218
Har bir ekoturistik tumanga ekoturistik zona deb ham qarash mumkin. Ular
jumlasiga Ustyurt, Orol va Orolbo‗yi, Amudaryo, Qizilqum, Nurota,
Zarafshon, Aydarkul, Sirdaryo, Chirchiq, Ohangaron, Farg‗ona, Turkiston,
Qashakadaryo, Hisor, Surxondaryo ekoturistik rayonlari kiritilgan.
14.1-rasm
.
O„zbekiston Respublikasining ekoturistik rayonlari
39
Har bir rayon o‗zining ekoturistik holati, imkoniyatlari, shart-sharoitlari va
rivojlanish istiqbollari nuqtai nazaridan ajralib turadi. Masalan,
Ustyurt ekoturistik
rayonini
oladigan
bo‗lsak,
u
O‗zbekistonning
shimoliy-g‗arbiy
Qoraqolpog‗istonda joylashgan plato bo‗lib, uning umumiy maydoni 200 ming
km
2
ni tashkil etadi. Bu joylar dunyoda eng katta va yagona 60-150 metrlik tik
qoyali jarlari, davolash xususiyatiga ega bo‗lgan juda katta-1000 km tuzli
Borsakelmas sho‗rxoki bilan mashhur. O‗simlik qoplami siyrak, osh tuzi va
balchiqli tuzning qatlami 16-27,5 m gacha boradi. Yangi qurib bitkazilgan
Qo‗ng‗irot soda zavodi aynan ana shu tuzlar hisobiga ishlaydi.
Neolit davridan qolgan «Ustyurt makoni» ham noyobdir. Unda 60 ga yaqin
qadimiy odamlar yashagan tabiiy ob‘ektlar aniqlangan. Ularning ichida ham
tarixiy, ham ekoturistik ahamiyatga moyil «Tempa» makoni bo‗lib, undan Xorazm
arxeologiya ekspeditsiyasi qadimiy mehnat va ov qurollarini topgan.
Dostları ilə paylaş: