15 -
MAVZU. Gastronomiya turizmini rivojlantirish istiqbollari Reja: 1.
Gastronomiya turizmi.
2.
Gastronomiya turizmining turlari, rivojlantirishning maqsadi va vazifalari.
3.
O‗zbekistonda gastronomiya turizmini shakllantirish xususiyatlari.
4.
O‗zbekistonda gastronomiya turizmini shakllantirishda milliy taomlar
turlari.
5.
Mahalliy oshxona. Gastronomiya turizmini rivojlantirish istiqbollari
15.1.Gastronomiya turizmi Gastronomiya turizmi turiga qiziqish yildan-yilga oshib bormoqda. Bu
qiziqish ko‗proq Buyuk Britaniya, Italiya va Peruda keng ommalashib, yildan –
yilga gastroturistik marshrutlar ishlab chiqqan mamlakatlar soni tabora ortib
bormoqda. Bunday qiziqishning oshishi turizmning boshqa turlarini ham
rivojlantirishga zamin yaratmoqda. Insonlar dam olishining bu turini yarim fabrikat
mahsulotlarni iste‘mol qilish ko‗ngliga urganidan so‗ng, ko‗ngli istagan taomni asl
holida tatib ko‗rishga intilish, deb ham tushunish mumkin.
Gastronomiya turizmi birinchi navbatda gurmanlar, ya‘ni mazali taom
istovchilar uchun jozibador bo‗lib, ularga tansiq taom, bu nafaqat yegulik balki,
ko‗tarinki kayfiyat bag‗ishlovchi lahzalar hisoblanadi. Ikkinchidan, gastronomik
sayohatlar ish faoliyati ovqat tayyorlash va tanovvul qilishga bevosita bog‗liq
bo‗lgan kasb egalarini, xususan restoran boshqaruvchilarini, tatib ko‗ruvchilar
(degustatorlar), restoran tanqidchilari kabi insonlarni o‗ziga jalb qiladi. Bu insonlar
gastroturlarga o‗zlarini kasbiy mahoratlarini oshirishga, bilimlarini oshirish va
ko‗nikmalarini mohirona boshqarishga yo‗naltirish maqsadida gastroturlarga
chiqishadi.
Shundan kelib chiqib, bu gastronomik turlarda eng mohir bosh oshpazlar
(shef-povarlar)dan iborat master-klasslar bo‗lib, bunda ular o‗z kasbiy sirlari bilan
225
bajonidil baham ko‗rishadi. Nihoyat gastronomik turlarda turistik kompaniya
vakillari o‗z tijoratini kengaytirish maqsadida kulinar sayohatlarga chiqishadi.