O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə130/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

14.
2.Ekologik turizmning mohiyati

Ekologik turizmning iqtisodiyotni 
rivojlantirishdagi o„rni 
Ekologik turizm o‗tgan asrning oxirlaridan boshlab jahon turizmi
industriyasiga asta-sekin kira boshladi. Butunjahon turizm tashkilotining
ma‘lumotlari bo‗yicha keyingi besh yilda ekologik turizmda turistlar oqimi tobora
ko‗payib borayotganligi haqida hisob – kitob natijalari keltirilgan. Ushbu turizm
yo‗nalishida janubiy Yevropa, Janubiy – sharqiy Osiyo, kichik Osiyo, Xitoy va
Afrika qit‘asidagi davlatlar oldingi o‗rinlarda borishmoqda.
Albatta, qayd qilingan geografik tabiiy manzillar betakror tabiat mintaqalar
bo‗lib, doimiy bahor va yoz iqlimiga ega bo‗lgan davlatlarning tabiatdagi biologik
xilma-xillik resurslari, sharoitlari bu mintaqalarda yil davomida turistlar oqimining
ko‗payishini ta‘minlaydi, imkoniyatlar yaratadi. Hozirgi kunga kelib jahonda
ekologik turizm jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan turizm sohalaridan biriga
aylandi.



208


O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlagandek

«Go‘zal 
geografik va tabiiy sharoitlar Respublikamiz hududida ekologik turizmni 
rivojlantirish uchun g‘oyat qulaydir. Bu borada mamlakatning tog‘li hududlarida 
joylashgan, zamonaviy jihozlangan sayyohlik majmualarida qishki va noyob 
sayyohlik dasturlari tashkil etilgan. Sayyohlikning yangi yo‘nalishi-yirik 
qo‘riqxonalar va bog‘lar xududida tashkil etilgan tabiatshunoslik turizmi 
rivojlanmoqda»
36
.


14.3.Xorijiy ekoturizm bozori 
Darhaqiqat, O‗zbekistonda ekologik turizm rivojlanib borishining yana bir
sababi turist o‗zi qiziqgan tabiat va uning tabiiy sharoiti, biologik resurslari bilan
tanishibgina qolmasdan, bu tabiat bag‗rida dam oladi, tabiat go‗zalligini chuqur
his qiladi. Uning resurslarini avaylash xohish-istagi paydo bo‗ladi.
Respublikamizning ekologik turizm salohiyatini hisobga olganimizda ekologik
turizmni rivojlantirishning asosiy resurslari – 4 faslli tabiat mavsumlari, o‗zining
ekologik tizimlariga ega bo‗lgan 5 ta tabiiy landshaft bio-xilma-xilliklarida
endemik (faqat O‗zbekiston tabiatida) turlarning mavjudligidan iborat.
O‗zbekistonning
ekologik
turizmdagi
resurslar
salohiyatiga
alohida
to‗xtalganimizda, quyidagi ekoturizm manbalarini keltirish, tavsiflash masalaga
ravshanlik kiritadi.
O‗zbekiston 3,8 mln. gektarga ega bo‗lgan ovchilik – baliqchilik yer
maydonlariga ega, ulardan 1 mln. gektarini suv fondi tashkil etadi. Respublikamiz
faunasi 97 turdagi o‗txo‗r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib
yuruvchilar va 83 tur baliqlarga ega. Bulardan, O‗zbekiston Respublikasi «Qizil
kitobiga» o‗txo‗r hayvonlarning 24 turi, qushlarning 48 turi, sudralib
yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar kiritilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti ma‘lumotlari
bo‗yicha, O‗zbekistonda hozirgi kunda 4148 tur o‗simliklar mavjud. Shulardan,
3000 turlari oliy, yovvoyi o‗suvchi o‗simliklar, ulardan 9 foizi endemiklardan

36
Экологический вестник. Ж. Тошкент, № 6, 2007.





209


iborat. O‗zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar tarkibida
2164 km
2
ni tashkil qilgan 10 ta davlat qo‗riqxonasi, 6061 km
2
ni tashkil etgan 2 ta
milliy bog‗ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko‗paytirish respublika
markaziy – «Jayron» ekomarkazi, 12186 km
2
maydonni tashkil etgan 17 ta davlat
buyurtmaxonalari mavjud.
Keltirilgan ma‘lumotlarga qo‗shimcha qilib qayd qilish mumkinki,
O‗zbekiston Markaziy Osiyoning o‗rtasida, ekologik turizmning rivojlanishi uchun
qulay transport, geografik hududlarida joylashgan. Ekspertlarning ma‘lumotiga
qaraganda ekoturizm sayyohlik bozorining 10-20 %ini qamrab olgan, o‗sish sur‘ati
esa umumiy turizm industriyasining o‗sish sur‘atidan 2 – 3 marotaba oshib ketdi.
Shuning uchun ham bugungi kunda ekologik turizmni rivojlantirish asoslarini va
ekologik resurs maskanlariga turistik marshrutlar tuzishning uslubiy asoslarini
ishlab chiqish zarur bo‗lmoqda.
O‗zbekistonlik ekolog olimlarning fikricha, – ekoturizm ma‘rifiy-ma‘naviy
tushunchalar ostida ekoturistlarning ekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot
va o‗simliklar dunyosiga, tabiiy hududlarning tarixiy yodgorliklariga, arxeologik
topilmalariga, geologiyasiga, paleontalogiya qoldiqlariga sayohatlari kabi tabiat
bilan bog‗liq majmualar kiradi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin