147
Uchinchi guruhga
oʻzini oʻzi faollashtirish, rivojlantirish, oʻzini
namoyon qilish ehtiyojlarining qondirilishi va boshqalar kiradi. Ma’lumki,
insonlar tabiatdan biror-bir faoliyat bilan shugʻullanmasdan turolmaydilar. Inson
nafaqat iste’molchi balki yaratuvchi boʻlib, yaratish jarayonida u ijoddan ilhom
oladi. Bu guruhga mansub motiv jamiyat tomonidan ehtiyojlarning qondirilishi
va boshqalarning hurmatini qozonish bilan bogʻliq. Maktab oʻquvchilarining
mehnat tarbiyasi ham shu motiv bilan bogʻliq ravishda shakllantiriladi. Mehnat
faoliyatining umumiy motivlari yuqorida aytib oʻtilganidek,
aniq kasblar
doirasida amalga oshadi. Kasb tanlash anchagina qiyin va motivasion
jarayondir.
Axir shaxsning toʻgʻri kasb tanlashi koʻpincha insonning hayotdan
qoniqishga ham sabab boʻladi. Insonning qaysi faoliyatini tanlashi koʻproq
tashqi omillar haqidagi qarorning qabul qilinishi jarayoni haqida toʻxtalishi
muhimdir. Bu asosan tashqi holat baholariga, oʻzining
imkoniyat va
qobiliyatlariga, kasb tanlashdagi qiziqish va moyilliklariga bogʻliqdir. Tashqi
holatini baholash, ijobiy ta’sir koʻrsatadigan omillar, oʻzida ishlab topiladigan
pul miqdori, imtiyoz,
taklif etilayotgan korxona, muassasaning yashash joyiga
yaqin boʻlishi, transpot aloqalarining qulayligi, ish joyi estetikasi va ishlab
chiqarishning zararli tomonlari, jamoadagi psixologik iqlim, maqtov va tartibga
chaqirish kabilarni qamrab oladi. Oʻz imkoniyatlarini baholash sogʻlomligi,
ishga
yaroqliligi, kasbi boʻyicha muhim sifatlarga egaligi, bilim darajasi,
stresslarsiz ishga moyilligi, yuqori shovqinli ishda talab etilgan temp va xotirjam
ritm bilan ishlay olish imkoniyati kabilarni oʻz ichiga oladi. Qiziqishlarga mos
ravishda
tanlangan ish joyini baholash, ayni vaqtda ishlayotgan muassasasi,
korxonadagi imkoniyat toʻsiqlari, ishni boshqarish, kasbiy oʻsish, tashabbusning
paydo boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Ba’zan qiziqish boʻyicha ish joyini
tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ish joyini va kasbni tanlash motivlari e.s.
Chuchunay tomonidan klassifikasiya qilingan. U kasb motivlarini quyidagilarga
ajratadi
Dostları ilə paylaş: