Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Shtatlardagi yuqori darajadagi sinovlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Shtatlardagi yuqori darajadagi sinovlar 
Hududlarda standartlashtirilgan testlar 2000 yildan oldin mavjud 
boʻlgandagiga qaraganda hududiy testlar oʻshandan soʻng kengayib rivojlandi, 
chunki NCLB talablari boʻyicha talabalarning oʻqishi va matematik bilimlarini 
har yili 3 sinfdan to 8 sinfgacha va yuqori ta’limda 2005-6yilgacha bir marta 
tekshirilgan. 23 shtat oʻzining test sinovi programmasini 2005-2006 yillarda 
kengaytirdi va qoʻshimcha ilmiy salohiyat testi 2007-2008 yilgacha qoʻshilishi 
talab qilindi. Imkoniyati cheklangan talabalar va ingliz tili oʻquvchilari ham test 
sinovlarini topshirishga jalb etildi va koʻpchilik tumandan boʻlgan maktab 
xodimlari uy joy bilan ta’minlanib ushbu testni amalga oshirish tezlashtrildi 
(Olson, 2005). Bu qismda testlar va ularning oʻqituvchi va bolalarga tasirini 
oʻrganamiz. 
Standartlar asosida baholash. Akademik content standartlari
NCLB talabiga koʻra shtatlar akademik kontent standartlarni rivojlantirib 
har bir sinfda studentlar nimani oʻrganishi kutilayotgani va nima qobiliyatda 
ekanligini maxsuslashtirib rivojlantirishi kerak. Bu kontent standartlar maqsad 
va obyektlar deb nomlanishi odatiy boʻb qolgandi va bu nomning oʻzgarishi 


209 
boshqalar uchun tushunarsiz boʻlib qoldi (Popham, 2004). Kontent standartlarni 
rivojlantirish oson emas-albatta agar ular juda ham keng va darajaga mos 
boʻlmasa, oʻqituvchilar studetnlarni bu standartlarni tushunishiga umid qilmasa 
ham boʻladi. 
Oʻqishdagi keng standartga misol: 
“Studentlar soʻz ma’nosini adabiyot, madaniy voqealar, falasfiy 
muhokamalar orqali tajribada anglash qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.” (sinf 
darajasi koʻrsatilmagan). (Amerika oʻqituvchilar federatsiyasi, 2006, bet- 6). 
Tor doiradagi standartlar cheklangan oʻqishni yuzaga keltirishi mumkin.
Bunga misol qilib: 
Studentlar tariflashi yoki qiyoslab qarshilantirishi, yoki sinonim va 
antonimlarni misol tariqasida aytishi mumkin. 
Kuchli standart bu: 
"Talabalar soʻzlarning ma'nosini aniqlash uchun soʻzning kelib chiqishi, 
sinonim, antonim va iboralarni soʻz manosini tariflashda ishlata olishi lozim 
(sinf 4) (Oʻqituvchilar, 2006, bet- 6 Amerika Federatsiyasi). 
Amerika oʻqituvchilari federatsiyasining 2005-2006 yillarda tajriba 
oʻtkazdi va oʻqish, matematika va fan standartlarining xulosasi yozilib, 32 
shtatda bu natija zaif ekani ma'lum qilindi. Matematika ilmida kuchli standart 
shtatlarda namoyon boʻldi. Oʻqishdagi standartlar biroz muammoli boʻlib, 
ayniqsa, 50 tadan biri ortiqcha boʻlib chiqdi bu barcha darajalarda, soz’ma soz 
takrorlash ham 50 foiz atrofida kuzatildi. (Amerika 
oʻqituvchilari 
federatsiyasining 2006). 
Hattoki standartlar kuchli boʻlgani bilan, ularni maktab oʻquv yilida 
qoʻllash ba’zi oʻqituvchilar uchun qiyindir. Kontent standartlar oʻz fanining 
muhimligiga ishonadigan mutaxassislar tomonidan shakllantirilib, ular boshqa 
fanlar va sinflar uchun boshqa standartlarni tuzishadi. Birinchi koʻrinishda, faqat 
bir qanchagina keng standartlar koʻrinishi mumkin, lekin har bir standart ostida 
subkategoriyalar mavjud boʻlib, ular maqsad, belgi, vazifalardir. (Popham, 
2004). Misol uchun Idahoning 1-sinf matematigi standarti yuqori sifatli deb 


210 
baholandi (AFT 2000) u 5 keng standartni oʻz ichiga qamrab, 10 ta maqsad va 
29 vazifadan iborat. (Idaho Ta’lim bolimi, 2005-6). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin