197
Say-harakatni tadqiq qilish: oʻzni va oʻquvchilarni oʻrganish.
Bilimni baholash baholash ma’lumotlarini oʻqitish va oʻrganishni
rivojlantirish
maqsadida, ga bogʻliq holda yigʻishni tashkillashtirishga e’tibor
qaratadi. Birinchi bobda biz oʻquvchilarning oʻz oʻqituvchilari yoki oʻzlari
tomonidan toʻplangan izlanishlar sifatida say-harakat tadqiqotini misol
tariqasida keltirdik. Say-harakat tadqiqoti oʻqituvchini oʻzini oʻqitishini yoki
hamkasblarini oʻqitishini yaxshilashiga olib keladi.
Bu bobning boshida biz tasvirlagan oʻqituvchi, Kim say-harakat
tadqiqotini oʻzini sinfida yomon oʻzlashtiruvchi oʻquvchining
motivatsiyasi va
yutuqlari sifatida tushuntirib berdi va motivatsiyaga bagʻishlangan kurs
davomida masalaning yechimlarini tadqiq qildi, yangi metodlar ishlatdi va natija
qanday boʻlishini kuzatdi.
Rejalashtirish, bajarish va namoyish davri
Say-harakat tadqiqoti davriy
jarayon
sifatida quyidagi bosichlar
bilan ishlatiladi.
Rejalashtirish
bosqichi.
Rejalashtirish uchta qismdan iborat.
Birinchidan,
rejalashtirish
muammoni aniqlash va tushunishni
talab qiladi. Muammolar ba’zan yomon tushunilgan mavzudan yoki nimadir
xato ekanligini his qilishdan boshlanadi va tadqiq qilsa boʻladigan
muammoga
aylantirish uchu koʻp vaqt oladi. Keying bosqich, foydalanadigan adabiyotlarni
koʻrib chiqish va bu sinfda yoki oʻqituvchilar qatnashayotgan yigʻilishda boʻlib
oʻtishi mumkin. Oʻqituvchilar foydalaniladigan adabiyotlarni oʻzi yoki
oʻqituvchilar guruhlarida taqiq etishlari mumkin. Uchinchi bosqich tadqiqotni
rejasi ustida ishlash. Tadqiqotga qanday ma’lumot kiritilishi kerakligi (masalan,
oʻquvchilarning test natijalari, bir yoki bir necha talabalarni kuzatish natijasi)
shuningdek qanday va qayerda ma’lumot yigʻilishi (papkalardan,
hamkasblar
bilan hamkorlikda, bahorgi yoki kuzgi mavsumda).
198
Bajarish jarayoni. Bu bosqich davomida oʻqituvchi ma’lumot yigʻadi
va tahil qiladi. Yigʻilgan va tahlil qilingan ma’lumot mukammal boʻlishi
zarurmas, chunki say-harakat tadqiqoti samarali va uddalasa boʻladigan boʻlishi
kerak.
Say-harakat tadqiqotini rivojlantirish. Bu bosqichda oʻqituvchi
oʻzgarishlar qilishni va bu oʻzgarishlarni amalga oshirishni rejalashtiradi. Bu
say-harakat tadqiqotini harakat bosqichi va oʻqituvchilar tadqiqotni boshqalar
bilan ulashishi uchun oʻz hatti harakatlarini yozib borishlari muhim.
Ma’lumot almashish va mulohaza yuritish. Tadqiqotning eng muhim
birliklaridan biri bu ma’lumot almashishdir. Natijalar
maktabdagi hamkasblar
orasida, yoki tumanda, mahalliy kollejda, konfrensiyalarda yoki ta’lim
jurnallarida e’lon qilinishi mumkin. Say-harakat tadqiqoti oʻquvchilarni faol
qatnashchilar
sifatida jalb etishlari mumkin, agar bu muhim boʻlsa bu aloqa
oʻquvchilar va ota-onalarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Boshqalar bilan
aloqada boʻlish gʻoyalrni takomillashtiradi va mulohaza yuritishga ham yordam
beradi. Mulohaza yuritish davomida oʻqituvchi-tadqiqotchilar
shunday savollar
soʻrashlari mumkin: “nima oʻrgandim?” “nimani boshacha qilishim kerak edi?”
“endi nima qilishim kerak?”. Bunday savollar tadqiqotning yangi davriga,
rejalashtirishga va boshqa bosqichga oʻtishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: