173
-
zaruriy turistlik jihozlari, uskunalarni va transport vositalarini sonini hisob-
kitob qilish;
-
turizm bo‗yicha yo‗riqchi-uslubchilar, boshqa xizmat ko‗rsatuvchi personalga
bo‗lgan talabni aniqlash hamda ularning tayyorgarligini tashkil etish;
-
safar yo‗li bayonnomasi ko‗rsatilgan reklama – axborot materiallarini
tayyorlash;
-
«turistlik safar» xizmati xavfsizligi bo‗yicha choralarni belgilash.
Safar yo‗lini ishlab chiqish hududlar bo‗yicha mo‗tadil iqlim sharoiti,
ekologik va sanitariya me‘yor
va talablariga javob beradigan, amaldagi me‘yoriy
hujjatlarda belgilangan tarzda (SSBT, tabiat muhofazasi sohasi standartlariga mos
keladigan), hamda aniq turizm turi rivojining real imkoniyatlaridan kelib chiqqan
holda amalga oshiriladi.
«Turistlik safar» xizmatini loyihalashtirishning
hujjatli asosi marshrutning
ekspeditsion tekshiruvi va sayyohlar xohishini sotsiolagik o‗rganish o‗tkazilganligi
to‗g‗risidagi hisobot hisoblanadi (8-ilova)
«Turistlik safar» xizmatini loyihalashtirishning natijasi uning yo‗l pasporti
hisoblanadi (9-ilova).
Turistlik safarining yo‗l pasporti quyidagi tashkilotlar bilan kelishiladi:
-
sanitariya – epidemologiya xizmati organlari;
-
transport vositalari harakatini nazorat qiluvchi boshqa tashkilotlar (DAN, suv
inspeksiyasi va b.);
-
er maydoni boshqaruvi organlari (mulkdorlar) bilan, agar ular hududidan
turistlik safari yo‗li o‗tgan bo‗lsa.
Dostları ilə paylaş: