O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə133/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

Milliy parklar

bu tabiiy landshaftni har taraflama muhofaza qiluvchi va
dunyoning ko‗plab davlatlari ekoturizmda foydalanayotgan, biri-birini quvvatlab
kelayotgan tabiiy majmualardir. Hozirgi vaqtda dunyoda 3,4 ming milliy parklar
mavjud.
Tabiat qo‘riqxonalarining

tabiatidagi


umumiy
jozibador,
betakror
ko‗rinishlarining reklamasini ishlab chiqishda ham turizm bozori, turizm haridori
talab qiladigan shartlari bor. Ular quyidagilar:

tabiat qo‗riqxonalarida ekoturizm so‗qmoqlari, marshrut yo‗llari atrofida


o‗zgaruvchan tabiiy landshaft uchastkalari ajratiladi (archali soy, qoyatoshli dara,
tog‗ yoki soydagi buloq, tekis o‗tloqzor va h.k.).

agar tabiat qo‗riqxonasi tog‗larda joylashgan bo‗lsa qo‗riqxona


hududidagi soylar, daralar ko‗p bo‗lib o‗simliklari, rel‘efi tuzilishi bo‗yicha
o‗xshash bo‗lsa, bu ko‗rinishlardan eng jozibadori, betakrori reklamaga olinadi.

qo‗riqxonalarimizning tashkil qilinganiga 60 yillardan ko‗proq vaqt


o‗tdi. Shuning uchun ham ko‗plab qo‗riqxonalarimizda 100, 200 hatto ming yillik
daraxtlar bor. Anashu daraxtning hozirgi ko‗rinishi va xalq so‗zlari bilan
ifodalanadigan qisqacha tarixi bilan tabiatning umumiy ko‗rinish reklamasiga
alohida rasm va lavhalar bilan qo‗shiladi.



214


agar tabiat qo‗riqxonasida bir necha tabiat lanshaftlari bo‗lsa har bir


tabiat landshaftlaridan eng chiroyli ko‗rinishlari reklamada berilishi kerak.
O‗zbekistonda ekologik sayohatni rivojlantirish borasida mahalliy aholini jalb
qilish loyihalari ishlab chikilmoqda. TASIS tashkilotining moliyalashtirishga
asosan Qozog‗iston, O‗zbekiston, Qirg‗iziston davlatlari davlatlararo G‗arbiy
Tyan-Shan bioxilmaligini saqlash bo‗yicha loyiha tuzdilar. Bu Nurota-Qizilqum
tabiatni muhofaza qilish kompleksida, ruxsat etilgan jonivorlarni ov qilish
faoliyatidan daromad keltirib va bu jonivorlarning ko‗payishini va tiklashga
yordam beradigan harajatlarga ishlatiladi.
Atrof muhitga ijobiy ta‘siri.
37

1)Atrof muhitning saqlanishi va muhofaza qilinishi.


Turizm rivojlanishi yo‘lida nazoratsiz shaharlashish, zamonaviylashtirish va
sanoatlashtirish atrof-muhitga ulkan zararlarning sababchisi bo‘lmoqda.
Turizm-arxeologik boyliklar va qadimiy yodgorliklarni asrash uchun zarur
harakat va pulni tashkillashtirish, turistlar va mahalliy aholi tabiiy resurslaridan
zavqlanish uchun ularni himoyalash yo‘lida alternative iqtisodiy rivojlanish
sifatida ko‘tarilmoqda.
Turistlarni jalb qilish maqsadida yovvoyi tabiat va o‘rmonlar muhofazasi
puxta belgilangan va manzarali joylar ma‘lum darajada himoyalangan. Masalan
Sharqiy Afrika mamlakatlari, jumladan Kenya va Tanzaniya yovvoyi tabiati eng
muhim turistlarni jalb qiluvchi omilligini bilgan holda, ular yirik tabiiy parklarni
tashkil qilganlar.
Turizm orqali iqtisodiy tiklanishsiz bu hududlar qishloq xo‘jaligiga
moslashtirilishi mumkun. Qazib olish yoki sanoat rivojlanishining boshqa
ko‘rinishlari tabiiy muhitga ulkan zarar yetishiga sababchi bo‘ladi.
2)Atrof-muhit sifatini oshirish.
Ko‘pincha tabiatning o‘zi turistlarni jalb qiluvchi hudud hisoblanadi.
Shvetsariyaning tog‘ maskanlarini bunga misol qilishimiz mumkun. Hohlagan bir
turistik hudud turistlarni jalb qilish umidida o‘z ko‘rinishini gullar o‘rnatish,

37
Introduction to Management Hospitality. Clayron W.Barrows and anothets. USA, 2012.





215


yaxshi bezalgan turistik vositalarni rivojlantirish, jumladan o‘ziga tortuvchi
ko‘rinishdagi mehmonhonalarni barpo etishga harakat qiladi.
Bundan tashqari turizm umumiy atrof muhitni tozalashga bo‘lgan hohishni
kuchaytiradi. Bunga havo, suv , shovqin suron, axlat va atrof muhitga ro‘y berishi
mumkun bo‘lgan boshqa sabablarni ta‘sirini kamaytirish orqali erishiladi.
3)Atrof-muhitga e‘tiborni kuchaytirish.
Turizmning iqtisodiy foyda keltirishi hukumatning va aholining atrof muhitga
bo‘lgan e‘tiborini oshiradi. Bu esa atrof muhit sifatini saqlash hukumat tomonidan
rejalashtirilishi va ma‘muriy nazorat qilinishida bosh ro‘l o‘ynaydi.
Atrof-muhitga salbiy ta‘sirlar.
Turistlaning soni ko‘paygan sari atrof muhitning zararlanish darajasi oshadi.
Suv va havo sifati, o‘simlik va hayvonot dunyosi, turlari va miqdorlari turli hil
yo‘llar bilan o‘zgartiriladi.
1)Atrof-muhit ifloslanishi (biologic atrof-muhitga ta‘sir)
(i)Suvning ifloslanishi
Dengiz, ko‘l va daryolardagi suvlar ifloslanishi ko‘ngilochar va turistik
tashuvlar natijasida yuzaga keladi. Masalan, kemalardan neft to‘kilishi,
oromgohlardagi oshxona va vannaxonalardagi oqova suvlar suv osti hayoti
ekotizmining buzilishi va turistlarning cho‘milish ehtiyojlarini kamayishiga olib
keladi.
(ii) Havoning ifloslanishi.
Turizm taraqqiyotida havo ifloslanishi turistlarning haddan ortiq transport
vositalari (mashinalar, avtobuslar va mototsikllar) dan foydalanishidan kelib
chiqadi va aosiy turistik attraksion hududlarda turistlarning faqat yo‘l orqali
boorish mavjudligi sabab bo‘lmoqda.
(iii)Yer zamin ifloslanishi.
Buyum axlatlar turizmda eng ko‘p uchraydigan, kelib chiqadigan jarayondir.
Ko‘chalarda axlatlarning qoldirib ketilishi ko‘p vaqtlardan buyon kelayotgan
turizmning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi.
(iv)Shovqin –suron.



216


Shovqin asosan turistlar, transport vositalari, havo kemalari va motorli
qayiqlar orqali kelib chiqadi.Ba‘zan ma‘lum bir turdagi turistik attraksionlarda,
jumladan ko‘ngil ochar parklarda nomaqbul va odamning gashiga teguvchi
motopoygalar shovqiniga sabab bo‘lmoqda.
(v)Haroba ko‘rinishlar.
Bularga quyidagilar sabab bo‘ladi:
-eski
turdagi
binolar,
nomutanosib
mahalliy
uslubda
qurilgan
mehmonxonalar;
-ulkan va beo‘xshov ramzlar reklamasi;
-baland elektr va telefon ustun va simlari;
-manzarali ko‘rinishlarni to‘sib turuvchi binolar;
-binolarning qarovsizligi;
2)Ekologik vayrongarchiliklar (biologic atrof muhitga ta‘sir)
(i)O‘simliklar.
Turistlar tomonidan atrof-muhitga shavqatsiz munosabatda bo‘lishi ekologik
xavflarni keltirib chiqaradi;
-o‘simlik, gullar yig‘ish turlar tarkibini o‘zgartirishi mumkun;
-himoyalangan hududlar va muhofaza qilinadigan parklarni turistlar
tomonidan payxon qilinishi;
-oromgohdagilar va sayrgohdagilar tomonidan daraxtlarning kesilishi;
(ii)Yovvoyi tabiat.
-turistik imkoniyatlar va yo‘llar qurilishida yovvoyi tabiat o‘zining holatini
yo‘qotdi;
-hayvonlarning ovqatlanish va oziqlanish namunalari ularni odatiy joylarda
ovqatlanishidan himoya qilishini o‘zgartirish mumkun.
Atrof-muhitga bo‘lgan ta‘sirni baholashning muhimligi
Turizm industriyasi va turistlar cheklangan miqdorda atrof muhit resurlaridan
foydalinilashadi deb hisoblanadi, ammo aslida turizmning atrof-muhit ta‘sirini



217


qabul qiluvchi davlatga keng miqdordarda bolishi mumkin.
38
Romerilning
aytishicha (1989), Atrof-muhitga bo‘lgan ta‘sir umuman qilib olganda 3 ta asosiy
koronishda boladi: fiziologik, biologik va ijtimoiy-iqtisodiy (g o‘z ichiga
madaniyatni ham qamrab oladi). Hozirda, ham jamoaviy va ham hususiy sektorlar
turizmning fiziologik atrof muhitga tasiridan havotir olishyapti.
Atrof-muhitga bo‘lgan ta‘sirni baholash (ABTB) ko‘pincha yangi turistik
proyektlarning tabiatga qay darajada ta‘sir ko‘rsatishini aniqlash maqsadida olib
boriladi. Atrof-muhitni zararlanishdan saqlash uni oldi olish chora tadbirlaridan
yengilroq va arzonroq hisoblanadi.
2) Atrof-muhitga bo‘lgan ta‘sirni baholashdagi etiborga olish kerak bolgan
eng muhim omillar
ABTB turizm tasirini baholashdan keng qamrovda ishlatilinishiga
qaramasdan, umumiy tan olingan modellar haligacha yoq.
Biroq, quyudagilar etiborga olinishi kerak ABTB otkazilmasidan avval:

Togri keladigan metodologiyani tanlashdan oldin, bior aniq ABTB ostida
yotgan maqsadni tushunib olish. Chunki aniq bir ABTB turlari atrof muhitga
yetkaziladigan zararni togirlashga ketadigan xarajatlarni oz ichiga olishi mumkin.
Shunday boladigan bolsa, ABTB asosan turistik faoliyatning the net economic
returns ni baholaydi va bu xarajatlarning bazilarini industriyadan qoplab olish
harakalari yuzaga kelishi mumkin.

ABTB otkazishning funksiyalaridan biri bu orin bosar rivojlanish tularini
taqqoslagan
holda
mablaglarni
ni
yanada
oqillona
taqsimlashdir.
Yani,rivojlanishning iqtisodiy foydasini maksimallashtirish va atrof muhitga
bolgan salbiy tasirlarni minimallashtirish.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin