145
e) kasbga saralash (qobiliyatiga binoan);
f) kasbga moslashish (adaptatsiyalash).
Mazkur sohada psixologik izlanishlar olib borgan K.K.Platonov muayyan
sxema ishlab chiqqan boʻlib, u «Kasb tanlashga yoʻnaltirish uchburchagi» deb
nomlanib, oʻzining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois
kasb tanlashga yoʻllashda, reorientatsiyalashda undan unumli foydalanish
mumkin. Kasb tanlashga yoʻnaltirish uchburchagining muhim bir tomoni – bu
har xil kasb – hunar egasiga nisbatan qoʻyiladigan talablar yuzasidan muayyan
bilimning mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni shuki, u yoki bu
mutaxassislikka nisbatan jamiyat (viloyat, shahar, tuman)ning
mehnat
imkoniyatiga ehtiyoji boʻyicha bilimlar mujassamlashganligidir. Yana bir oʻziga
xos tomoni shundan iboratki, kasbga yoʻnaltiruvchining qunti, qobiliyati,
shaxsiy xususiyatlari boʻyicha bilimlar umumlashtirilgan boʻlib, kasb tanlashga
oid barcha jihatlar majmua holiga keltirilgandir. Kasb tanlashga yoʻnaltirilgan
uchburchak shaxsning qiziqishi, mayli, xohishi, oʻzini oʻzi
baholashi, nufuzi
kabilarga oid materiallarni oʻzida mujassamlashtiradi. Bizningcha, yuqoridagi
mulohazalardan tashqari professiogramma oldiga quyidagi talablarni qoʻyish
maqsadga muvofiq:
1.
Ishning qanday nomlanishi va uning nimalardan tuzilishi (ishning nomi,
mutaxassislik, kasb – hunar, lavozim, ishchi oʻrni
imkoniyati, mehnatning
turdosh xususiyatlari va uning muhim tavsiflarining bayoni
Dostları ilə paylaş: