191
shaxsda bilishga koʻproq imkoniyat boʻladi degani. Bilimning oʻsuvchi
koʻrinishi mavjud shaxslar yordam kerak boʻlganda soʻraydilar va eng birinchi
maqsad bilim va mahorat boʻlganligi uchun
foydali mulohazaga yaxshi
munosabatda boʻladi. Taqqoslaganda qobiliyatning oʻzgarmas koʻrinishi shuni
koʻrsatadiki ba’zi odamlarda boshqalarga qaraganda koʻproq qobiliyat bor va
hech narsa buni oʻzgartira olmaydi. Oʻzgarmas qobiliyatli shaxslar harakatni
qobiliyatga qarama qarshi koʻrishadi (aqlli odamlar oʻqishi shartmas) va shuning
uchun qattiq harakat qilishmaydi va yordamni boshqalardan soʻrashmaydi,
chunki bu oʻzlarining aqlli emasligini koʻrsatib qoʻyadi.
Shuningdek
talabalarning mafkurasida, aqllilikka boʻlgan qarashlarida, oʻqituvchining
mafkurasida farqlar bor va sinf mashgʻulotlari talabalarning tushunchalari va
hatti harakatiga ta’sir koʻrsatadi. Aqlning oʻsuvchi koʻrinishiga ega oʻqituvchilar
talabalarga oʻrganishning maqsadi materialni puxta oʻrganish va narsalarni bilib
olish ekanligini uqtiradilar. Bu oʻqituvchilar tomonidan
baholash talabalarning
nimani bilishiga ishlatadi shuning uchun ular keyingi mavzuga bemalol oʻta
oladilar. Butun sinfni qaytadan oʻqita oladilar yoki bir nechta oʻquvchini qayta
oʻylab koʻrishga undaydi. Baholash oʻquvchilarga oʻzlarinign bilimini
tushunishga va ichki mahoratini koʻrsatishga yordam beradi. Bunday fikrli
oʻqituvchilar deydiki “biz yana va yana mashgʻulot oʻtkazamiz. Mana shu
bilimingizni yaxshilaydi. Siz xatolar qilasiz. Mana shunday oʻrganasiz”.
Boshqa tarafdan qobiliyatning oʻzgarmas koʻrinishiga ega oʻqituvchilar
oʻrganishning maqsadi testlarni yaxshi bajarish ayniqsa boshqalardan zoʻrroq
boʻlish ekanligiga ishonishga moyildirlar. Bu oʻqituvchilar oʻzgarmas
qobiliyatga ishora qiluvchi gaplarni aytadilar. Masalan, “bu
test sizlarning
matematik qobiliyatingiz qanday ekanligini isbotlaydi” yoki oʻzaro raqobatning
ahamiyatini uqtiradilar, “biz nutq musobaqasini oʻtkazamiz va birinchi oʻrinni
olgan odam boshqa maktablar bilan oʻtkaziladigan musobaqada qatnashadi
keyin gʻolib kata yutuq oladi va gazetada chiqadi” oʻqituvchilar oʻzaro
musobaqaga urgʻu berganida talabalar ruhlanadi, lekin faqat ozchilik gʻolib
boʻlganligi uchun imkoniyati umuman yoʻqligini biluvchi oʻquvchilar soni
koʻpayadi. Oʻzaro musobaqaning boshqa bir kamchiligi tushunishga urgʻu
berishdan koʻra gʻolib kimligini bilishga boʻlgan qiziqishdir.
192
Qobiliyatning
oʻzgaruvchi
ekanligini,
baholashning
maqsadi
oʻquvchilarni martabaga boʻlish emas bilimni oshirish
ekanligini yoki yaxshi
oʻzlashtirgan oʻquvchilarni mukofotlash, yoki oʻzlashtirmaganlarni jazolash
hamma hammasini talab qiluvchi oʻqituvchi talabalarni ruhlantiradi.
Dostları ilə paylaş: