O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə136/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

Nurota ekoturistik rayoni
o‗zining ajoyib tabiat manzaralari, tarixiy
arxitektura yodgorliklari bilan kishilarni maftun etadi. 1975- yilda tashkil etilgan
va maydoni 17,8 ming ga bo‗lgan Nurota tog‗ yong‗oqzor-meva qo‗riqxonasi
mavjud. Bu qo‗riqxonaga «Ekosan» qoshidagi «Ekosantur» firmasi tomonidan
ko‗plab marshrutlar uyushtirilgan. Oqtog‗ning janubiy yon bag‗rida joylashgan
shamol ta‘sirida tebranib turuvchi bahaybat harsang toshli «Sangijumon»,



220


«Koriz qoldiqlar» kabi tabiat yodgorligi ekoturizmning muhim
ob‘ektlaridan bo‗lib hisoblanadi.
Ko‗p asrlik ziyoratgoh «Chashma buloq» yaqinida «Chilustun» masjidi,
madrasa, Abul Xasan Nuriy maqbarasi va qal‘asi joylashgan. Qoratog‗ tizmasining
janubiy yon bag‗rida «Sarmish darasi»dagi qoyalarda avlodlarimizning hayoti va
madaniyatini aks ettiruvchi lavhalar, rasmlar ishlangan.
Janubiy Nurota tizmasida uzunligi 110 m, absolyut balandligi 1060 m,
maydoni 163 m keladigan «Maydon karst g‗ori», Shimoliy Nurota tizmasidagi
uzunligi 130 m, absolyut balandligi 1100 m, maydoni 70 m keladigan «Xonaixudo
karst g‗or» da g‗orshunoslikni rivojlantirish mumkin. Bulardan tashqari, XI asrda
bunyod etilgan va XVIII asr boshlarigacha turgan «Raboti Malik karvonsaroyi»
sayyohlarning to‗xtash joyi shuningdek, savdogarlarning savdo qilish joyi bo‗lgan.
Raboti Malik yonida ming yillik tarixga ega bo‗lgan madaniy yodgorlik-sardoba
uchraydi. Yer ichiga 12 m botirilgan sardobada butun yoz bo‗yi muzdek va toza
suv saqlangan.
Zarafshon ekoturistik rayonida
Zarafshon daryosi bo‗ylarida joylashgan
to‗qay landshafti, undagi o‗simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun
tashkillashtirilgan «Zarafshon qo‗riqxonasi» mavjud. Buxoro viloyatining
Shofrikon o‗rmon xo‗jaligi hududida joylashgan qum cho‗l landshafti, u yerdagi
o‗simliklar va hayvonlar hamda tarixiy yodgorliklar (Vardanza shahar harobalari)
davlat tomonidan qo‗riqlanadi. «Vardanza qo‗riqxonasi», «To‗dako‗l flora va
faunasini boyitish buyurtmaxonasi», Qoravulbozor xo‗jaligida joylashgan «Jayron-
ekomarkazi», suv va botqoqqa moslashgan qushlarni ko‗paytiruvchi «Dengizko‗l
buyurtmaxonasi», Zarafshon tog tizmalaridagi Omonqo‗ton va Temurlang karst
g‗orlari, Zirabuloq-Ziyovuddin tog‗ tizmalaridagi ko‗p qavatli «G‗untak g‗ori» va
boshqalar diqqatga sazovordir.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin