336
2.
Mehnatga
nisbatan
munosabatni
bildiruvchi
xususiyatlari:
mehnatsevarlik, yalqovlik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik va hokazo;
3.
Narsalarga nisbatan munosabatni anglatuvchi sifatlar: ozodalik,
sarishtalik, avaylash va shu kabilar;
4.
Oʻz – oʻziga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: izzat
nafslilik, kerilishlik, dimogʻdorlik, kamtarinlik va hokazo
.
Xulq atvor xususiyatlarning shakllanishida oʻqish va mehnat faoliyati
yetakchi rol oʻynaydi, chunki oʻqish va mehnat jarayonida qoʻllaniladigan
individual usullar xulq – atvorga ta’sir etib, uning ayrim xususiyatlarini keltirib
chiqaradi. Koʻpgina xususiyatlar oʻzgaga taqlid
qilish natijasida ham paydo
boʻladi. Xulq atvorga janjalli (nizoli) vaziyatlar ham ta’sir koʻrsatadi. Inson
umrining oxirigacha oʻz xatti – harakatlarini boshqarib, xulq atvorini oʻzi
baqarorlashtirgan boʻlsa, kasb – hunar tanlashga shunchalik oqilona va
qat’iyatlilik bilan yondashiladi.
Talabalar va oʻquvchilar qobiliyati, layoqati ta’lim
jarayonida va mehnat
faoliyatida tobora rivojlanadi. Qobiliyat taraqqiyotining yuksak bosqichiga
talant, iste’dod deyiladi. Iste’dod murakkab ishni (faoliyat) muvaffaqiyatli,
mustaqil va mohirona bajarishga (amalga oshirishga) imkon beradigan
qobiliyatlar tizimidir (biologik shartlangan hislatlardan bittasidir).
Oʻspirinlarning qanchalik iste’dodli ekanligini aniqlash uchun ushbu
xususiyatlarga e’tibor berish lozim:
1.
Shaxsning ziyrakligi, jiddiy sinovga shayligi, tayyorligi;
2.
Shaxsning mehnatga moyilligi, unga extiyoj sezishi;
3.
Mantiqiy
fikr
yuritish
tezligi,
izchanligi,
samaradorligi,
tashabbuskorligi va boshqalar.
Shaxsiy xususiyatlar va qobiliyatlar tugʻma boʻlmaydi (tabiiy
alomatlari,
moyilligi mavjuddir), balki ijtimoiy, shaxsiy hayot va faoliyat jarayonida
muayyan omillar, manbalar ta’siri ostida tarkib topadi. Lekin layoqatlilik
qobiliyatining tabiiy zamini ekanligi shubhasizdir. U qobiliyat taraqqiyotining
dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon boʻladi.
Unda miya tuzilishi, sezgi
a’zolari va harakatlarining morfologik hamda funksional xususiyatlari layoqatga
nisbatan beriladi.
337
Yoshlarni kasbga yoʻllashda ularni his – tuygʻulari va irodalarini hisobga
olishning ham ahamiyati qiymatli, chunki talabalarning (oʻquvchilarning) his –
tuygʻusi, kayfiyati, stress va ob’yektiv holatlari oʻrganilmasa va e’tiborga
olinmasa, koʻzlangan, “Karlar tayyorlashning milliy dasturi”dagi ulugʻvor
maqsadga erishib boʻlmaydi. Buning uchun iste’dodli yoshlarni tanlash, ularni
individual oʻqitish, zarur shart –
sharoitlar yaratish, reyting va modul tizimlari
asosida ularga saboq berish ta’limning davlat standartlari talabiga javob
beradigan, komil insonlikka intiluvchi shaxslarni kamol toptirish kafolatidir.
Shunday qilib, kasbga yoʻllash jarayonida shaxsning individual –
tipologik xususiyatlari va his – tuygʻularini, layoqat, iste’dodni hisobga olish,
shuningdek, yoshlarni fan asoslari va psixologik bilimlar bilan qurollantirish
ularning kasb – hunar, ixtisoslik, mutaxassislik oldiga qoʻyiladigan psixografik,
professiogrammali talablarga moslashishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: