O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti


hisoblanib, maqsadi mahalliy oshxona xususiyatlari bilan tanishish hamda



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə141/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

hisoblanib, maqsadi mahalliy oshxona xususiyatlari bilan tanishish hamda 
kelgan sayyohlarga antiqa taom va mahsulotlardan tatib ko„rishga imkon 
yaratadi.
Gastronomik tur xizmat sifatida nafaqat sayohat qilish bo„lib 
hisoblanadi, balki dunyoning boshqa biror joyida takrorlanmaydigan va 
betakror ta‟mga ega bo„lgan masalliqlardan tarkib topgan ma‟lum bir 
hududdagina uchrovchi taomlarni tatib ko„rishga qaratilgan tadbirlar 
majmuiga kiradi. 
Gastronomiya turizmining turlari 
Bugungi kunda aholi qatlamining quyidagi vakillari gastronomik turistlarni
hosil qiladi:
15.1-rasm.
Gastronomik turistlarning tarkibi 
Gastroturlar ikki turga bo‗linadi: qishloq («yashil» deb nomlanuvchi) va
shahar gastroturlariga bo‗linadi. Buning o‗ziga xos farqi shundakim, qishloq joyiga
sayohatga chiqayotgan turist ekologik toza mahsulotni tatib ko‗rishga
yo‗naltirilgandir. Masalan: «yashil» turlarda o‗rmonlarda o‗sib turgan yovvoyi
mevalarni yig‗ish, dalalarda o‗sib yotgan meva va sabzavotlarni yig‗ish, ruxsat
berilgan joylarda ov va vino ishlab chiqarish yo‗llari bo‗ylab sayohatni taklif
Gastroturistlar

Odatiy turizmdan o‗zgachasini istovchilar

O‗zining ovqatlanish ratsioniga o‗zgartirish kiritmoqchi bo‗lganlar

Gurmanlar (mazzali taom istovchilar)


Ish faoliyati taomni tayyorlash va uni iste‘mol qilish bilan bog‗liq


bo‗lganlar

O‗zining shaxsiy gastroturini tashkil etishga qiziqqan turistik


korxonalar vakillari


227


qiladi. Shahar gastroturlari konditer fabrikasiga sayohatni yoki kichik kolbasa sexi,
shu sex qoshida joylashgan restoran va shu yerda tayyorlanadigan tansiq taom sexi
mahsulotlari bilan tanishtiriladi.
Bundan tashqari, bizlarga bir hududning turli-xil taomlari va bir xil taomni
turli xil mamlakatlarda tayyorlanishi bilan ham aynan shu gastroturlar
tanishtiradilar. Bu juda ham mashhur bo‗lgan fransuz bolgar vinolari turi bo‗lib
sayyohlarni uzum ishkomlari bo‗ylab sayohatga, uzum yig‗ishga va vinolar tatib
ko‗rish (degustatsiyasi)ga chorlaydi.
Gollandiya, Shvesariya va Italiyaga pishloqli turlarda sayohatchilar
pishloqlarni eng sara navini tatib ko‗rishi va pishloqli yarmarkalarga tashrif
buyurishi mumkin. Germaniya, Avstriya, Chexiya, Belgiya bo‗ylab pivo turlarida
bu ichimlik ishqibozlariga pivoning turli-xilligidan tashqari, pivo tayyorlanish
xonalari, mashhur pivo barlari va festivallarga tashrifi bilan ham ajralib turadi.
Shuni ta‘kidlash joizki, har bir davlatni o‗ziga xos gastroturizm salohiyati
mavjuddir.
Zero har bir davlatning o‗ziga xos milliy oshxonasi va unda boshqa bir
mamalakatda takrorlanmaydigan, asrlar osha saqlanib kelayotgan, o‗zining
takrorlanmas mehmondo‗stligi va milliy taomlari bo‗lgan oshxonasi mavjuddir.
Masalan, Yaponiyada turistlar gid boshlovchi yordamida ularning milliy taomi
bo‗lgan «sushi»ni tayyorlash uchun mahsulotlar harid qilishadi va sayyohlar ko‗z
oldida mashhur bosh oshpazlar (shef-povarlar) tomonidan «sushi» tayyorlanadi.
Pasta nazarimizda Italiya sarhadlaridan chiqib ketgan juda ham oddiy taom bo‗lib,
ko‗ringani bilan, kulinar sayohatda turist bu taomni turli xilligi, uning takrorlanmas
ta‘mi va bir xil reseptda turli xil oshpazlar tomonidan tayyorlangan pastaning
mo‗jizaviy ta‘mi bilan tanishadi hamda uni bir-biri bilan qiyoslaydi.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin