227
qiladi. Shahar gastroturlari konditer fabrikasiga sayohatni yoki kichik kolbasa sexi,
shu sex qoshida joylashgan restoran va shu yerda tayyorlanadigan tansiq taom sexi
mahsulotlari bilan tanishtiriladi.
Bundan tashqari, bizlarga bir hududning turli-xil taomlari va bir xil taomni
turli xil mamlakatlarda tayyorlanishi bilan
ham aynan shu gastroturlar
tanishtiradilar. Bu juda ham mashhur bo‗lgan fransuz bolgar vinolari turi bo‗lib
sayyohlarni uzum ishkomlari bo‗ylab sayohatga, uzum yig‗ishga va vinolar tatib
ko‗rish (degustatsiyasi)ga chorlaydi.
Gollandiya, Shvesariya va Italiyaga pishloqli
turlarda sayohatchilar
pishloqlarni eng sara navini tatib ko‗rishi va pishloqli yarmarkalarga tashrif
buyurishi mumkin. Germaniya, Avstriya, Chexiya, Belgiya bo‗ylab pivo turlarida
bu ichimlik ishqibozlariga pivoning turli-xilligidan tashqari,
pivo tayyorlanish
xonalari, mashhur pivo barlari va festivallarga tashrifi bilan ham ajralib turadi.
Shuni ta‘kidlash joizki, har bir davlatni o‗ziga xos gastroturizm salohiyati
mavjuddir.
Zero har bir davlatning o‗ziga xos milliy oshxonasi va unda boshqa bir
mamalakatda
takrorlanmaydigan, asrlar osha saqlanib kelayotgan, o‗zining
takrorlanmas mehmondo‗stligi va milliy taomlari bo‗lgan oshxonasi mavjuddir.
Masalan, Yaponiyada turistlar gid boshlovchi yordamida ularning milliy taomi
bo‗lgan «sushi»ni tayyorlash uchun mahsulotlar harid qilishadi va sayyohlar ko‗z
oldida mashhur bosh oshpazlar (shef-povarlar) tomonidan «sushi» tayyorlanadi.
Pasta nazarimizda Italiya sarhadlaridan chiqib ketgan juda ham oddiy taom bo‗lib,
ko‗ringani bilan, kulinar sayohatda
turist bu taomni turli xilligi, uning takrorlanmas
ta‘mi va bir xil reseptda turli xil oshpazlar tomonidan tayyorlangan pastaning
mo‗jizaviy ta‘mi bilan tanishadi hamda uni bir-biri bilan qiyoslaydi.
Dostları ilə paylaş: