131
programmalashtirilgan ta’limdir. 2. Reproduktiv metodda oʻquvchi faoliyat
koʻrsatib, unda oʻquvchiga berilayotgan
bilimni qayta xotirada tiklab, olingan
bilimni nusxa sifatida qabul qiladi. 3. Muammoli ta’lim metodi - oʻqituvchi
tomonidan tashkil etilib, u produktiv xarakterga egadir. Ushbu metod orqali
oʻquvchi
bilim
va
malakalarini
shakllantiradi.
Ushbu
metodning
takomillashtirish yoʻllaridan biri ishchan oʻyinlarni tashkil etishdan iboratdir. 4.
Qisman izlanish metodi. Oʻqituvchi nazorati ostida tashkil etiladigan metod
boʻlib,
u produktiv xarakterga ega, bunda oʻquvchi ijod qiladi. 5. Tadqiqot
metodi. Oʻqituvchi ilm yordamisiz tashkil etiladigan ta’lim metodi boʻlib, u
oʻquvchining mustaqil izlanishi, fikrlashi va bilimlar transformatsiyasini talab
etadi. Oʻqituvchi oʻzining pedagogik vazifalarini bajarishda oʻquv materiallar
turlarini tizimlashtirish
uchun maqsadli shakllar, samarli usullar, oqilona
uslublar va ta’limning kengroq maqsadga yoʻnaltirilgan vositalaridan
foydalanadi. Shunday qilib u ta’lim oluvchilarni oʻquv materialini qabul qilishga
tayyorlaydi, ularni toʻliq mutaxassislik va oʻquv fanlariga kasbiy qiziqishi va
bilish faolligini rivojlantiradi. Bir vaqtning oʻzida oʻqituvchi
tinglovchi va
kursantlarning mustaqil ravishda bilimlarga erishishlarini, shuningdek, oldilarida
turgan kasbiy faoliyatdagi koʻnikma va malakalarni egallashga oʻrgatadi. U
ta’lim oluvchilarning ishlarini tahlil qiladi, oʻzining pedagogik faoliyati
natijalarini tanqidiy baholaydi va dasturiy materiallarni oʻzlashtirishni
tekshirishni amalga oshiradi. Bu kompleks oʻzaro bogʻliq vazifalarni hal etishda
oʻqituvchi oʻquv- tarbiyaviy jarayonda, tashkilotchi va tarbiyachi,
pedagog
sifatida namoyon boʻladi.
Strategiyalardan birini oʻqituvchilar koʻpincha foydali deb bilishadi, u
oʻqituvchilarga samarali oʻquv tadbirlarini tanlash va ishlab chiqish, oʻquv
mazmunini tizimli tashkil etish imkonini beradi. Ta’lim jarayonini tashkil
etishda keng qoʻllaniladigan ramka(chegara)lardan biri, masalan pedagog
Bendjamin Blum tomonidan taklif etilgan tasniflash sxemasidir. U ta’limiy
maqsadlar taksonomiyasi degan ancha salmoqli nom bilan ataladi.
(Blum
va
boshq.
1956.
Anderson&Krathwohl,
2001).
Dostları ilə paylaş: