O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt davlat transport universiteti “Transport tizimlari boshqaruvi” fаkultеti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/5
tarix26.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#197552
1   2   3   4   5
Yuk tashish Abdujalilov

Хulоsа.................................................................................................................28


Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro’yхаti……………………………………...30


Kirish
Transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun raqobat muhitini hamda qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, respublikaning transport-tranzit salohiyatini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va “O‘zstandart” agentligining 2019-yil 1-iyuldan boshlab:
a) xalqaro tashishlarda foydalaniladigan tyagach (shatakchi) avtomobillarga litsenziya kartochkalari berilishi uchun davlat boji to‘lash tartibini;
b) transport-ekspeditorlik xizmatlarini majburiy sertifikatlashni;
v) chek berish yoki yo‘lovchining yurganligini elektron qayd etish imkoniyati mavjud bo‘lishi sharti bilan yo‘lovchilar tashishda foydalaniladigan avtotransport vositalarida nazorat-kassa apparati mavjud bo‘lishi haqidagi talablarni;
g) quyidagilarning:
avtomobil transportida yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi yakka tadbirkorlarning;
korxona shtatida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan avtotransport vositalaridan foydalanish va tashish xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassisning alohida birligi mavjud bo‘lishi sharti bilan yuridik shaxs rahbarining malaka talablariga muvofiqlik yuzasidan attestatsiyadan o‘tishi to‘g‘risidagi talablarni;
d) avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishda yuridik shaxslarning balansida transport vositalari mavjud bo‘lishi haqidagi talablarni bekor qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. 2019-yil 1-apreldan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida ijara shartnomalarini tasdiqlash uchun amaldagi davlat boji miqdori ikki marotaba kamaytirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar, shu jumladan, quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) yaratilishini ta’minlasin:
litsenziatlarning shaxsiy kabineti faoliyat yuritishi;
avtomobilda xalqaro tashishga xorijiy va/yoki ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar o‘rtasida avtomatik ravishda choraklar bo‘yicha taqsimlash;
yo‘lovchilar va yuklarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar, avtomobilda xalqaro tashishga xorijiy va/yoki ko‘p tomonlama ruxsatnomalar, shuningdek, YuXYT daftarchasini qo‘llagan holda Yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi konvensiyaga (Jeneva shahri, 1975-yil 14-noyabr) muvofiq YuXYT (CARNET TIR) daftarchasidan foydalanishga ruxsatnomalar olishga talabgorlarning arizalarini qabul qilish va ko‘rib chiqish bosqichini ko‘rsatgan holda qayta ishlash;
litsenziatlar va jismoniy shaxslar o‘rtasida tuziladigan avtotransport vositalarining ijara shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobini yuritish.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi o‘n kun muddatda axborot tizimi joriy etilguniga qadar mamlakatlar bo‘yicha xalqaro avtomobilda tashishga xorijiy va/yoki ko‘p tomonlama ruxsatnomalar mavjudligi to‘g‘risida doimiy yangilanadigan axborotning vazirlik veb-saytida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2019-yil 1-iyuldan boshlab:
yo‘nalishsiz taksi uchun talab etiladigan to‘lov terminallari, hisoblagich-taksometrlar va radioaloqa vositalari almashtiriladigan priborlarning funksiyalarini ta’minlaydigan maxsus ilovali qurilmalarga (uyali telefonlar, planshetlar, elektron to‘lov tizimlari) almashtirilishi mumkin;
yo‘nalishsiz taksi rangini qonun hujjatlarida talab qilingan rangga muvofiq holga keltirish uchun ularni bo‘yamasdan o‘zi yelimlanadigan materiallardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi;
yo‘nalishsiz taksilar sifatida foydalaniladigan hamda yagona ichki va tashqi belgilar bilan jihozlangan yengil avtomobillar yo‘nalishli transport vositalari uchun maxsus harakat yo‘nalishida harakatlanishi hamda “To‘xtash taqiqlanadi” belgisi amal qilish hududida to‘xtashi mumkin;
xalqaro avtomobilda tashishga xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun arizalar ular olingan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
a) yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega yuridik shaxslarni:
tashuvchining fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi mavjud bo‘lmaganda, uning rasmiylashtirilishini ta’minlagan holda, ularning mavjudligi;
avtotransport vositalaridan litsenziya kartochkalarisiz foydalanilayotgan davlat raqami belgilari qaytarilishi choralarini ko‘rgan holda yo‘nalishsiz taksilar uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalariga maxsus seriyalardan berilgan davlat raqami belgilarining amaldagi litsenziya kartochkalariga muvofiqligi yuzasidan xatlov o‘tkazsin;
b) avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar kiritsin;
v) himoyalangan telekommunikatsiya kanallari yordamida “Transport vositalari hisobi”, “Texnik ko‘rik” va “UzTrans” axborot tizimlarining samarali idoralararo integratsiyasini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin.
6. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobil yo‘llarida transport vositalarining og‘irlik va gabarit parametrlarini aniqlash uchun avtomatlashtirilgan o‘lchov vositalari bilan jihozlangan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar va ko‘chma shoxobchalarni tashkil etish tartibi joriy etilsin.
Transport vazirligi 2019-yil 1-avgustga qadar avtomobil yo‘llarida davlat-xususiy sheriklik obyektlari ro‘yxatini, reglamentni va investorlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tanlab olish mexanizmini nazarda tutuvchi og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha maxsus punktlarni tashkil etish yuzasidan faoliyatni amalga oshirish tartibini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin