Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Fanlarni o‘qitish metodikasi
– har bir fanning mazmunini aniqlab, ketma-
ketligini belgilab, tanlangan materiallarni o‘rganishning shakl va metodlarini hal 
etadi. Masalan, fizika, kimyo, biologiya va h.k. 
Fantaziya -
hayolning borliqdan, haqtqatdan biroz uzoqlashuv jarayonidir. 
Fizionomika – 
odam yuz qirralari va ularning nisbati orqali odamning 
xususiyatlarini o‘rganish. 
Faoliyat 
– insonning voqeilikni, o‘zini o‘zi ijodiy o‘zgartirish, 
takomillashtirish, mukammallashtirishga yo‘naltirilgan faolligi. Psixologik 
jihatdan ichki ehtiyojni qondirish deya talqin etiladi. 
Xarakter 
(grekcha charakter – bosish, zarb qilish) – insonning faoliyati va 
munosabati tufayli shakllanadigan va namoyon bo‘ladigan barqaror individual 
xususiyatlari yig‘indisi bo‘lib, unga xos bo‘lgan hulq-atvor va hayotiy holatlarga 
javob berish usullarini belgilaydi. Xarakterda inson uchun xos bo‘lgan, standart 
vaziyatlarda qo‘llaniladigan, hayotiy vazifalarni qo‘yish va echish usullari o‘z 
ifodasini topadi. 
His-tuyg‘u 
– insonning nisbatan barqarorligi, umumiyligi, uning shaxs 
sifatidagi taraqqiyoti davomida shakllangan ehtiyojlari va (xususan) 


358 
qadriyatlariga mosligi bilan farq qiladigan yuksak o‘zaro madaniy bog‘langan 
hissiyotlaridir. 
Hissiyot
- ob’ektiv dunyodagi hodisalar, ular mazkur muddatda sezgi 
organlariga bevosita ta’sir etishi jarayonida yoki narsalarning o‘ziga xos tarkibiy 
tuzilishini alohida aks ettirishdarn iborat bo‘lgan ruhiyatning oddiy shakli 
hisoblanadi. 
Hayajonlanish 
– (lot. emoveo – hayratga solmoq,hayajonga solamoq) – 
psixik hodisalarning alohida toifasi bo‘lib, sub’ekt tomonidan bu hodisalar, 
predmetlar va vaziyatlar insonning o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun bevosita 
qiziqqon kechinmalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Xayol
– insonning sub’ekt sifatidagi ongidan butun holda idrok qilinmagan 
yoki sezgi a’zolari yordamida idrok etila olmaydigan ob’ektlarning in’ikosining 
(tasavvurlar, sxemalar va boshqa obraz-modellarnin yoki jo‘rttaga paydo 
bo‘lishiga yoxud ataylab qurilishiga olib keluvchi bilish faolligidir. (mas., 
kelajakni mo‘ljallagan tarix hodisalari idrok etila olmaydigan yoki umuman 
mavjud bo‘lmagan dunyoning voqealari – miflar va ertaklardagi hayri-tabiiy 
personajlar va b.) 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin