Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


guruhga ajratish mumkin;  birinchisi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

3 guruhga
ajratish mumkin; 
birinchisi
- mehnat faoliyati 
motivlari, 
ikkinchisi
- kasb tanlash motivlari va 
uchinchisi 
- ish joyini tanlash 
motivlari. Aniq faoliyat esa barchasini jamlangan holda izohlanadi, ya’ni, bunda 
mehnat faoliyati motivlari, kasb tanlash motivlarining shakllanishi, shuningdek, 
qolgan ikkita motiv orqali esa ish joyini tanlash motivlari ham yuzaga keladi. 
Mehnat faoliyati motivlari xilma-xil boʻlib, ular oʻziga xos omillar bilan 
belgilanadi
. Birinchi guruh
omillariga jamoaviy xarakterning uygʻonishi bilan 
bogʻliqlari kiritilib, bunda jamoaga foyda tegishini anglash, boshqa insonlarga 
yordam berish istagi, mehnat faoliyatida ijtimoiy ustanovkaning zarurligi va 
boshqalarga nisbatan tobelikni hohlamaslik kabi motivlar hisoblanadi. 
Ikkinchi 
guruh
omillari oʻzi va oilasi uchun moddiy mablagʻning orttirilishi, moddiy va 
ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi uchun pul ishlab topish motivlaridir.


147 
Uchinchi guruhga
oʻzini oʻzi faollashtirish, rivojlantirish, oʻzini 
namoyon qilish ehtiyojlarining qondirilishi va boshqalar kiradi. Ma’lumki, 
insonlar tabiatdan biror-bir faoliyat bilan shugʻullanmasdan turolmaydilar. Inson 
nafaqat iste’molchi balki yaratuvchi boʻlib, yaratish jarayonida u ijoddan ilhom 
oladi. Bu guruhga mansub motiv jamiyat tomonidan ehtiyojlarning qondirilishi 
va boshqalarning hurmatini qozonish bilan bogʻliq. Maktab oʻquvchilarining 
mehnat tarbiyasi ham shu motiv bilan bogʻliq ravishda shakllantiriladi. Mehnat 
faoliyatining umumiy motivlari yuqorida aytib oʻtilganidek, aniq kasblar 
doirasida amalga oshadi. Kasb tanlash anchagina qiyin va motivasion 
jarayondir.
Axir shaxsning toʻgʻri kasb tanlashi koʻpincha insonning hayotdan 
qoniqishga ham sabab boʻladi. Insonning qaysi faoliyatini tanlashi koʻproq 
tashqi omillar haqidagi qarorning qabul qilinishi jarayoni haqida toʻxtalishi 
muhimdir. Bu asosan tashqi holat baholariga, oʻzining imkoniyat va 
qobiliyatlariga, kasb tanlashdagi qiziqish va moyilliklariga bogʻliqdir. Tashqi 
holatini baholash, ijobiy ta’sir koʻrsatadigan omillar, oʻzida ishlab topiladigan 
pul miqdori, imtiyoz, taklif etilayotgan korxona, muassasaning yashash joyiga 
yaqin boʻlishi, transpot aloqalarining qulayligi, ish joyi estetikasi va ishlab 
chiqarishning zararli tomonlari, jamoadagi psixologik iqlim, maqtov va tartibga 
chaqirish kabilarni qamrab oladi. Oʻz imkoniyatlarini baholash sogʻlomligi, 
ishga yaroqliligi, kasbi boʻyicha muhim sifatlarga egaligi, bilim darajasi, 
stresslarsiz ishga moyilligi, yuqori shovqinli ishda talab etilgan temp va xotirjam 
ritm bilan ishlay olish imkoniyati kabilarni oʻz ichiga oladi. Qiziqishlarga mos 
ravishda tanlangan ish joyini baholash, ayni vaqtda ishlayotgan muassasasi, 
korxonadagi imkoniyat toʻsiqlari, ishni boshqarish, kasbiy oʻsish, tashabbusning 
paydo boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Ba’zan qiziqish boʻyicha ish joyini 
tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ish joyini va kasbni tanlash motivlari e.s. 
Chuchunay tomonidan klassifikasiya qilingan. U kasb motivlarini quyidagilarga 
ajratadi

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin