208
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlagandek
«Go‘zal
geografik va tabiiy sharoitlar Respublikamiz hududida ekologik turizmni
rivojlantirish uchun g‘oyat qulaydir. Bu borada mamlakatning tog‘li hududlarida
joylashgan, zamonaviy jihozlangan sayyohlik majmualarida qishki va noyob
sayyohlik dasturlari tashkil etilgan. Sayyohlikning yangi yo‘nalishi-yirik
qo‘riqxonalar va bog‘lar xududida tashkil etilgan tabiatshunoslik turizmi
rivojlanmoqda»
36
.
14.3.Xorijiy ekoturizm bozori
Darhaqiqat, O‗zbekistonda ekologik turizm rivojlanib borishining yana bir
sababi turist o‗zi qiziqgan tabiat va uning tabiiy sharoiti, biologik resurslari bilan
tanishibgina qolmasdan, bu tabiat bag‗rida dam oladi, tabiat go‗zalligini
chuqur
his qiladi. Uning resurslarini avaylash xohish-istagi paydo bo‗ladi.
Respublikamizning ekologik turizm salohiyatini hisobga olganimizda ekologik
turizmni rivojlantirishning asosiy resurslari – 4 faslli tabiat mavsumlari, o‗zining
ekologik tizimlariga ega bo‗lgan 5 ta tabiiy landshaft bio-xilma-xilliklarida
endemik (faqat O‗zbekiston tabiatida) turlarning mavjudligidan iborat.
O‗zbekistonning
ekologik
turizmdagi
resurslar
salohiyatiga
alohida
to‗xtalganimizda, quyidagi ekoturizm manbalarini keltirish,
tavsiflash masalaga
ravshanlik kiritadi.
O‗zbekiston 3,8 mln. gektarga ega bo‗lgan ovchilik – baliqchilik yer
maydonlariga ega, ulardan 1 mln. gektarini suv fondi tashkil etadi. Respublikamiz
faunasi 97 turdagi o‗txo‗r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib
yuruvchilar va 83 tur baliqlarga ega.
Bulardan, O‗zbekiston Respublikasi «Qizil
kitobiga» o‗txo‗r hayvonlarning 24 turi, qushlarning 48 turi, sudralib
yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar kiritilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti ma‘lumotlari
bo‗yicha, O‗zbekistonda hozirgi kunda 4148 tur o‗simliklar mavjud. Shulardan,
3000 turlari oliy, yovvoyi o‗suvchi o‗simliklar, ulardan 9 foizi endemiklardan
36
Экологический вестник. Ж. Тошкент, № 6, 2007.
209
iborat. O‗zbekiston hududining muhofaza etilayotgan
tabiiy hududlar tarkibida
2164 km
2
ni tashkil qilgan 10 ta davlat qo‗riqxonasi, 6061 km
2
ni tashkil etgan 2 ta
milliy bog‗ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko‗paytirish respublika
markaziy – «Jayron» ekomarkazi, 12186 km
2
maydonni tashkil etgan 17 ta davlat
buyurtmaxonalari mavjud.
Keltirilgan ma‘lumotlarga qo‗shimcha qilib qayd qilish mumkinki,
O‗zbekiston Markaziy Osiyoning o‗rtasida, ekologik turizmning rivojlanishi uchun
qulay transport, geografik hududlarida joylashgan. Ekspertlarning ma‘lumotiga
qaraganda ekoturizm sayyohlik bozorining 10-20 %ini qamrab olgan, o‗sish sur‘ati
esa umumiy turizm industriyasining o‗sish sur‘atidan 2 – 3 marotaba oshib ketdi.
Shuning uchun ham bugungi kunda ekologik turizmni rivojlantirish asoslarini va
ekologik resurs maskanlariga turistik marshrutlar tuzishning uslubiy asoslarini
ishlab chiqish zarur bo‗lmoqda.
O‗zbekistonlik
ekolog olimlarning fikricha, – ekoturizm ma‘rifiy-ma‘naviy
tushunchalar ostida ekoturistlarning ekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot
va o‗simliklar dunyosiga, tabiiy hududlarning tarixiy yodgorliklariga,
arxeologik
topilmalariga, geologiyasiga, paleontalogiya qoldiqlariga sayohatlari kabi tabiat
bilan bog‗liq majmualar kiradi.
Dostları ilə paylaş: