15.2.Gastronomiya turizmini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari
Hozirgi vaqtda gastronomiya turizmining rivojlanishi «milliy iqtisodiyotga
ijobiy ta‘siri, bandlikni ta‘minlash va madaniy meros sifatida har tomonlama
tavsif» sifatida BTT ning doimiy nazoratida hisoblanadi. BTT ekspertlarining
taqdim etgan ma‘lumotlariga binoan «turizm sohasidagi 30% harajatlarni
gastronomiya turizmi tashkil etib, gastroturizm mahalliy madaniyatning asosiy
elementi va ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi, bunda asosiy e‘tibor Buyuk
Ipak yo‗lidagi turistik yo‗nalishlarning turistik takliflarini takomillashuvini va
milliy oshxonani rivojlantirishga qaratilgandir»
41
.
Sayohatga chiqar ekanmiz biz o‗z oldimizga odatda qator maqsadlarni
qo‗yamiz, jumladan, Sinay tog‗lariga ko‗tarilish, Qadimgi Misr va Rim
ehromlarini tomosha qilish, yoxud dengiz bo‗yida miriqib dam olish kabi
maqsadlar bilan birgalikda, muhimi asrlar davomida saqlanib kelgan mahalliy
milliy taomlar ta‘midan bahra olish va ularni tayyorlanish madaniyati bilan
tanishishdan iborat bo‗ladi.
Gastronomik turlarning maqsadi
u yoki bu mamlakat oshxonasining
xususiyatlari bilan tanishishdan iborat bo‗lib, bunda bir necha tansiq taomlarni
tatib ko‗rish yoxud ko‗plab taomlarni iste‘mol qilish emas, balki asrlar davomida
saqlanib kelgan mahalliy reseptlarni va urf-odatlarni o‗zida jamlagan milliy
taomlardan bahra olish va ularni tayyorlanish madaniyati bilan tanishishdan iborat
bo‗ladi.
Gastronomik sayohat – bunda sayohatchi u yoki bu mamalakat to‗g‗risidagi
tushunchani izohlash bilan birga, milliy taom orqali shu mamlakat xalqining
ruhiyatini o‗rganadi va uning mentaliteti haqida ma‘lumot oladi.
Shunday qilib,
gastronomiya turizmi – bu mamlakatlar va qit‟alar bo„ylab sayohat qilish
41
Данилов С. Туризм со вкусом узбекского плова. Т.: 2013
|