O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti


- MAVZU. Turizm turlarini ishlab chiqish texnologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə105/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

12
-
MAVZU. Turizm turlarini ishlab chiqish texnologiyasi 
Reja: 
1.

Turistik xizmatlarini loyihalashtirish va dasturini yaratish.


2.

Turistik mahsulotni hisoblash jarayoni. Turistik marshrutini ishlab chiqish


bosqichlari.
3.

Turistik sayohatining yo‗llanmasi va texnologik haritasini tuzish.


4.

Turistik korxonaning yuklama grafigi va marshrutini tuzish.


5.

Turizm marshrutlarining turlari.Turizm marshrutlarini tayyorlash usullari va


tasnifi.
6.

Turistik marshrutlar ishlab chiqishning tamoyillari. Turistik marshrutini


ishlab chiqish bosqichlari.


12.1.Turistlik xizmatlarini loyihalashtirish 
O‗zbekistonda turistlik xizmatlarini shakllantirish Davlat standartlari bilan
tartibga solinadi. Turistlik xizmatni yo‗lga qo‗yish uchun uning qisqacha xizmatlar
bayoni asos bo‗lib xizmat qiladi. Bu bozor ehtiyojlarini o‗rganish natijasida
aniqlangan buyurtmachi bilan muvofiqlashtirilgan xizmatlar va xizmatlarni
bajaruvchining imkoniyatlarini hisobga oluvchi talablar yig‗indisidan iboratdir.
Turistlik muassasasining rahbariyati muayyan xizmatni yo‗lga qo‗yish tartibi
va jarayonini, xizmat ko‗rsatishni tashkil etish usullarini belgilaydi va xizmatlarni
loyihalashtirish jarayonini har bir qatnashchisi mas‘uliyatini belgilaydi.
Turistlik xizmatlarini
loyihalashtirish
quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1)

Xizmatlarning me‘yorlashtirilgan tavsifini belgilash;


2)

Turistlarga xizmat ko‗rsatish jarayoni texnologiyalarini belgilash;


3)

Texnologik hujjatlarni ishlab chiqish;


4)

Sifat nazorati metodlarini belgilash;


5)

Loyiha tahlili


6)

Loyiha tasdiqlash uchun taqdim etiladi.





170


Xizmatning har bir tavsifi ist‘emolchi va ijrochi uchun imkoniyat darajasida
ahamiyatli bo‗lishi shart. Xizmatning muayyan tavsifi tegishli xizmat turlariga
belgilangan davlat standarti talablaridan kam bo‗lmasligi lozim.
Turistlarga xizmat ko‗rsatish jarayoniga qo‗yiladigan talablarni batafsil
yorituvchi hujjatlar quyidagilarni qamrab olishi shart:

turistlarga xizmat ko‗rsatish jarayoni, shakli va usullari bayoni;


turistlarga xizmat ko‗rsatish jarayoni tavsifinining mazmuni;


foydalaniladigan uskunalarning turiga, miqdoriga va qabul qilish


qobiliyatiga talablar;

zarur xizmatchilar soni va ularning kasbiy malakasi darajasini;


buyurtmalar va xizmatlarning shartnomaviy ta‘minoti;


kafolatlar;


zaruriy kelishuvlar (rekratsion zaxiralar mulkdorlari, sanitariya –


epidemiologiya va yong‗in xavfsizligi, DAN va boshqa organlar bilan).
Turistlarga xizmat ko‗rsatish jarayoniga qo‗yiladigan aniq talablar amaldagi
me‘yoriy hujjatlar talablaridan kam bo‗lmasligi lozim.
Turistlarga xizmat ko‗rsatish jarayonini loyihalashtirish xizmat ko‗rsatishning
har bir bosqichi bo‗yicha (masalan, xizmatlar bo‗yicha ma‘lumot berish, xizmat
ko‗rsatish, xizmatlar uchun hisob-kitob) amalga oshiriladi va ularning har biri
uchun alohida texnologik harita tuziladi.
Bosqichlarning mazmuni va ketma-ketligi xizmat turiga qarab o‗zgarishi
mumkin. Turistlik xizmatni loyihalashtirishning natijasi texnologik hujjatlar
hisoblanadi (texnologik haritalar, yo‗riqnomalar, qoidalar, reglamentlar va b.)
Sifat nazoratiga doir hujjatlarda turistlarga xizmat ko‗rsatish jarayonini
amalga oshirish yuzasidan nazorat qilish shakllari, usullari va tashkil etilishi,
ularning loyihalashtirilgan tavsiflariga mos tarzda kelishini ta‘minlash maqsadida
belgilanishi lozim.
Sifat nazoratini loyihalashtirish quyidagilardan iborat:



171


-

xizmatlar tavsifiga muhim ta‘sir ko‗rsatuvchi xizmat ko‗rsatish jarayonining


muhim jihatlarini belgilash;
-

xizmatlar tavsifini tahrir etish usullarini belgilash;


-

nazoratdagi tavsiflarni baholash usullarini belgilash.



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin