Ozbekiston respublikasi oliy va orta mahsus talim vazirligi termiz davlat universiteti


Tafakkur jarayoning rivojlanish bosqichlariga ta’sir qiluvchi omillari



Yüklə 148,56 Kb.
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü148,56 Kb.
#202201
1   2   3   4   5   6   7   8
Eshmurodov Samandar

1.2 Tafakkur jarayoning rivojlanish bosqichlariga ta’sir qiluvchi omillari
Ma’lumki, murakkab muammolarni yechishda, odatda, faraz sifatida anglanadigan yechish yo‘li belgilab olinadi. Farazni anglanishi tekshirib ko‘rishni keltirib chiqaradi. Tanqidiy yondashuv – yetuk aql alomatidir. Notanqidiy yondashuv – har qanday mos tushishni tushuntirish sifatida va birinchi to‘g‘ri kelgan yechimni uzil-kesil deb qabul qiladi.Teshirish yakunlangandan so‘ng, tafakkur jarayoni keyingi bosqichga – mazkur savol yuzasidan mulohoza qilishga o‘tiladi.Shunday qilib, tafakkur jarayoni – shunday jarayonki, u holatni anglashdan boshlanib, u anglangan va maqsadli bo‘lib, tushunchalar va obrazlar orqali harakatlanadi hamda qandaydir natija bilan yakunlanadi (holat haqida fikr yuritish, yechimni topish, mulohozani shakllanishi va boshqa boshqalar) [10].
Tafakkur jarayonining tarkibiy tuzilmasi va muammoning yechimi:
1. Motiv (muammoni yechishga bo‘lgan hohish).
2. Muammoning tahlili (“nima kerak”, “nimani topish talab etiladi” kabilarni ajrata olish, qanday ma’lumotlar yetishmaydi yoki ortiqcha va boshqalar).
3. Yechimni izlash:
3.1. Birgina ma’lum algoritm asosida yechimni izlash (reproduktiv tafakkur).
3.2. Ko‘pchilik ma’lum algoritmlardan optimal variantni tanlash asosida yechimni izlash.
3.3. Turli algoritmlar alohida qismlarining kombinatsiyalari asosida yechish.
3.4. Prinsipial jihatdan yangi yechimni izlash (ijodiy tafakkur).
3.4.1. Teran mantiqiy mulohozalar asosida (analiz, taqqoslash, sintez, tasniflash, umumlashtirishlar va boshqalar).
3.4.2. Analogiyalardan foydalanish asosida.
3.4.3. Evristik usullardan foydalanish asosida.
3.4.4. Xato va tekshirib ko‘rish kabi empirik metodlardan foydalanish asosida.
Muvaffaqiyatsizlikka uchragan holatda:
3.5. Boshqa faoliyatga diqqatni qaratish: “inkubatsion dam olish davri” – “g‘oyani pishib yetilishi”, fikrni tug‘ilishi, ijod, insayt, qandaydir muammoni yechimini birdaniga anglanishi (intuitiv tafakkur). Fikrni tug‘ilishiga turtki beruvchi faktorlar:
• muammo bilan yuqori darajada qiziqish;
• muammoni yecha olish imkoniyati va muvaffaqiyatga erishishga bo‘lgan ishonch;
• ongning yuqori assotsiativlik faoliyati (uyquda, temperatura yuqori bo‘lganda, emotsional ijobiy stimulda).
4. Yechim topilish g‘oyasini mantiqiy asoslash, yechimni to‘g‘riligini mantiqiy isbotlash.
5. Yechimni amalga oshirish.
6. Topilgan yechimni tekshirib ko‘rish.
7. Korreksiyalash (zarurat bo‘lganda 2-bosqichga qaytish).
Ma’lumki, tafakkur faoliyati ong darajasida amalga oshiriladi va muvaffaqiyatli harakatlar natijasida maqsadga erishiladi. Anglanganlik va anglanmaganlik muammosi to‘g‘ridan-to‘g‘ri (anglanganlik) va yordamchi (anglanmaganlik) mahsuldor harakatlarning munosobatlari muammosida aniqlashtiriladi. Yordamchi mahsuldor harakatlar ham subyekt tomonidan aks ettiriladi. Bu aks ettirish keyingi rostlash va moslash harakatlarida ishtirok etishi mumkin, lekin u verbal shaklda ishtirok etmasdan faqat ong faoliyatida nomoyon bo‘ladi. Yordamchi mahsuldorlik aniq buyumlar va hodisalar xossalari ta’sirida to‘planadi, lekin u maqsad nuqtai nazaridan unchalik muhim bo‘lmaydi.
Tafakkur qo‘yilgan masala yechimiga taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiya va umumlashtirish kabi turli amallar yordamida keladi:Taqqoslash – predmet va hodisalar yoki alohida belgilar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashdir. Taqqoslash bir tomonlama (to‘liq bo‘lmagan, bitta belgiga ko‘ra) va ko‘ptomonlama (to‘liq, barcha belgilariga ko‘ra), sirtqi va chuqur, bevosita va bilvosita bo‘ladi.
- Analiz – yaxlitni fikran qismlarga yoyish yoki bir butunni fikran tomonlarga, harakatlarga, munosobatlarga ajratishdir. Elementar shaklda analiz predmetni tashkil qiluvchi qismlarga amaliy jihatdan yoyishda ifodalanadi. Analiz amaliy (fiklash jarayoni bevosita gapirish jarayoniga qo‘shilgan paytda) va aqliy (nazariy) bo‘ladi.
-Sintez – fikran qismlar, xossalar, harakatlarni birlashtirib, bir butun yaxlitlikka keltirish. Sintez amali analizga qarama-qarshidir. Sintez jarayonida alohida predmetlar o‘rtasidagi munosobatlar yoki hodisalar murakkab yaxlit predmet yoki hodisaning elementi sifatida aniqlanadi . analiz va sintez har doim birgalikda boradi.
Analiz va sintez tafakkurda o‘zaro bir-biri bilan bog‘lanadi. Sitezsiz analiz butunni qismlar yig‘indisi haqidagi mexanik ma’lumotgagina olib keladi, xuddi shuningdek analiz ham sintezsiz mavjud emas, chunki u analiz tomonidan qismlarga ajratilganni yaxlitligini tiklashi lozim. Ba’zi-bir insonlar tafakkurida og‘ma rivojlanish kuzatiladi – ba’zilarda analizga, boshqalarda esa sintezga nisbatan. Analitik tafakkuri rivojlangan insonlarni ham hayotda uchratish mumkin, ularning asosiy kuchi – sintezning kengligi va rivolanganligidadir.
-Abstraksiya – o‘rganilayotgan obyektdan subyekt qandaydir xossa yoki belgiga ko‘ra boshqalardan chetga chiqarilgan, ajratilganligidan iborat. Bu jarayonda obyektdan ajratilgan belgi ustida, predmetning boshqa belgilariga bog‘lanmagan holda fikr yuritiladi ya’ni tafakkurning mustaqil o‘rganiladigan predmeti bo‘lib qoladi.
-Umumlashtirish yoki generalizatsiya – hodisa va predmetlarni ularning muhim belgilariga qarab fikran birlashtirish ya’ni umumiy belgilarini saqlagan holda alohida belgilarni tashlab yuborish. Oddiy umumlashtirishlar – tasodifiy va alohida belgilari asosida obyektlarni birlashtirish. Murakkab majmuaviy umumlashtirishlar – obyektlarning turli asoslarga ko‘ra birlashtirishdir. O‘ta murakkab umumlashtirishlar – tur va sinf belgilariga qarab ajratiladi va obyekt tushunchalar tizimiga kiritiladi
Abstraksiya va umumlashtirish – yagona tafakkur jarayonining ikkita o‘zaro bog‘langan tomonlaridir, ular yordamida fikr bilimga qarab boradi. Bilim esa tushunchalar, mulohozalar va xulosalar natijasida amalga oshadi.
Mulohoza tafakkur jarayoni natijasining asosiy shaklidir. Mulohoza irodadan ham darak beradi chunki unda obyekt o‘z tasdig‘ini topadi yoki rad etiladi. Fikr – tafakkurning mulohoza ustida ish yuritishidir.
Agar dalillardan kelib chiqib, mulohozalar tizimi ochib berilsa u holda fikr xulosa bo‘lib hisoblanadi.
Shunday qilib, taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiya va umumlashtirishlar tafakkur amallariga tegishlidir. Tafakkur tushunchalarda va tasavvurlarda amalga oshiriladi hamda tafakkurning borishini asosiy shakli – fikr bo‘lib, u mulohoza ustida ish olib boradi. Deduktiv fikr yuritish – asoslash deb ataladi, induktiv fikr yuritish esa – yakuniy xulosadir.
Tafakkur turli darajalarda borishi mumkin: ko‘rgazmali tafakkur, abstrakt tafakkur va nazariy. Qayd etib o‘tganimizdek, inson tasaavvur qilmasdan faqat tushunchalar orqali ko‘rgazmalilikdan ajralgan holda tafakkur qila olmaydi, lekin shu bilan birga tushunchalarsiz faqat sezgi obrazlari orqali ham tafakkur qila olmaydi. Shu sababdan tafakkurning bu ikki darajasi o‘zaro bog‘liqdir.
Lekin shunday holatlar ham borki unda abstrakt tasavvur talab qilinmaydi. Xususan, elementar amaliy masalalar. Ba’zi-bir insonlar yuqori darajadagi tafakkurga ega bo‘lgan holda, murakkab nazariy masalalarni juda oson yecha oladilar, lekin amliy murakkab holatlardan chiqish lozim bo‘lganida ular hech narsa qila olmaydilar. Yoki teskarisi: amaliy jihatdan juda murakkab vaziyatlarda yo‘l topa oladigan insonlar elementar nazariy muammoni yecha olmasliklari mumkin. buni tushuntirish uchun u holda bu holda ham tafakkur amallarining bajarilish ketma-ketligi o‘rtasida farq mavjudligini qayd etish lozim. Bevosita harakat qilish holatida, dastlab yechimning boshlang‘ich bosqichini aniqlashtirish hamda birinchi navbatda qilinadigan harakatlarni belgilash va ularni amalga oshirish lozim. Shu bilan birga harakatlar boshlanishidan oldin nazarda tutilmagan holatlar ham mavjud bo‘lishi, ya’ni holatda birdaniga o‘zgarish ro‘y berishi mumkin va jarayon davomida ham o‘zgarishlar paydo bo‘lishi mumkin. Shunday sababli, tafakkur jarayonining dastlabki bosqichlari harakatlarida holatning barcha o‘zgarishlarini e’tiborga olish mumkin emas.
Tafakkur bilish jarayoni sifatida –analiz, sintez va umumlashtirish bo‘lib, ularning yordamida inson masalani qo‘yadi va yechadi (shartlarini va talablarini qismlarga ajratadi, bir-biriga mos qo‘yadi, izlanadigan obyektni aniqlaydi).Tafakkurning shaxs aspekti eng avvalo motivni va inson qobiliyatini tashkil qiladi (ya’ni yechiladigan masalaga nisbatan munosobatini, boshqa insonlarga nisbatan bo‘lgan munosobatini va boshqalar; tafakkur faoliyati va uning aqliy qobiliyatlari nimalarda nomoyon bo‘lishi va shakllanishi) [1, B.47].
Tafakkurning protsessual va dinamik aspektlari operatsional aspektiga aynan mos emas. Birinchisi ikkinchisiga nisbatan kengroq bo‘lib, uni o‘z tarkibiga zaruriy komponent sifatida qo‘shadi. Har qanday intellektual amallar, aqliy harakatlar yoki shunday amallar tizimi o‘zining shakllanishini va tadbiqini o‘z tarkibida saqlamaydi. Faqatgina faol tafakkur jarayonidagina, qaralayotgan aniq muammoda inson ta’limning zaruriy shartlarini va mos aqliy harakatlar funksiyalarini va amallarni ochadi. Tafakkurni amallar tug‘dirmaydi, balki tafakkur jarayoni amallarni hosil qiladi.
Tafakkur jarayon sifatida (izlanish va muhim yangilikni kashf etish) shakllanuvchi hisoblanadi. Bu nafaqat intellektual amallarini tashqaridan tayyor holda kiritilmasligini, balki tafakkur motivi ham shu jarayonda shakllanishini bildiradi.


Yüklə 148,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin