O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti


Ekologik turizmning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o„rni



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə131/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

Ekologik turizmning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o„rni 
Qayd qilingan vazifalarni bajarishda quyidagi ekoturistik tamoyillarni ya‘ni
ekologik munosabatlarni turizm orqali tartibga solishga yo‗naltirilgan qoidalarga
qattiq, ma‘suliyat bilan rioya qilish talab qilinadi:

ekoturizmda tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish


masalalarining ustivorligi;

ekoturizmning tarixiy, madaniy va boshqa turizm turlari bilan


bog‗langanligi;

turizm va servis sohasi yo‗nalishidagi barcha ta‘lim muassasalarida


ekoturistik o‗quv kiritilishining maqsadga muvofiqligi;

mahalliy aholining ekologik ongi va madaniyatini o‗stirishda


ekoturizmni jalb qilish zaruriyati;



210


tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning


mazmunini ekoturistik marshrutlarda aks ettirish;

davlat, jamiyat, mahalliy boshqaruv idoralarining ekologik turizmdan


manfaatdorligi;

ekoturizmda ekologik ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlikning yagonaligi;


ekoturizmda milliy g‗urur va iftixorni shakllantirishning zarurligi.


Qayd qilingan tamoyillarning bajarilishi O‗zbekistonda ekologik turizmni
jadal rivojlantirishning asoslarini ta‘minlaydi.

14.4.Ekologik turizmni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari 
Ekoturizmni rivojlantirish bo‗yicha «O‗zbekistonda ekologik turizmni
rivojlantirish Konsepsiyasi» qabul qilingan. Ushbu konsepsiyaning 1.4. bandida –
ekoturizmning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari yechimini topishi lozim bo‗lgan
dolzarb masalalari qayd qilingan. Ular quyidagilar:

ekoturizm ob‘ektlarida aholini ish bilan ta‘minlash, ijtimoiy muhofaza


qilish muammolarini hal qilish;

ekoturizm qadamjoylarida kichik va o‗rta biznesni rivojlantirish orqali


qo‗shimcha ish o‗rinlarini yaratish, turistik infratuzilmalarni hosil qilish;

ekoturizmning jahon talablariga javob beraoladigan moddiy – texnik,


axborot–tahliliy bazasini yaratish xizmat ko‗rsatish va servis sohasini
rivojlantirish;

ekoturizm maskanlarini elektr energiyasi va issiq suv bilan ta‘minlash


maqsadida ekologik toza, qayta tiklanuvchi muqobil energiya qurilmalari
yordamida foydalanishni keng yo‗lga qo‗yish.
G‗arb mamlakatlarida ekoturizmga iqtisodiy soha jihatidan qaraladi, chunki
chet ellarda jadal sura‘tlar bilan rivojlanib borayotgan ekoturizm iqtisodiy foyda
keltiruvchi turizmning eng istiqbolli turlaridan biri hisoblanadi. Ekspertlarning
ta‘kidlashlariga binoan, ekoturistlar ko‗pincha o‗rta yoki o‗rtadan yuqori
sarmoyaga ega bo‗lgan, har tomonlama ta‘minlangan sayohatchilardan iborat.



211


Sayyoramizda inson faoliyati tegmagan yovvoyi tabiat juda kam qolganligi
sababli, odatda bunday hududlarga sayohat qilish cheklangan, hamda ularga
sayyohat qilish ham sezilarli darajada qimmat bo‗ladi. Shu sababli, ekoturizmda
turizmning boshqa turlaridan tushgan daromadlardan bir necha marotaba ko‗pdir.
Hozirgi kunda ekoturizm «Jahon sayohat va turizm kengashi» (WTTC) va
Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) ma‘lumotlariga ko‗ra, jadal sur‘atlar bilan
rivojlanib borayotgan turistik industriyalardan biri hisoblanadi.
Masalan, Kanada davlatida yovvoyi tabiatga sayohat, turizmning umumiy
hajmi ichki turizmdan tushgan daromadning 25 % ini tashkil etadi. Kanada
hukumati, faqatgina ekoturizmdan tushgan soliq hisobidan har yili 1,7 mlrd.
AQSH dollarida foyda oladi. Bu esa, hukumat tomonidan yovvoyi tabiatni
muhofaza qilish dasturiga ajratilgan mablag‗dan (300 mln. dollar) 5 baravar
ko‗pdir. Demak, ekoturizm tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga
katta iqtisodiy hissa qo‗shadi, hamda bunday tadbirlarni to‗la-to‗kis o‗tkazishga
katta moliyaviy ko‗mak ham berishi mumkin.
BMT va BTT tashkilotlarining ma‘lumotlari bo‗yicha, oxirgi 20 yil ichida
endi rivojlanib borayotgan mamlakatlarda ekoturistlar soni ko‗payib va undan
olinadigan daromadlar yildan-yilga o‗sib bormoqda. Masalan, har yili
ekoturizmdan Keniya – 1,4 mlrd. Nepal – 1,5 mlrd. AQSH dollarida daromad
oladilar. Qayd qilish lozimki, ushbu mamlakatlarning ekoturizmdan olgan
daromadi davlat yalpi ichki mahsulotining 60 % iga teng.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin