357
turdagi faoliyatda ulkan yutuqlarga erishishini ta’minlovchi maxsus yuksak
rivojlanish darajasi.
Tashabbuskorlik
– xarakterning qimmatli xislati bo‘lib, bu xislat
ko‘pchilik kishilarda ommaviy tus olgandir.
Temperament
(lot. temreramentum – qismlarning tegishli muvofiqligi,
mutanosibligi) – inson hulq-atvori va psixik jarayonlarining dinamik
xarakteristikasi bo‘lib, ularning tezligi, o‘zgaruvchanligi, samaradorligi,
ishchanligi va boshqalarda namoyon bo‘ladi.
Tafakkur
– turli masalalarni (nazariy va amaliy) echishga qaratilgan va bu
yumushni ado etishni (javob topishni) ta’minlaydigan ko‘plab psixik jarayonlar,
harakatlar, holatlardir. Tafakkurni funksional tizim sifatida jalb qilish qisman
ongli, qisman odatlar, malakalar va asab tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan
insonning ilgarigi taraqqiyoti, tarbiyasi, o‘z-o‘zini shakllantirishdan iborat
beixtiyor harakatlari tufayli amalga oshiriladi.
Til
– inson aloqalari, tafakkuri uchun axborotni asrash va avloddan avlodga
etkazib berish vositasi bo‘lib xizmat qiladigan belgilar tizimidir.
Unutish
– eslash va yod bo‘lib qolgan yoki o‘zlashtirilgan materialni qayta
xotirlash imkoniyatining asta-sekin so‘nib borishini aks ettiruvchi jarayondir.
Faoliyat
- harakatlar va operatsiyalar sistemasida amalga oshiriladigan
ehtiyojlar hamda sabablarga javob beradigan, bironta maqsadga yo‘naltirilgan
faollikdir.
Dostları ilə paylaş: