O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə137/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

Aydarko‘l rayonidagi

ko‗llar tizimining paydo bo‗lishi bevosita


Mirzacho‗lning o‗zlashtirilishi bilan bog‗likdir. Sizot suvlari hamda zovur-drenaj
suvlarining Aydarko‗l botig‗i tomon harakatlanishi natijasida botiqdagi Tuzkon
ko‗lining kengayishi Arnasoy hamda Aydarko‗l ko‗llarining paydo bo‗lishiga olib



221


keladi. Botiqdagi keyingi dinamik o‗zgarishlar Chor-dara suv omboridagi (1969
y.) ortiqcha suvlarning tashlanishi bilan bog‗liq. Bu suvlarning to‗planishi
natijasida Arnasoy ko‗llari birlashib yagona Aydarko‗llar tizimini va undagi
faunani boyitib beruvchi "Arnasoy buyurtmaxonasi"ni tashkil etilishiga olib keldi.
Sirdaryo rayoni
Sirdaryo rayoni o‗zanidagi to‗qayzorlari bilan ajralib turadi.
Sirdaryoning ba‘zi joylarida doimiy yoki mavsumiy orolchalar mavjud bo‗lib,
unda juda ko‗p qushlar yig‗iladi va manzarali ekoturistik ob‘ekt bo‗lib hisoblanadi.
Chirchiq-Ohangaron tog‘li ekoturistik rayonida
xalqaro ekologik rezervat
joylashgani uchun ham uning huquqiy maqomi tabiatga aralashmaslik prinsipiga
moslashtirilishi lozim. Undagi ekoturistik sayohatda vertolyot va samolyotlardan
foydalanishga ruxsat berilmaydi. Ekoturlar oldindan belgilab berilgan kichik
yo‗lakchalar orqali, kam sonli turistik guruhchalarga bo‗lingan tarzda, yilning
hayvonot olamida uchramaydigan va ko‗paymaydigan davrlarida piyoda va otlarda
aylanish maqsadga muvofiqdir. Mazkur ekoturistik marshrutlarda mahalliy
aholining xizmatidan atroflicha foydalanish ularni noekologik yo‗naltirilgan
turmush tarzini ijobiy tomonlarga o‗zgartiradi.
Farg‘ona rayoni
ekoturizmni rivojlantirishda muhum ahamiyat kasb etadi.
Chunki undagi landshaftlarining turli-tumanligi markazdagi cho‗llardan tortib, to
maftunkor tog‗ cho‗qqilari barchani o‗ziga jalb etadi. Tog‗lardagi tezoqar va
ba‘zida kechuv qiyin bo‗lgan daralarda raftlarda oqish (raf ting), Janubiy
Farg‗onadagi balandligi 10 m keladigan, dam olayotgan tuyalarni eslatuvchi
ekzotik relef shakllariga hamda "Yozyovon davlat tabiat yodgorligi"dagi ajoyib
tabiiy qum massivi (1994-yilda tashkil etilgan va maydoni 1,9 ming ga) piyoda
turlar uyushtirish mumkin. Koksu vodiysida 120 yil avval vujudga kelgan, oq,
kulrang qoyalar bilan o‗ralgan toza, muzdek suvli ko‗k va yashil ko‗llar ham
ekoturizm ob‘ektidir.
Farg‗ona vodiysida milliy hunarmandchilik juda ham rivojlanganligi tufayli
uni ekoturizm bilan uyg‗unlikda olib borish mumkin. Rishtonda avloddan-avlodga
o‗tib keluvchi kulolchilik san‘ati, Chustda do‗ppido‗zlik, pichoqchilik va



222


temirchilik, Marg‗ilonda atlas to‗qish kabi milliy xunarmandchilik asrlar davomida
taraqqiy etib kelmokda.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin