O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti


- MAVZU. Xorijda qishloq turizmini rivojlantirish tajribasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə147/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

16
-
MAVZU. Xorijda qishloq turizmini rivojlantirish tajribasi 

Reja: 
1.

Qishloq turizmi. Jahonda qishloq turizmining shakllanish jarayoni.


2.

Qishloq turizmini rivojlantirishning xalqaro modellari va uni


O‗zbekiston sharoitida qo‗llash.
3.

Qishloq turizmini rivojlantirishda Yevropa davlatlarining dasturlari.


4.

Qishloq turizmini rivojlantirish bosqichlari.


5.

Qishloq turizmini rivojlantirishda strategik rejani ishlab chiqish


yo‗llari.

16.1.Qishloq turizmi. Jahonda qishloq turizmining shakllanish jarayoni 
XX 
– asrning ikkinchi yarmidan insoniyatning tarixiy – madaniy boyligi va
tabiat resurslarini asrab – avaylashning muhimligi keng jahonda e‘tirof etila
boshlandi. Natijada qishloq turizmi jadal sur‘atlar bilan rivojlana boshlandi.
Hozirda esa odamlarning (turistlarning) mahalliy aholi bilan tanishuv va
muloqatga kirishi, do‗stlashuvi, qishloq hayoti bilan hamnafas bo‗lish, qishloq
xo‗jalik ishlari bilan shug‗ullanish, qishloq tabiati bag‗rida dam olish, sport bilan
shug‗ullanish turizmda qishloq turizmining imkoniyatlari katta ekanligini isbotladi.
So‗ngi yillarda esa qishloq turizmining ko‗p faoliyatligi natijasida dunyoda
uning ommaviyligini tobora oshirib, kuchaytirib bormoqda. Qishloq turizmini
ekologik turizmning bir tarmog‗i deb talqin qiluvchilar ham o‗zlarini haq deb
bilishadi. Masalan, ekologik turizm ko‗p hollarda tabiat bag‗rida joylashgan
qishloqlarda yuz beradi yoki turistlar turistik infratuzilmalar va turistik xizmatlarni
ekotur vaqtida qishloq aholisidan sotib olishadi. Jahon ilmiy adabiyotida ekologik
turizmning nomlanishiga e‘tibor bersak, bu holatni tezda ilg‗ab olamiz:

yumshoq turizm (Soft Tourismus);


tog‗ turizmi (Mountain Tourismus);


tabiat turizmi (Nature Tourismus);


yovvoyi turizm (Wilderness Tourismus);





239


yashil turizm (Green Tourismus);


sarguzasht turizmi (Adventure Tourismus);


qishloq turizmi (Agro Tourismus);


ekoturizm (Ecotourismus).


Qayd qilingan turizmning barcha turlari ham nomlanishi ham albatta tabiat va
uning resurslarini eslatib turadi. Qayd qilingan talablardan ma‘lum bo‗ladiki,
qishloq turizmi ko‗p faoliyatlari jihatidan ekoturizmdan ancha farq qiladi. Qishloq
turizmida turistlar qishloq aholisi (fermer, dehqon, cho‗pon) bilan birga yashaydi,
ko‗p hollarda birga ishlaydi, ularning turmush kechirishi, hayot tarzi bilan
qiziqadi. Shu jihatlardan ham qishloq turizmini ekoturizmga qo‗shish noto‗g‗ri
xulosalarni keltirib chiqaradi.
Qishloq turizmini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslarini
o‗rganishdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
1.

Qishloq turizmi mehnat resurslarini qo‗shimcha, yangi ish o‗rinlari bilan


ta‘minlashda katta imkoniyatlarni yaratadi;
2.

Tabiat va tabiiy resurslardan foydalanishning yangi texnologiyalarini


jalb qiladi;
3.

Qishloq turizmi ekologik toza oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab


chiqishni ta‘minlaydi;
4.

Qishloq turizmi tabiat muhofazasida investitsiyalar kirishini axborotlaydi


va qishloqda xizmatlar servisini takomillashtiradi;
5.

Qishloq turizmi qishloqlarda mahalliy aholining ijtimoiy – iqtisodiy


darajalarini o‗stiradi;
6.

Qishloq turizmi mahalliy mahsulotlar, hunarmandchilikka keng yo‗l


ochadi;
7.

Qishloq turizmi tabiatni muhofaza qiluvchi mahalliy boshqaruvni


rivojlantiradi va ma‘naviy, moddiy jihatlar bo‗yicha rag‗batlantiradi;
8.

Qishloq turizmi xalqlar o‗rtasida hamdo‗stlik aloqalarini yuzaga


keltiradi;



240


9.

Qishloq turizmi turistik resurslarni muhofaza qiladi, ta‘mirlaydi va


obodonlashtiradi;
10.

Qishloq turizmi insonlarni ruhiy, jismoniy jihatdan dam oldiradi;


11. Qishloq turizmi dehqonchilik, bog‗dorchilik va chorvachilikni o‗rgatadi,
bu sohalarning mahsulotlaridan manfaatdor bo‗lishni ta‘minlaydi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin