Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Ota-onalar va vasiylar bilan aloqa



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Ota-onalar va vasiylar bilan aloqa. 
Sinfda baholash haqida ota-onalar bilan aniq yoʻnalishga ega aloqa ham 
muhim, lekin bu koʻpincha endigina oʻqitishni boshlaganlar uchun ancha qiyin. 
Oʻquvchilar bilan aloqa oʻrnatishga kerak boʻlgan munosabatlar ota-onalar bilan 
ham kerak boʻladi. Oʻqituvchilar baholashning ahamiyati haqida, nima uchun 
kerakligini va yuqori natijaga erishish uchun nima qilish kerakligi haqida ota-
onalarga tushuntirib berishlari kerak. Ba’zi oʻqituvchilar har oyda yoki muhim 
vazifaning boshida ota-onalarga xat joʻnatib turishadi, qoʻshimcha qoʻllab 
quvvatlash ham kerak boʻladi (masalan, materiallar, kutubxonaga tashriflar). 
Ba’zi ota-onalar sahna koʻrinishini baholashni yoki oʻz-oʻzini, tengdoshini 
baholash nima ekanligini tushunmasligi mumkin shuning uchun oʻqituvchilar 
yotigʻi bilan tushuntirib berishi lozim. Hozirda koʻp maktablar hamma ota-
onalarga ham ma’lum boʻlishi uchun vebsaytlardan foydalanadi (masalan, dastur 
va baholash detallari) shuningdek u yerda ota-onalar va maxsus oʻquvchilarning 
vasiylari uchun cheklangan ma’lumotlar ham boʻladi. (masalan, darslarga 
qatnashish va baholar). Oʻqituvchilar buni ota-onalarda farzandining oʻqishi 
haqida savoli boʻlsa ularda tezda javob olish imkoni boʻlganligi uchun yoki 
farzandi bilan internet orqali gaplasha olganligi uchun ham foydali hisoblashadi. 
Fikr bildirishdagi mezonlar haqidagi tavsiyalar ota-onalarga ham berilishi 
kerak. Diqqat bolaning qanchalik aqlli yoki “kuchsiz” ekanligiga 
qaratilganligidan koʻra vazifaning bajarilishiga va nima yaxshi bajarilganligi
nimani ustida ishlash kerakligiga qaratilishi kerak. Agar imkoniboʻlsa fikr bola 
nimani yaxshi ishlatishiga va nimani yaxshilashi kerakligiga (masalan, test 
savolarini ehtiyotkorlik bilan oʻqish, kata loyihalarda tashkiliy ishlarga) 
qaratilishi kerak. Agar oʻqituvchi oq tanli boʻlsa va ota-ona boshqa irqdan boʻlsa 
“aqlli” fikr yorda berishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin