O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti


Orol va Orolbo‘yi ekoturistik rayoni



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə135/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

Orol va Orolbo‘yi ekoturistik rayoni
ekologik inqirozli ekoturistik hudud
bo‗lgani uchun ham ekstremal ekoturistik ob‘ekt bo‗lib hisoblanadi. Ekoturistik
marshrutlar bir paytning o‗zida ham Orolning qurigan, ham uning ta‘sirida bo‗lgan

39
O‗zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat ko‗mitasi ma‘lumotlari asosida




219


Orol atrofi hududlarini qamrab oladi. Ekoturlar nafaqat treking (piyoda) yoki tuya
va otlarda, balki samolyot va vertolyotlar orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Amudaryo ekoturistik rayoni
.
Amudaryoning o‗zaniga yaqin sohillarida
to‗qayzorlar mavjud bo‗lib, ular ekoturlar uchun juda qiziqarli noyob landshaft
hisoblanadi. Quyi Amudaryoning o‗ng sohilida to‗qay landshaftidagi qushlar va
hayvonlarni muhofaza qilish uchun Badayto‗qay qo‗riqxonasi tashkil etilgan.
Ornitafaunani saqlash uchun Xorazm buyurtmaxonasi tashkil etilgan. Bulardan
tashqari, Qizilqumning g‗arbiy qismida, Amudaryoning o‗ng qirg‗og‗ida, kembriy
va kembriygacha davrda burmalangan tog‗ jinslari ochilmalaridan iborat,
balandligi 485 metrlik Sulton Uvays tog‗lariga ekoturlar uyushtirish mumkin.
Amudaryo rayonida O‗zbekistonning ko‗hna shaharlaridan biri Xorazm
joylashgan, uning arxitektura yodgorliklari tarixiy turizm markazlaridan biri
hisoblanadi. Ekoturlarni tarixiy turlar bilan kompleks olib borish mumkin.
Qizilqum rayoni
cheksiz qumliklardan iborat bo‗lsada, lekin boy o‗simlik va
hayvonot olamiga ega. Masalan - rekreatsion, geoekologik, geomorfologik,
geodemografik, geopolitik, geokartografik, geobotanik rayonlar va h.k.
Ekoturistik ob‘ektlardan biri bo‗lgan qo‗riqxonada Buxoro bug‗usi (xongul),
to‗ng‗iz, qirg‗ovul, echkemar, jayron, qum charxiloni, Turkiston kobrasini va
hattoki, Prjivalskiy otlari saqlanadi.
Qizilqumda bahor oylarida kishilarga estetik zavq berib, hordiq chiqaradigan
chiroyli gulli o‗simliklar lola, chuchmoma, eremurus, boyg‗alcha, lolaqizg‗aldoq,
boychechak kabilar o‗zgacha go‗zallik kasb etadi. Tuyalar karvoni esa unga
yanayam ekzotik tus beradi hamda uni jozibadorligini oshiradi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin