O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi Toshkent kimyo-texnalogiya instituti Shahrisabz filiali msm 2-21 guruh talabasi Raxmatova Shaxzodaning O’lchashlarning ilmiy asoslari fanidan



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə4/6
tarix08.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#86984
1   2   3   4   5   6
Raxmatova Sh 2-21 guruh.

2. Lens qoidasi.   ifodadagi minus ishora 1833 – yilda rus fizigi E. Lens (1804 – 1865) tomonidan yaratilgan induksion tokning yo’nalishini aniqlashga imkon
beruvchi qoidaning matematik ifodasidir.
Lens qoidasi: konturda vujudga keladigan induksion tok shunday yo’nalishga egaki, uning magnit maydoni, shu induksion tokni vujudga keltirgan magnit oqimining o’zgarishiga to’sqinlik qiladi. Lens qoidasidan foydalanib, Faradey qonuni quyidagicha yozish mumkin: konturda vujudga keladigan induksion elektr yurituvchi – kontur o’rab turgan sirt orqali o’tadigan magnit oqimining o’zgarish tezligiga miqdoran teng, ishorasi esa qarama – qarshidir.Induksiya EYK magnit oqimining o’zgarish usuliga bog’liq emas.
Induksiya EYK ning tabiati. Endi EYK ning vujudga kelish tabiati bilan qiziqaylik. Buning uchun tajriba o’tkazamiz. Bir qismi harakatga kelishi mumkin bo’lgan kontur magnit maydonga kiritilgan. Bir jinsli magnit maydon induksiya vektori bizdan rasm tekisligiga qarab perpendikulyar yo’nalgan bo’lsin. Harakatlanuvchi qism ichidagi elektronlarga Lorens kuchi ta’sir etadi. Harakatlanuvchi qismning o’rni 1 dan 2 ga o’zgarganda, kontur o’rab turgan magnit oqimi ham o’zgaradi. Harakatlantiruvchi qism ichidagi elektronlarga ta’sir qilgan Lorens kuchi ularni harakatga keltirib, induksiya EYK ni vujudga keltiradi. Elektromagnit induksiya uchun Faradey qonuniga muvofiq, harakatsiz kontur o’zgaruvchan magnit maydonda turganida ham EYK induksiyalanishi mumkin. Lekin bu holda uni Lorens kuchi vujudga keltirgan deya olmaymiz. Chunki Lorens kuchi harakatsiz elektronlarga ta’sir etmaydi. Bu muammoni hal qilish uchun Maksvell magnit maydonning har qanday o’zgarishi atrofda elektr maydonni va bu elektr maydon esa induksiya elektr yurituvchi kuchini vujudga keltiradi deb tushintirdi. Chunki elektr maydon harakatsiz elektronlarga ham ta’sir qiladi. Induksiya EYK voltlarda ifodalanadi.

  1. O‘zinduksiya hodisasi. Induktivlik - O‘zinduksiya hodisasi elektromagnit induksiyaning xususiy bir holidir. Konturdan oqayotgan tok kuchi o‘zgarsa, bu tok vujudga keltirayotgan magnit oqimi o‘zgaradi. Bu o‘zgaruvchan magnit oqim shu kontur yuziga perpendikulyar holda uni kesib o‘tadi. Elektromagnit induksiya hodisasining asosiy qonuniga asosan, kontur yuzi orqali o‘tayotgan magnit oqim o‘zgargan barcha hollarda induksiya E.Y.K vujudga keladi. Shuning uchun konturdan oqayotgan tok kuchining o‘zgarishi natijasida xuddi shu konturning o‘zida elektromagnit induksiya hodisasi ro‘y beradi (12.3-rasm). Bu hodisa o‘zinduksiya hodisasi deb ataladi. Ya’ni: “Biror konturda o‘tayotgan elektr toki hosil qilgan magnit induksiya oqimining o‘zgarishi sababli paydo bo‘ladigan induk sion elektr yurituvchi kuchga o‘zinduksiya E.Y.K deyiladi”.



O‘zinduksiya E.Y.K (εo‘zind)ni Faradeyning elektro magnit induksiya qonuniga asosan quyidagicha yozish mumkin: , bunda magnit oqimi o‘tkazgichdan oqayotgan I tok kuchiga to‘g‘ri proporsionaldir ; bunda L-proporsionallik koeffisiyenti bo‘lib, unga konturning induktivligi deyiladi, ya’ni: bo‘ladi.Magnit oqimining ifodasi e’tiborga olinsa, o‘zinduk siya E.Y.K quyidaiga teng bo‘ladi: .
Bu formula o‘zinduksiya hodisasining matematik ifodasi bo‘lib, u quyidagicha ta’riflanadi: “Konturda hosil bo‘lgan o‘zinduksiya E.Y.K o‘tkaz gichdan o‘tayotgan tok kuchi o‘zgarishtezliginingteskari ishorali ifodasiga to‘g‘ri proporsionaldir”. Demak, konturdan oqayotgan tok kuchining o‘zgarishi natijasida xuddi shu konturning o‘zida elektromagnit induksiyasi yoki o‘zinduk- siya hodisasi ro‘y beradi. O‘zinduksiya E.Y.K ni ifodalovchi formumuladagi (-) ishorasi o‘zinduksiya E.Y.K (ya’ni, o‘zinduksiya toki) hamma vaqt asosiy (tashqi) tokning o‘zgarishiga to‘sqinlik qilishini ko‘rsatadi. Bunda: 1). agar asosiy tok ortsa (ya’ni,  bo‘lsa), u holda (  bo‘ladi) o‘zinduksiya toki asosiy tokka teskari yo‘nalgan bo‘ladi; 2) agar asosiy tok kamaysa (ya’ni, bo‘lsa), u holda ( bo‘ladi) o‘zinduksiya toki asosiy tok bilan bir xil yo‘nalgan bo‘ladi.
Bundan konturning induktivligi(yoki o‘zinduksiya koeffisiyenti)quyidagiga teng bo‘ladi:  Demak, konturning induktivligi deb, konturdagi tok kuchi vaqt birligi ichida bir birlikka o‘zgarganda hosil bo‘ladigan o‘zinduksiya E.Y.K ga miqdor jihatdan teng bo‘lgan fizik kattalikka aytiladi.




a.


12.4-rasm. G`altakda induksion tokning hosil bo`lishi

(a) - to‘g‘ri va bir xil masofada joylasha di maydon chiziq lari bilan ko‘rsatilgan bo‘lib, uning shakli, uzunligi lsolenoid ichida maydonkuch chiziqlariva yo‘na lishi bo‘yicha yagona. Solenoiddan tashqarida kuch chiziqlarideyarli nol bo‘ladi;
b) Ushbu chizmada magnit kuch chiziqlari va magnit qutblari ko‘rsatilgan1.

Induktivlikning SI dagi birligi – 1 Hn deb, tok kuchi har sekundda 1Aga o‘zgarganda 1V o‘zinduksiya E.Y.K hosil bo‘lgan koturning induktivligiga aytiladi. Konturning induktivligi uning shakli, o‘lchamligi va muhitning magnit singdiruvchanligiga bog‘liqdir.


Agar o‘zgarmas tok zanjirida elektr lampani katta induktivlikli g‘altakka -rasmdagidek parallel ulansa lampa yonib turadi. Kalit uzilgan paytda esa lampa birdaniga yorug‘lashadi. Zanjirda hosil bo‘gan o‘zinduksiya EYK ta’sirida tok paydo bo‘ladi. Bu holatda g‘altakning magnit maydoni elektr zanjirida ajralayotgan energiyaning manbai hisoblanadi.

12.5-rasm. Kalit uzilsa, lampa yorug‘lashadi.



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin