacha yoshdagi bola tafakkurining bir nechta ahamiyatli bo‘lgan xususiyatlarini aniqlashimiz mumkin. Xuddi shunday, bola tafakkurining ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyati bolaning birinchi umumlashtirishi harakat bilan bog‘liqligidan iborat. bola harakatlanib, fikr yuritadi. Bola tafakkuriga xos bo‘lgan xususiyat – tafakkur aniqligida namoyon bo‘ladigan ko‘rgazmaliligidir. Bola maktab yoshiga etganida unda fikrlash imkoniyatlarining taraqqiyoti kuzatiladi. bu hodisa yosh o‘zgarishlari bilan birga, birinchi navbatda, maktabda ta’lim olishda bola echishi zarur bo‘lgan intellektual masalalar bilan ham bog‘liqdir. tushunchalar hosil bo‘lish jarayonida fikrlash operatsiyalarining taraqqiyoti sodir bo‘ladi. maktab bolani tahlil qilishga, sintezlashga, umumlashtirishga o‘rgatadi, induksiya va deduksiyani rivojlantiradi. maktabni tugatganida odamda tafakkurni rivojlantirish imkoniyati saqlanib qoladi. lekin bunday rivojlanish dinamikasi, yo‘nalganligi uning faqat o‘zigagina bog‘liq bo‘ladi. Tafakkur - narsa va hodisalar o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishi.

Yüklə 148,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin