O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti


Qishloq turizmini rivojlantirishning xalqaro modellari



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə148/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

16.2.Qishloq turizmini rivojlantirishning xalqaro modellari 
Jahonda qishloq turizmini tashkil qilishning ancha mukammal modellari
Yevropa davlatlarida ishlab chiqilgandir. Bu modellar deyarli biri – biriga
o‗xshamaydi. Eng muhimi, quyida qayd qilingan modellar hozirda Yevropa
davlatlarida muvoffaqiyat bilan ishlamoqda va jahondagi ko‗plab davlatlar bu
modellar asosida o‗z mamlakatlarida qishloq turizmini rivojlantirishmoqdalar.
Britaniya modelida
asosan qishloq turizmida turistlarni joylashtirishga
ko‗proq e‘tibor berilgan. Boshqa jihatlar esa Yevropadagi davlatlar tajribasidan
olingan hisoblanadi.
Turistlarning ommaviylashgan, ular Yaxshi ko‗radigan yashash tarzi 3 tipga
bo‗linadi:
1.

Fermerning uyida yashash va uning oilasi bilan nonushta qilish. Bu


sharoitda fermer bilan, uning oila a‘zolari bilan do‗stona aloqalarni boshlash
imkoniyatlari, sharoitlari yuzaga keladi;
2.

Alohida binoda, qisman qulaylik sharoitida o‗z – o‗ziga xizmat qilish


bilan yashash;
3.

Atroflari o‗ralgan, o‗rtacha 8 – 15 turistni joylashtiradigan binoda, o‗z –


o‗ziga xizmat qiladigan sharoitda yashash.
Uchinchi variant Britaniya modelida juda daromadli hisoblanadi. Bir kunlik
tunash har bir turist uchun 10 yevro miqdorida. Bu variantning daromadliligining
asosiy sababi yoshlarga va guruhlarga mo‗ljallanganligidadir. Bu sharoitni
o‗quvchilar va ayniqsa studentlar ma‘qul ko‗rishadi. Shu bilan birga Britaniya
modelida qishloqda joylashishning 3 xil darajasi bor: lyuks –puldorlar uchun
maxsus qurilgan uy, o‗rtacha boylar uchun maxsus qurilgan hovli va yuqoridagi 3
ta sharoitli yashash tarzi.



241


Britaniya modelida yana bir muhim xizmatlar borki, qishloqlardagi
tadbirkorlar turstlar uchun mahalliy ahamiyatga ega bo‗lgan milliy va sport
o‗yinlari, bolalar uchun poni (pakana) otda sayr, otlarda sayr, golf o‗yinlarini
tashkil qilishadi. Shuning uchun ham shaharliklar bahor va yoz oylarida
qishloqlarga shoshilishadilar.
Britaniya modelidagi yana bir muhim jihatlar shundan iboratki, ota – onalar
bolalarini ekologik madaniyat, bilim ruhida tarbiyalash uchun ham bolalarini
qishloqlarga olib borishadilar va qishloq tadbirkorlari maxsus tayyorlangan
maydonchalarda (og‗il, molxona) chorva mollarining bir – ikki oylik uloqchalar,
buzoqchalar, qo‗zichoqlar bilan birga o‗ynashadi, quyonlarga, qushlarga ovqat,
don berishadi. Bu jarayonlarda bolalarda hayvon va parrandalarga mehr
tuyg‗ulari hosil bo‗ladi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin