Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Sababiy reaksiyalar (ta’sirlar)
- his-tuyg‘uning haddan tashqari oshib, 
sababning funksiyasiga ega bo‘ladigan darajada kuchayishi iatijasida 
faoliyatning izidan chiqishidir. 
Sezgi 
– qo‘zg‘atuvchilarning idrok a’zolari retseptorlaritga ta’siri tufayli 
vujudga keladigan, ob’ektiv dunyo xossalarining sub’ektiv in’ikosidir. 
Solishtirma qiyosiy pedagogika
– jahon mamlakatlari ta’lim-tarbiya 
tizimlari asosini qiyosiy o‘rganadi. 
Sotsial individ 
– barcha kishilar uchun umumiy bo‘lgan, belgilar, qurollar 
bilan ishlashda bog‘liq bo‘lgan maxsus insoniy tavsiflarni aks ettirish, jamiyatda 
qabul qilingan norma va qoidalarni hisobga olish, sotsial vazifalarni bajarishdir. 
Gap shaxsiy yoki individual jihatlar to‘g‘risida ketayotgani yo‘q. 
Sotsial muhit – 
insonning aniq maqsadlar rejalar asosida faoliyat 
ko‘rsatadigan dunyosi. 
Sevgi – 
bu nafaqat xissiyot, balki boshqalarni seva olish qobiliyati va 
sevilish uning asosiy mezoni – “insoniy fazilatlar” hisoblanadi. 
Simpatiya – 
o‘zaro yoqtirib qolish, bu sevgining ilk bosqichi hisoblanadi. 
Bunda asosan sevgi ob’ektning tashqi jozibasi rol o‘ynaydi. 
Tafakkur
- bilish, anglashning yukori shakli bo‘lib, o‘zida ob’ektiv 
dunyodagi xodisalar bilan narsalar o‘rtasidagi munosabatlar hamda aloqalarni 
aks ettirish qobiliyatinyng mavjudligini namoyon etishdir.
Talant 
(grekcha talanron – dastlab o‘lchov, mezon, keyin esa ko‘chma 
ma’noda – qobiliyatlar darajasi) – inson qobiliyatlarining, eng avvalo u yoki bu 


357 
turdagi faoliyatda ulkan yutuqlarga erishishini ta’minlovchi maxsus yuksak 
rivojlanish darajasi. 
Tashabbuskorlik 
– xarakterning qimmatli xislati bo‘lib, bu xislat 
ko‘pchilik kishilarda ommaviy tus olgandir. 
Temperament 
(lot. temreramentum – qismlarning tegishli muvofiqligi, 
mutanosibligi) – inson hulq-atvori va psixik jarayonlarining dinamik 
xarakteristikasi bo‘lib, ularning tezligi, o‘zgaruvchanligi, samaradorligi, 
ishchanligi va boshqalarda namoyon bo‘ladi. 
Tafakkur 
– turli masalalarni (nazariy va amaliy) echishga qaratilgan va bu 
yumushni ado etishni (javob topishni) ta’minlaydigan ko‘plab psixik jarayonlar, 
harakatlar, holatlardir. Tafakkurni funksional tizim sifatida jalb qilish qisman 
ongli, qisman odatlar, malakalar va asab tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan 
insonning ilgarigi taraqqiyoti, tarbiyasi, o‘z-o‘zini shakllantirishdan iborat 
beixtiyor harakatlari tufayli amalga oshiriladi. 
Til 
– inson aloqalari, tafakkuri uchun axborotni asrash va avloddan avlodga 
etkazib berish vositasi bo‘lib xizmat qiladigan belgilar tizimidir. 
Unutish
– eslash va yod bo‘lib qolgan yoki o‘zlashtirilgan materialni qayta 
xotirlash imkoniyatining asta-sekin so‘nib borishini aks ettiruvchi jarayondir. 
Faoliyat
- harakatlar va operatsiyalar sistemasida amalga oshiriladigan 
ehtiyojlar hamda sabablarga javob beradigan, bironta maqsadga yo‘naltirilgan 
faollikdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin