Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Motivatsiya oʻzini iroda qilish sifatida



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Motivatsiya oʻzini iroda qilish sifatida. 
Oddiy sezgi shuni tasdiqlaydiki, 
insonlarning motivatsiyasi ichki muhtojlikning bir necha xilida paydo boʻladi. 
Biz hammamiz oʻzimizga kerakli turli xil muhtojliklar haqida oʻylaymiz, misol, 
ovqat, hamkorlik uchun ehtiyoj - bizni tanlovlarimiz va harakatlarimiz ta’sir 
etuvchilar. Motivatsiyaning bir necha boʻlimlari aniq gʻoya boʻlsa ham unutilish 


126 
yoki urgʻu berishga ehtiyoj hosil qiladi. Misol uchun 2 – boʻlimda uning 
ierarhiyasi insonlarning juda koʻp ehtiyojlari oʻsishiga urgʻu beradi va undan 
insonlarni qoniqmaslik darajasini ham aniqlaydi. Maslouning nazariyasi boshqa 
konsepsiyalardan farqi shunda ediki, ehtiyoj soʻngi talab yoki his qilishning 
yordamga yoki qoniqishga uzoq vaqt davomida harakatni ta’sirga odatlangan 
koʻrinishini hosil qilish edi. Ba’zi ehtiyojlarga ochlikka oʻxshaganlari 
qoniqishda kamayadi ammo boshqalarida bilimga qiziqish kamaymaydi.
Motivatsiyaning yaqinda yuzaga kelgan nazariyasining oʻzini iroda 
qilishga ehtiyoji asoslanadi. Buni Edvard Dechi va Richard Ryan kabi 
psixologlari asoslaydilar. Bu nazariyada shu narsa taklif qilinadiki 
motivatsiyani tushunishni 3 bosqichga boʻlinishini talab qildi


avtonomiya – hulqda tashqi majburlikning erkin his qilishning ehtiyoji; 

iste’dod – mahoratli yoki uddalay olishni his qilish ehtiyoji; 

qarindoshlik – boshqalar bilan bogʻlangan yoki inkor qilingan 
hissiyotlarga ehtiyoj.


127 
Ta’lim jarayonida oʻquvchilarning bilishga qiziqishlari gʻoyat katta rol 
oʻynaydi. Ma’lumki, qiziqish oʻquvchilarning emotsional bezagi, biror buyumni, 
biror faoliyatni tanlash munosabati va yoʻnalishidir. Ma’lumki, psixologiyada 
qiziqishning ikki turi oʻquvchilarning ta’lim jarayonida aniqlanadi. Birinchisi, 
bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita qiziqish. Har bir oʻqituvchi o ‘z 
oʻquvchilarida oʻz faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat 
qiladi. Qiziqishlar orqali oʻquvchilarda ta’limga aktiv munosabat namoyon 
boʻladi. Psixologiyada qiziqish - bu shaxsning oʻzi uchun qimmatli yoki yoqimli 
boʻlgan muayyan narsa yoki hodisalarga munosabatidir. Qizikishlar shaxsning 
muhim va individual xususiyatlaridan biri boʻlib hisoblanadi. Qiziqishlar 
oʻquvchilar hayotida katta rol oʻynaydi. Ular oʻquv faoliyatini faollashtiruvchi 
asosiy turtkilar - motivlaridir. Qiziqishlar ta’lim maskanlari oʻquvchisiga fan 
asoslarini durustroq oʻzlashtirib olishlariga, aqliy qobiliyatlarning oʻsishiga, 
bilim doirasining kengayishiga imkon beradi. Oʻqituvchilarning vazifasi 
oʻquvchini dastlab qiziqtirib qolgan ishning oʻzi bilan shugʻullanishga majbur 
qilish emas, balki undagi qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, 
ta’sirchan qilish, qiziqishlarining markaziga aylanib qolgan faoliyat bilan 
shugʻullanish istagiga, mayliga aylantirishdir. Oʻquvchilarning muayyan 
maqsadni koʻzlab ish tutishida, qiyinchiliklarni yenga olishida, ishdan 
chalgʻitadigan narsalar bilan shugʻullanishdan oʻzini tiya olishida, unda oʻqishga 
ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon boʻladigan iroda ta’lim jarayonida alohida 
ahamiyat kasb etadi. Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, iroda bu 
shaxsning oʻz oldiga qoʻygan maqsadining aniqligi, uni amalga oshirish uchun 
intilishi, maqsad yoʻlida ma’lum bir qarorga kelish tezligi va uni oʻz vaqtida ijro 
etishi bilan belgilanadigan sifatidir.
Ta’lim jarayonida oʻquv materialiga boʻlgan diqqatning barqaror 
boʻlishida irodaviy zur berishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ta’limda iroda 
oʻquvchida oʻquv maskani va uyda oʻtkaziladigan mashgʻulotlarga tayyor 
turishda namoyon boʻladi. Oʻquv materialini oʻrganish, eslab qolish va 
oʻquvchining irodaviy zoʻr berishganiga bogʻliq. Iroda oʻquvchilarning fikrlash 
faoliyatlarida - masalani yechishga, qoʻyilgan savolga javob topishga va 
hokazolarga intilishida namoyon boʻladi. Ular oʻquvchilarda koʻnikma va 


128 
malakalarni hosil qilishda ham tarkib topadi. Psixologlar olib borgan 
tadqiqotlarda oʻquvchilar tomonidan berilgan materialning oʻzlashtirilishi koʻp 
jihatdan irodaning tarbiyalanishiga bogʻliqdir.
Irodaviy aktivlik ta’limning zarur shartidir. Ta’lim muassasasidagi ta’lim 
jarayonining oʻzi oʻquvchilardan irodaviy oʻstirish omillaridan biridir. Bunda 
oʻquvchilarning kundalik rejimi, oʻqish va oqilona dam olishni bir-biri bilan 
toʻgʻri almashtirib turish katta rol oʻynaydi. Ta’lim jarayonida bilish 
jarayonlarini shakllantirishga alohida e’tibor berish lozim. Zero, bilish 
jarayonlari juda murakkab faoliyat boʻlib, unda jonli mushohadadan abstrakt 
tafakkurga, abstrakt tafakkurdan amaliyotga oʻtiladi, ana shundan soʻng 
ob’yektiv haqiqat bilib olinadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, idrokni tarkib 
toptirishda oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish nihoyatda 
muhimdir. Chunki, fazoni, vaqtni va harakatlarni idrok etishda ham yosh 
xususiyatlarda turli farqlar mavjud boʻladi.
Ta’lim olish jarayoni insondagi motivlar bilan bevosita bogʻliq boʻlib, 
uning mohiyati - inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi 
tushunchada ifodalanadi. Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik 
boshqarishning dinamik jarayoni boʻlib, unga tashabbus, yoʻnalganlik 
tashkilotchilik, qoʻllab- quvvatlash kiradi. Ta’lim jarayonida oʻqish motivlari 
"nima uchun?", "nimaga?", "qanday maqsad bilan?" kabi savollar asosida 
yuzaga keladi. Motivlar birinchidan, oʻquv faoliyatiga undasa, ikkinchidan, 


129 
maqsadga erishish uchun zarur yoʻl va usullar tanlashga yordam beradi. Oʻquv 
faoliyatida oʻquv motivlar oʻquvchilar tomonidan tanlanib, ular oʻquvchining 
maqsadi, qiziqishi, kelajak rejalari bilan bevosita bogʻliq boʻladi.
Yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda oʻquv motivlari turli yosh 
davrlarida turlicha boʻladi. Oʻquv faoliyati motivatsiyasining manbalari mavjud 
boʻlib, ularga quyidagilar kiradi: 1. Ichki manbalar. Ular insoniy tugʻma yoki 
orttirilgan ehtiyojlari bilan belgilanadi. Ulardan eng muhimi tugʻma 
informatsiyaga boʻlgan ehtiyojdir. Orttirilgan ehtiyojlar esa gnostik va ijtimoiy, 
ijobiy ehtiyojlar hisoblanadi. 2. Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot 
shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Imkoniyatlar - shaxs faoliyatini belgilovchi 
ob’yektiv shart-sharoitlardir. Masalan, bolaning undan boy kutubxona uni kitob 
oʻqishga undaydi. 3. SHaxsiy manbalar: bu shaxsning qadriyatlari sistemasi 
ustanovkalari gʻoyalaridir. Bu manbalar har bir shaxs faoliyatida u yoki bu 
darajada mavjud. Ularning barchasi faoliyatning ketishiga ta’sir etib ta’lim 
jarayonining motivatsiyasini tashkil etadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin