O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə110/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

To„rtinchi kun. 
Nonushta (7.30-8.00). Tarixiy obidalarga sayohat (8.00-
13.30). Tushlik (13.30-14.30). Bo‗sh vaqt (14.30-20.00). Kechki ovqat (20.00-
21.00). Uyquga yotish/bo‗sh vaqt.



176


Beshinchi kun.
Nonushta (7.30-8.00). Buxoroga jo‗nash. (8.00-12.00)
Joylashish va dam olish (12.00-13.00). Tushlik (13.00-14.00). Shahar bo‗ylab
sayohat, Labi-hovuzdagi teatrlashtirilgan shouda ishtirok etish (15.00-20.00).
Kechki ovqat (20.00-21.00). Uyquga yotish/bo‗sh vaqt.
Oltinchi kun.
Nonushta (7.30-8.00). Tarixiy obidalarga sayr qilish (8.00-
13.30). Tushlik (13.30-14.30). Bo‗sh vaqt (14.30-20.00). Kechki ovqat (20.00-
21.00). Uyquga yotish/bo‗sh vaqt.
Yettinchi kun.
Nonushta (7.30-8.00). Toshkentga jo‗nash (8.00-18.00).
Yo‗lda tushlik (13.00-14.00). Shahar bo‗ylab sayr qilish (18.00-21.00). Aeroportga
transfert (21.00). Parijga uchib ketish (24.00).
Yuqoridagilardan shu narsa ma‘lum bo‗lmoqdaki, yo‗nalish batafsil va
mukammal bo‗lishi, shaharning harakatlanish sxema – kartalari uning tarkibida
mavjud bo‗lishi talab etiladi. Unda barcha diqqatga sazovor joylar,
mehmonxonalarni joylashuvi, restoranlar, aloqa telefonlari va boshqa zarur bo‗lgan
foydali ma‘lumotlar bo‗lishi zarur. Masalan, turistlar o‗z sayohatlari davomida
astronomiya fanining rivojiga buyuk hissasini qo‗shgan alloma – Mirzo
Ulug‗bekning observatoriyasiga tashrif buyuradi. Shu sababli, Ulug‗bekning
tarixiy hayoti va ilmiy faoliyatiga batafsil to‗xtalish, ma‘lumot berish zarur.
Bundan tashqari sayohatchilar yo‗lidagi qadimgi kishilarni to‗xtagan joylarini ham
qayd etish mumkin. Bularning barchasini jarangli va mazmunli nomlar bilan
yetkazish kerak.
Yuqorida qayd etilganidek, turmahsulot turistlarga paket (―pekidj‖) larda
sotiladi. Turoperator turagentlarga komission chegirmalar taqdim etadi yoki
turagent o‗z xizmatlari – reklama, mijozlarni topish, hujjatlarni rasmiylashtirish va
boshqalar uchun ustama haq qo‗yadi. Shu bilan birga, paketdagi taqdim etilayotgan
turni narxini hisoblashni bilish lozim. Turmahsulotning narxini normativ
kalkulyatsiya metodi bilan hisoblash mumkin. Unga turistlarga xizmat ko‗rsatish
bilan ham, turistlar guruhini kuzatish bilan bog‗liq bo‗lgan barcha sarf-harajatlar
kiradi. Turmahsulot narxining formulasi qo‗yidagicha hisoblanadi:


177



Ngr
Ntour
Kd
ZT
T
Stax
SU
Ptur






Pr

Bu yerda,


Ptur
– milliy valyutada bitta turistning turpaket narxi (yoki dollar
ekvivalentida);
SU –
turoperatorning turpaketi ichiga kiradigan xizmatlar tannarxi;
Stax –
alohida xizmat turlari bo‗yicha bilvosita soliqlar summasi (NDS);

PrT –
turoperatorni milliy valyutadagi foydasi (yoki dollar ekvivaletidagi);


ZT –
turpaket tarkibiga kiruvchi alohida xizmat turlari uchun turistga
turoperator taqdim etayotgan chegirma;
Kd –
turpaketni sotuvchi turagentni komission mukofotlash (ko‗p hollarda bu
turpaket narxiga qo‗shimcha yoki turoperatorni turagentning foydasiga narxdan
chegirma);
Ntour –
guruhdagi turistlar soni;
Ngr –
guruhga yo‗lboshchi sifatida hamkorlik qiluvchilarning soni.
Turpaket narxi to‗g‗risida fikir yuritilganda, quyidagilarni qayd qilish juda
muhim, jumladan:
-

turist mazkur turpaket narxi ichiga kirmaydigan qo‗shimcha xizmatlarni


buyuradi, biroq, buning uchun qo‗shimcha haq to‗lashga tayyor;
-

turistlar soni qanchalik ko‗p bo‗lsa, turoperator turagentga taqdim etayotgan


chegirmasi shunchalik katta bo‗ladi va kishi boshiga hisoblaganda turning
tannarxi shuncha past bo‗ladi;
-

ba‘zida tur narxi nomavsumiy vaqtda transportga, joylashish vositalariga,


diqqatga sazovor ob‘ektlarni sayr qilishga yanada past narxlar belgilanadi,
turistlarni yosh tarkibiga (bolalar va maktab o‗quvchilariga) turizmni ko‗pgina
xizmatlarining narxiga kattagina chegirmalar beriladi, mintaqaga ba‘zi davlatlar
chet el turistlarini ko‗proq jalb etish maqsadida turizm faoliyati uchun
imtiyozlar taqdim etadi;



178


-

turpaket narxiga kiruvchi foyda turizm korxonasi tomonidan harajatlar


tannarxiga nisbatan foizlarda belgilanadi, ammo bunda mazkur turmahsulotga
ehtiyoj darajasini hisobga olish zarur.
Bularning barchasida narx doimo elastik , moslashuvchan bo‗lishini, ya‘ni
bozor o‗zgarishlariga aniq moslashishini hisobga olish zarur.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin