Muhammad Xorazmiy Xorazmda tug‗ilgan va Bag‗dodda vafot etgan. Al-
Xorazmiyning asarlarida hammasi bo‗lib, 537 joyning nomi, shaharlar, tog‗lar
(203 ta nom), dengizlar va orollarning nomlari, oxirida esa daryolar alohida-
alohida yozilgan. Qizil dengiz Hind va Atlantika okeanlari kabi nomlar uchraydi.
Shuningdek, Azov dengizi, Nil daryosi havzalariga izoh berilgan. Italiyalik
sharhshunos K. Nallino – «Yevropadagi hech bir xalq al-Xorazmiy erishgan
yutuqqa erishgan emas va bunday asar yaratishga qobil emas edi» – deb yozgan
edi. Al-Xorazmiyning sayohatlari natijasida yaratilgan geografik g‗oyalari bu fanni
yangi pog‗onaga ko‗tarib, IX asr boshlarida Sharqda yangi geografiya fanining
yaratilishiga olib keldi.
Ahmad Farg„oniy Farg‗onada tug‗ilgan va dastlabki ilmni shu yerda olib
voyaga yetgan. So‗ng o‗sha zamonda Sharqda mashhur bo‗lgan Bag‗doddagi
«Bayt ul- hikma» akademiyasida Muhammad al-Xorazmiy bilan ishlash baxtiga
muyassar bo‗lgan. Ahmad Farg‗oniy Quyosh va Oy tutilishlarini ham ilmiy
jihatdan isbotlab bergan, yulduzlar ilmining sultoni deyilgan Mirzo Ulug‗bekdan
besh asr oldin Quyosh va yulduzlarning harakat yo‗nalishlarini, Yer shar shaklida
ekanligini va u qutblar deb ataluvchi ikki o‗q atrofida harakatlanishini ham
isbotlab bergan.
Oradan 800 yil o‗tgach, Xristofor Kolumb hamda XVI asrda Yer shari
bo‗ylab aylanma sayohatni oshirgan Fernando Magellan ham Ahmad
Farg‗oniyning Yer shari hajmini hisoblash uchun ishlatgan bir daraja meridian
uzunligi haqidagi hisob- kitoblarning naqadar to‗g‗ri ekanligini yozib qoldirgan.
Ahmad Farg‗oniy Nil daryosining suvini doimiy o‗lchab turuvchi nilometr
asbobini yasagan. Bu asbob bo‗yicha butun Nil daryosi havzasida muvafaqqiyatli
dehqonchilik qilingan. Bu asbob bo‗yicha Nil daryosining toshqinli davrlari
oldindan ma‘lum bo‗lgan.
Misr hukumati vatandoshimiz Ahmad Farg‗oniyning ushbu mamlakat
oldidagi xizmatlariga yuksak ehtirom sifatida Nil daryosidagi Roda orolida uning
haykalini o‗rnatishga qaror qildi. Ushbu haykal Prezidentimiz Islom Karimovning
2007- yilda Misrga qilgan rasmiy tashrifi chog‗ida tatanali rivishda ochilgan.