167
2.
Asosiy qism – bu qismda asosan ekskursiya qatnashchilariga ekskursiya
haqida qisqacha axborotlar beriladi.
Shuningdek, ekskursiyachilarga boshqa
ekskursiyalar haqida axborotlar ham yetkaziladi.
3.
Ekskursiyaning xulosalari qismida ekskursiyaning o‗tkazilganligi haqida
hisobot tayyorlanadi va muhokamaga qo‗yiladi, so‗ngra tasdiqlanadi.
Bu bosqichda ekskursiyani ishlab chiqish 15 ta jarayonni o‗z ichiga oladi:
1.
Ekskursiyaning maqsadi va vazifalarini aniqlash;
2.
Mavzuni tanlash;
3.
Adabiyotlarni tahlil qilish va adabiyotlarning ro‗yxatini tuzish;
4.
Mavzu bo‗yicha muzey fondlari va tegishli adabiyotlarni tanlash;
5.
Ekskursiya ob‘ektlarini tanlash va o‗rganish;
6.
Ekskursiya marshrutlarini tuzish;
7.
Marshrutni oldindan aylanib, ko‗rib chiqish;
8.
Ekskursiyaning ob‘ektlarini ko‗rib chiqish;
9.
Ekskursiyachi «portfelini» jamlashtirish;
10.
Ekskursiyani o‗tkazish metodlarini aniqlash;
11.
Ekskursiyani o‗tkazish texnikasini belgilash;
12.
Metodik ishlanmalarni tuzish;
13.
Ekskursiya marshrutini ishlab chiqish;
14.
Ekskursiya loyihasini topshirish;
15.
Ekskursiyani tasdiqlash.
Dostları ilə paylaş: