Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Oʻquv faoliyatini boshqarish 
1. Oʻquv faoliyatini planlashtirish. 
2. Oʻz – oʻzini nazorat qilish. 
3. Keng koʻlamdagi bilimla, ta’limiy usullarni sistemalashtirish. 


341 
4. Oʻz faoliyatini oʻzi boshqarish usullarini egallash va yangisini topish. 
5. Shaxsiy qiziqishni idoa qiluvchi usullarni egallash. 
6. Oʻz diqqatini oʻzi boshqarish usullarini egallash. 
Faoliyatni psixik boshqarishning samarali boʻlishi uchun psixika 
narsalarining oʻziga xos ob’yektiv xususiyatlarini aks ettirishini va ana shular 
vositasi bilan inson oldia qoʻyilgan maqsadlarga erishish yoʻllarini 
aniqlashtirishimiz kerak. Inson aoliyatini bilish va idora qilish bilan bgogʻliqdir. 
Bu jarayonlar ishtirok qilmasa, inson faoliyati namoyon boʻlishi mumkin emas. 
Har qanday faoliyat insonning psixik va jismoniy aktivligidan iborat boʻlib, 
ongli maqsad bilan boshqariladi. Xatti – harakatlarni boshqarish odatda teskari 
aloqa prinsipi asosida amalga oshiriladi. Birinchi navbatda sezgi organlari 
bunday aloqaning kanali boʻlib hizmat qiladi. Predmetlar va harakatlarning 
idrok qilayotgan element va belgilari esa informatsiya manbai vazifasini oʻtaydi. 
Teskari aloqaning bunday turini P.K.Anoxin 
teskari afferentatsiya
deb atagan 
edi. Inson faoliyatining 
interiorizatsiya 
va
 eksterorizatsiya
xususiyati mavjud. 
Tashqi real ishdan ichki ideal ishga oʻtish jarayoni interiorizatsiya deyiladi. 
Narsalar bilan qilindigan tashqi faoliyatni ichki psixik faoliyatining 
eksteriorizatsiyasi deb qabul qilingan. Psixologiya fanida sub’yektni 
oʻrganishdan iborat boʻlgan maxsus faoliyat ta’lim deb ataladi. Psixologiya 
fanida talabaning faoliyati, xulqi va xatti – harakatlarini insonning ijtimoiy 
tajribasini oʻzlashtirish tomon yoʻnaltirilishdan iborat boʻlgan faol jarayonni 
ta’lim deb yuritish ham uchrydi. Odatda, ta’lim faoliyati oʻz ichiga quyidagi 
holatlarni qamrab oladi.
1. Ma’lum bir ideal va amaliy faoliyat toʻgʻrisidagi muhim xususiyatlar va 
qonuniyatlarni oʻzlashtirish; 
2. Mavjud ma’lumotlar va informatsiyalarni oʻzlashtirib olishga yordam 
beradigan usul va operatsiyalarni egallash; 
3. Koʻzlangan maqsad va ma’no shartiga mos ravishda optimal uslub 
ratsional yoʻl – yoʻriq va operatsiyalar tanlash hamda nazorat qilish uchun 
nazarda tutilgan informatsion materiallardan foydalanish usullari bilan 
talabalarni qurollantirish va hokazo. 


342 
Bizningcha, oliy ta’limda oʻquv faoliyatni talaba tomonidan boshqarish 
jarayoni dastlabki paytlarda oʻqituvchining bevosita rahbarligida va koʻmagida 
amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Aks holda oliy ta’limning mazmuni, 
oʻquv faoliyatning tarkibiy qismlari uning psixologik xususiyatlari va 
qonuniyatlari uni tarkib toptirish yoʻllari, vositalarini oʻzlashtirish, egallab olish 
usullari 
talabalarga 
anglashilmay 
qolishi 
mumkin. 
Oliy 
ta’limni 
takomillashtirish uchun talabalarni mustaqil bilim olishga oʻrgatish va bunda 
hozirgi zamon talabalariga javob beruvchi faol uslublar bilan qurollantirish ayni 
muddaodir. Oʻquv faoliyatining boshqarishning psixologik masalalarini tadqiq 
qilish natijasida uning bosqichlari, fazlari, yoʻllari hozirgi kundagi holati oʻquv 
dasturlarida, darsliklarida va qoʻllanmalarda bunday foydalanish ahvoli 
diagnostik metodikalarning ishonchlilik darasi aniqlandi. Shuning bilan birga 
maktab oʻquvchilari va talabalarni oʻquv faoliyatini boshqarishning yosh 
davrlari xususiyatlari oʻziga xos jihatlari, guruhiy faoliyat va ndividual uslubga 
oid qonunlar boshqarishning taribiy qismlarining turlari, koʻrinishlari, shakllari 
toʻgʻrisida boy ma’lumotlar toʻplandi. Yigʻilgan ma’lumotlar ham nazariy ham 
amaliy ahamiyat kasb etib oliy maktabda oʻquv faoliyatini boshqarishda muhim 
rol oʻynaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin