185
hisoblanadi. Puxta, qiziqarli ishlangan turistik marshrut turistlarning barcha
talablarini qondiradi va natijada ko‗plab turistlarni o‗ziga jalb qiladi.
Shuning
uchun ham, turistik marshrutlarni mukammal ishlab beradigan malakali
mutaxassislarga talab juda katta bo‗lib, turizm marshrutlarini
ishlab chiqishni
o‗qitish, o‗rgatish O‗zbekistonda turizmni rivojlantirishdagi dolzarb masala
hisoblanadi.
Inson ko‗rib, eshitib yurgan har qanday mo‗jizaviy,
qiziqarli inshootlar,
tabiatning so‗lim go‗shalari, qadimdan saqlanib kelinayotgan tarixiy obidalar,
daryolar,
sharsharalar, hayvonot yoki turli – tuman o‗simliklar o‗sadigan joylar,
tomosha bog‗larining hammasiga ma‘lum bir yo‗ldan boriladi. Bu yo‗l turizmda
«marshrut» deyiladi. Marshrut – fransuzcha – marche – yurish,
oldinga harakat,
route – yo‗l.
Respublikamizdagi barcha turistik resursga – ob‘ektga- manzilu-makonga-
maskanga turli yo‗llar olib boradi. Bu yo‗llar asfaltli, toshli,
mahalliy tuproq
yo‗llari, so‗qmoqlar va hakozo ko‗rinishlarida bo‗ladi. Lekin, bu yo‗llarni turistik
marshrutga aylantirilgandan keyingina turistik resursda turistlar soni ko‗payishi
mumkin.
«Marshrut» so‗zi aniqlangan, belgilangan yo‗lni bildiradi. Marshrut so‗zi
faqat turizm
sohasida tegishli emas balki, insonlarning turizm bilan bog‗liq
bo‗lmagan doimiy, muntazam ravishda ma‘lum tomonga, aniqrog‗i o‗ziga ma‘lum
geografik manzilga harakatlanishini ham anglatadi. Turistik marshrut deyilganda,
bu yo‗ldan turist maqomini olgan Yakka inson yoki
insonlar guruhi yuradigan
harakatlanadigan, ma‘lum bir makonga boradigan va qaytadigan yo‗l tushiniladi.
Hozirgi paytda turizm marshrutlari quyidagi marshrutlarga bo‗linadi:
1.
Qadimgi marshrutlar.
2.
Buyuk geografik kashfiyotlar davridagi marshrutlar.
3.
O‗zgartirilgan marshrutlar
4.
O‗zgarmaydigan marshrutlar
5.
Tiklanadigan marshrutlar.
6.
Tiklanmaydigan marshrutlar
186
7.
Yangi, zamonaviy marshrutlar.
Dostları ilə paylaş: