O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə138/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

Turkiston ekoturistik rayonida
ekoturlarni alohida muhofaza etiladigan
hududlarga uyushtirish mumkin. Chunki bu rayonda Turkiston tizmasining
shimoliy yonbag‗rida 1959- yilda tashkil etilgan, absolyut balandligi 1760-3500 m,
umumiy maydoni 21735 ga bo‗lgan «Zomin davlat qo‗riqxonasi», maydoni 24110
ga bo‗lgan noyob tog‗-archa ekosistemalarini tiklash va rekreatsiya maqsadlarda
foydalanish uchun 1978- yilda tashkil etilgan «Zomin milliy bog‗i» mavjud.
Qashqadaryo ekoturistik rayoni
cho‗l, dasht, tog‗ oldi va tog‗li hududlardan
iborat. Bu rayonda yoz va bahor oylarida cho‗l va dashtlarda, yilning barcha
fasllarida esa tog‗ oldi va tog‗li hududlariga ekoturlar uyushtirish mumkin.
Qashqadaryo rayonida 1979-yilda tashkil etilgan, 3938 ga maydonga ega bo‗lgan,
MDH davlatlari ichida yagona «Kitob davlat geologiya qo‗riqxonasi», 1992-yilda
tashkil etilgan «Muborak buyurtmaxonasi», 1992- yilda tashkil etilgan
«Sechenko‗l buyurtmaxonasi» mavjud.
Hisor rayoni
1983-yilda tashkil topgan. O‗zbekiston Respublikasi Qishloq va
suv vazirligiga qarashli, absolyut balandligi 1150-4349 m. bo‗lgan, 870 xil
o‗simlik, 140 xil hayvonot olamiga ega, maydoni 80,9 ming ga bo‗lgan Hisor
davlat qo‗riqxonasi mavjud. Bu rayonda ekoturlarni mahalliy aholining
madaniyatini aks ettiruvchi "Boysun" etnografik folklor ansambli chiqishlari bilan
uy g‗unlikda olib borish sayohlarni o‗ziga ko‗proq jalb qilish imkoniyatini beradi.
Surxandaryo ekoturistik rayonida
Ko‗hitang tog‗li hududda 1987-yilda
tashkil etilgan, 53,7 ming ga maydonda 800 xil o‗simlik va 290 ta qush hamda 20
dan ortiq hayvon turlarini muhofaza qilishga yo‗naltirilgan «Surxon davlat
qo‗riqxonasi» mavjud. Surxondaryo rayoni Respublikamizning o‗ziga xos
rayonlaridan biri, bu yerda quruq subtropik iqlim mintaqasi hukmron. Shuning
uchun ham yilning ko‗p oylarida ekoturlar uyushtirish imkoniyati bor
40
.

40
O‗zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza kilish Davlat Qo‗mitasi ma‘lumotlari asosida





223


Yuqoridagilardan ko‗rinib turibdiki, O‗zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish
uchun shart-sharoitlar yetarli, imkoniyatlar katta. Ekoturni yilning barcha fasllarida
o‗tkazish va uni tarixiy, diniy turizm bilan qo‗shib olib borish mumkin.
Toshkent shahriga yaqin bo‗lgan Xumson-Oqtosh zonasining turistik
salohiyati tur mahsulot xizmatlarining narxi uncha baland emasligi va xududning
katta imkoniyatlari bilan farqlanadi. Xumsonga qilinadigan tashriflarning o‗rtacha
soni har mavsumda 10 ming kishiga yetadi, Xumsonning-Oqtosh zonasiga bir
kunlik tashriflarni ham qo‗shib hisoblaganda kamida 120 ming kishiga yetishi
mumkin.
Xumson xalqaro turizm yo‗nalishida kam tilga olinadi. Chet el sayohatchilari
bu yerlarga faqat Toshkentga qilgan tashriflari doirasida kelishadi (ularning ulushi
atigi 2% ni tashkil qiladi, bo‗lish muddatlari 2 kungacha). Bu hol xalqaro
miqiyosda reklama ishlari hali to‗liq yo‗lga qo‗yilmaganligini anglatadi. Shu bilan
birga, Xumson-Oqtosh turistik zonasiga qiziqish bildiradigan mahalliy
turoperatorlar mavjud. Masalan, Asia rast, Ecosan tour, Elena tour, AST, Ark-
Osiyo firmalari shular jumlasidandir. Xumson-Oqtosh zonasi bo‗yicha tavsiya
qilinadigan turistik mahsulot yo‗nalishlari:
-
tog‗da otda yurish marshrutlari;
-
tog‗da piyoda yurish marshrutlari;
-
folklor va gastronomiya;
-
tabiat qo‗ynida hordiq chiqarish, joylarga ekologik turlar
uyushtirish;
-
baliq ovi, dorivor o‗simliklar yig‗ish.
Yuqorida ko‗rsatilgan marshrutlar o‗tkazish uchun eng qulay vaqtlar:
-
trekkinglar-aprel-iyun oxiri va sentyabr-oktyabr o‗rtalari;
-
tog‗larga chiqish-may-sentyabr;
-
suvda sayr qilish-may-iyul;
-
otda sayr qilish iyun-iyul va sentyabr-oktyabr;
-
iznes iva sayr qilish-may-oktyabr;
-
paraglayding va deltaplenerlik-may-oktyabr;



224


-

tog‗ chang‗isi va taxtalari (snoubording)-yanvar-mart oxiri.




Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin