Ozbekiston respublikasi oliy va orta mahsus talim vazirligi termiz davlat universiteti


Analiz – narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilish. Sintez



Yüklə 148,56 Kb.
səhifə4/8
tarix07.01.2024
ölçüsü148,56 Kb.
#202201
1   2   3   4   5   6   7   8
Eshmurodov Samandar

Analiz – narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilish. Sintez –narsa va hodisalarning analizda bo‘lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo‘laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltirish. Abstraksiya –moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo‘lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratish.
Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o‘zini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ma’lum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o‘rganadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko‘rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir ob’ektlar va ularning bevosita o‘rganiladigan xossalari haqida ma’lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan ob’ektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir. Lekin alohida jismlar va real olam hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bo‘lgan savolga javob topish uchun etarli emas. Bu savollar: «yuzaga kelgan vaziyatda nimani, qay tarzda bajarish mumkin, va bu harakat natijasida nima hosil bo‘ladi?»dan iborat.
Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor, tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o‘zgartirishdan iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi. Tafakkurning asosiy vazifasi real bog‘liqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o‘tish sodir bo‘ladi.
Shunday qilib, tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish sifatida ta’riflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri umumlashtirishdan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o‘tmish avlodlarining ham tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida og‘zaki va yozma nutqda (o‘qituvchilar ma’ruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.) Ifodalangan. Shuning uchun tafakkur ko‘plab odamlar bilimlarini umumlashtiradi. Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi. Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta’sir ko‘rsatmay, ko‘pchilik hollarda asboblar ko‘magida olingan qo‘shimcha belgilar yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi vositali tarzda aks ettirishdir. Hodisalarning qonuniyatlari, ichki aloqalari bizning ongimizda hodisalarning tashqi belgilarida vositali tarzda namoyon bo‘lishi bilan inson ichki, barqaror o‘zaro aloqalarning belgilarini aniqlab oladi. Tafakkurning o‘ziga xos xususiyati bilish yoki amaliy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan u yoki bu vazifani bajarish bilan bog‘liqligidan iborat. Tafakkur muammoli vaziyatdan, tafakkurning maqsadi bo‘lgan savolga javobdan boshlanadi. Tafakkur, odatda, nazariy va amaliy tafakkurlarga bo‘linadi. Nazariy tafakkurda tushunchali va obrazli tafakkur, amaliy tafakkurda esa –ko‘rgazmali-obrazli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ajratiladi.Tushunchali tafakkur – bu ma’lum tushunchalar qo‘llaniladigan tafakkur. U yoki bu aqliy masalalarni echishda boshqa odamlar tomonidan aniqlangan va tushunchalar, mulohazalar, xulosalar shaklida ifodalangan tayyor bilimlardan foydalanamiz.Obrazli tafakkur – bu obrazlar yordamida mulohaza yuritish jarayonining bir turi. Ular xotiradan olinadi yoki tasavvurda hosil qilinadi. Ko‘pincha tafakkurning bu turi badiiy ijodkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi odamlarda ustun bo‘ladi.Tushunchali tafakkur voqelikni aniq va umumlashtirgan holda aks ettiradi, lekin bunday aks ettirish mavhumdir. O‘z navbatida, obrazli tafakkur atrofimizdagi olamni aniq va sub’ektiv aks ettirish imkonini beradi. Shunday qilib, tushunchali va obrazli tafakkurlar bir-birini to‘ldiradi.Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur obrazlarni qo‘llash bilan bog‘liq. Bu tafakkur odam biror masalani echishda turli obrazlarni, hodisalar va jismlar haqidagi tasavvurlarni tahlil qilishida, qiyoslashtirishida, umumlashtirishida namoyon bo‘ladi. Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur – mohiyati real jismlar bilan amalga oshiriladigan amaliy o‘zgartiruvchi faoliyatdan iborat bo‘lgan tafakkurning alohida turi. Tafakkurning bu turi biror-bir moddiy mahsulot ishlab chiqarish maqsadidagi mehnat bilan mashg‘ul bo‘lgan odamlarda kengroq ifodalanadi. Yana til vositalari asosida vazifa bajaruvchi –
so‘z-mantiqiy tafakkur mavjud bo‘lib, u tafakkur tarixiy rivojlanishining so‘nggi bosqichidir. Unga tushunchalar va mantiqiy hosilalarni qo‘llash xosdir.
Amaliy tafakkur tajriba, amaliy harakatlar asosida amalga oshiriladi va aniq vazifalarni bajarishga qaratilgan, nazariy – tajriba bilan ish ko‘rmasdan tushunchalardan foydalanadi.
Diskursiv tafakkur – kengaytirilgan tafakkur, ichki sezgi kechishining tezligi, aniq ifodalangan bosqichlarning mavjud emasligi, oz darajada anglanganligi bilan xaraterlanadi. Reproduktiv, ishlab chiqaruvchi tafakkur – bu namuna bo‘yicha tafakkur, ijodkorlik esa – yangi kashfiyotlar, yangi natijalarga olib boruvchi tafakkur. Realistik tafakkur voqelikni to‘g‘ri aks ettiradi, odam o‘z hulq-atvorini anglaydi, autistik tafakkur esa, asosan, ob’ektga emas, affektga mos bo‘lganlarni ifodalaydi, ehtiyojni qondirishga, kelib chiqqan hissiy zo‘riqishni kamaytirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Tafakkurning aqliy jarayonning natijasi hisoblangan uch xil shakli:TushunchaMulohaza
Xulosa
Tushuncha – bu jism va hodisalarning umumiy, ahamiyatga ega bo‘lgan va farqlanuvchi belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. Tushunchalar asosida hodisalar va jismlar haqidagi mavjud bilimlarimiz yotadi. U aniq va mavhum bo‘lishi mumkin. Jismning barcha belgilaridan aynan ushbu jism yoki o‘xshash jismlar guruhini xarakterlab beruvchi ma’lum belgilar yig‘indisi ajratilgan bo‘lsa, u holda aniq bir tushuncha haqida gap ketadi. Bunday tushunchalarga shahar, g‘oya, jamiyat va boshqalar kiradi. Agar jismdagi biror-bir alohida belgi ajratilib, va bu belgi o‘rganish predmeti bo‘lib xizmat qilsa, alohida jism sifatida o‘rganilsa, mavhum tushuncha hosil bo‘ladi. Bunday tushunchalarga fidokorlik, tenglik, vijdoniylik va boshqalar kiradi. Insonlar fikrlash faoliyatidagi individual tafovutlar tafakkurning sinchkovlik, tafakkur kengligi, chuqurligi va mustaqilligi, fikrning eguluvchanligi, aqlning sertashabbusligi va tanqidiyligi, mantiqiylik, isbotlanganlik va ijodkorlik kabi sifatlarida ifodalanishi mumkin. Aqlning pishiqligi – u yoki bu hodisani ahamiyatga molik munosabatlarda har tomonlama bilishga intilish; tafakkur kengligi – bu savolni yaxlitligicha, shu bilan birga zarur bo‘lgan xususiyatlarni chetda qoldirmay qamrab olish qobiliyati. tafakkur kengligi inson dunyoqarashi va har bir hodisani boshqa hodisalar bilan turli aloqalarda ko‘rib chiqish qobiliyatida ifodalanadi. tafakkurning chuqurligi murakkab savollar mohiyatiga kirib borish, asosiy holatni ikkinchi darajalilardan, zaruriyatni tasodifiydan ajratish malakasida ifodalanadi. tafakkur chuqurligigiga qarama-qarshi sifat bo‘lib hukm va xulosalarning yuzasi hisoblanadi, bunda odam mayda-chuydalarga e’tibor qaratib, asosiysini ko‘rmaydi. tafakkurning mustaqilligi insonning yangi vazifalarni ilgari surishi va boshqalarning yordamidan foydalanmasdan ularning echimini topish malakasi bilan xarakterlanadi.
Fikrning egiluvchanligi masalalarni echishda avvaldan qo‘llanilib kelayotgan usullarning ta’siridan holi bo‘lishda, sharoit o‘zgarganda harakatlarni tezda o‘zgartirish malakasida ifodalanadi. Tafakkurning tezligi – insonning yangi vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik, o‘ylab olgan holda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati. aqlning sertashabbusligini insonning o‘ylamasdan masalaning bir tomonini ushlab olib, qaror qilishga shoshishi, etarlicha o‘ylanmagan javoblar bildirishida ifodalanadigan shoshqaloqlikdan farqlash lozim.
Aqlning tanqidiyligi – bu inson o‘zining va boshqalarning fikrlarini ob’ektiv baholashi,ilgari surilayotgan nizomlar va xulosalarni izchillik bilan har tomonlama tekshirib chiqish malakasi. Tafakkurning mantiqiyligi – tadqiq etilayotgan ob’ektning barcha ahamiyatli tomonlarini hisobga olgan holda mulohazalarning qat’iy izchilligiga rioya qilish qobiliyati. Tafakkurning isbotlanganligi – zarur vaqtda hukm va xulosalarning to‘g‘riligini tasdiqlovchi dalillar, qonuniyatlardan foydalanish qobiliyati. Aql ijodkorligi – ijodkorlik tafakkuriga bo‘lgan qobiliyat.
Tafakkurning salbiy sifati uning rigidligi – hodisa mohiyatiga nisbatan xolis bo‘lmagan munosabat, hissiy taassurotning oshirib yuborilishi, bir xil qolipdagi baholarga berilganlik hisoblanadi. Inson aqliy rivojlanganligining ko‘rsatkichi sub’ektning tashqi cheklovlar bilan bog‘lanmaganligidir.

Yüklə 148,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin