Shtatlardagi yuqori darajadagi sinovlar
Hududlarda standartlashtirilgan testlar 2000 yildan oldin mavjud
boʻlgandagiga qaraganda hududiy testlar oʻshandan soʻng kengayib rivojlandi,
chunki NCLB talablari boʻyicha talabalarning oʻqishi va matematik bilimlarini
har yili 3 sinfdan to 8 sinfgacha va yuqori ta’limda 2005-6yilgacha bir marta
tekshirilgan. 23 shtat oʻzining test sinovi programmasini 2005-2006 yillarda
kengaytirdi va qoʻshimcha ilmiy salohiyat testi 2007-2008 yilgacha qoʻshilishi
talab qilindi. Imkoniyati cheklangan talabalar va ingliz tili oʻquvchilari ham test
sinovlarini topshirishga jalb etildi va koʻpchilik tumandan boʻlgan maktab
xodimlari uy joy bilan ta’minlanib ushbu testni amalga oshirish tezlashtrildi
(Olson, 2005). Bu qismda testlar va ularning oʻqituvchi va bolalarga tasirini
oʻrganamiz.
Standartlar asosida baholash. Akademik content standartlari
NCLB talabiga koʻra shtatlar akademik kontent standartlarni rivojlantirib
har bir sinfda studentlar nimani oʻrganishi kutilayotgani va nima qobiliyatda
ekanligini maxsuslashtirib rivojlantirishi kerak. Bu kontent standartlar maqsad
va obyektlar deb nomlanishi odatiy boʻb qolgandi va bu nomning oʻzgarishi
209
boshqalar uchun tushunarsiz boʻlib qoldi (Popham, 2004). Kontent standartlarni
rivojlantirish oson emas-albatta agar ular juda ham keng va darajaga mos
boʻlmasa, oʻqituvchilar studetnlarni bu standartlarni tushunishiga umid qilmasa
ham boʻladi.
Oʻqishdagi keng standartga misol:
“Studentlar soʻz ma’nosini adabiyot, madaniy voqealar, falasfiy
muhokamalar orqali tajribada anglash qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.” (sinf
darajasi koʻrsatilmagan). (Amerika oʻqituvchilar federatsiyasi, 2006, bet- 6).
Tor doiradagi standartlar cheklangan oʻqishni yuzaga keltirishi mumkin.
Bunga misol qilib:
Studentlar tariflashi yoki qiyoslab qarshilantirishi, yoki sinonim va
antonimlarni misol tariqasida aytishi mumkin.
Kuchli standart bu:
"Talabalar soʻzlarning ma'nosini aniqlash uchun soʻzning kelib chiqishi,
sinonim, antonim va iboralarni soʻz manosini tariflashda ishlata olishi lozim
(sinf 4) (Oʻqituvchilar, 2006, bet- 6 Amerika Federatsiyasi).
Amerika oʻqituvchilari federatsiyasining 2005-2006 yillarda tajriba
oʻtkazdi va oʻqish, matematika va fan standartlarining xulosasi yozilib, 32
shtatda bu natija zaif ekani ma'lum qilindi. Matematika ilmida kuchli standart
shtatlarda namoyon boʻldi. Oʻqishdagi standartlar biroz muammoli boʻlib,
ayniqsa, 50 tadan biri ortiqcha boʻlib chiqdi bu barcha darajalarda, soz’ma soz
takrorlash ham 50 foiz atrofida kuzatildi. (Amerika
oʻqituvchilari
federatsiyasining 2006).
Hattoki standartlar kuchli boʻlgani bilan, ularni maktab oʻquv yilida
qoʻllash ba’zi oʻqituvchilar uchun qiyindir. Kontent standartlar oʻz fanining
muhimligiga ishonadigan mutaxassislar tomonidan shakllantirilib, ular boshqa
fanlar va sinflar uchun boshqa standartlarni tuzishadi. Birinchi koʻrinishda, faqat
bir qanchagina keng standartlar koʻrinishi mumkin, lekin har bir standart ostida
subkategoriyalar mavjud boʻlib, ular maqsad, belgi, vazifalardir. (Popham,
2004). Misol uchun Idahoning 1-sinf matematigi standarti yuqori sifatli deb
210
baholandi (AFT 2000) u 5 keng standartni oʻz ichiga qamrab, 10 ta maqsad va
29 vazifadan iborat. (Idaho Ta’lim bolimi, 2005-6).
Dostları ilə paylaş: |